O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI BO’LIM FAKULTETI
IQTISODIYOT XAVFSIZLIK YO’NALISHI
“ IQTISODIYOT XAVFSIZLIK” fanidan
MUSTAQIL ISHI
Bajardi: IX 50-2 guruh talabasi Kosimov Ortiqjon Ibragim o’g’li
Tekshirdi: _____________________________
TOSHKENT – 2022
MAVZU: O‘zbekistonda ekologik muammolar va ekologik tahdidlar.
Reja:
I Kirish.
II Asosiy qism
1. O`zbekistonda ekologik vaziyatning yomonlashuvi va uning sabablari.
2. O`zbekistonda yerning tarkibining buzilishi va ekologik muammolarni vujudga kelishi.
3. O`zbekistonda ekologik havfning vujudga kelishida suv zahiralarining ta`siri.
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Mustaqil Respublikamiz oldida “tabiatni muhofaza qilish va uning boyliklaridan oqilona foydalanish” kabi buyuk va oliyjanob vazifalar turibdi. Ayniqsa, bizning nazarimizda, bozor iqtisodi sharoitida ishlab chiqarishni to`g`ri yo`lga qo`yish va insonparvarlik nuqtai nazaridan kelib chiqib, tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni uyg`un holda tashkil etish o`ta muhim hisoblanadi. To`g`ri, bizda hali bu yo`nalishda tegishli tadbirlar tizimi ishlab chiqilgani yo`q va bunga zaruriy vositalar ham yetarli emas. Uning yaqqol natijalari to`g`risida esa, hali gap ham bo`lishi mumkin emas. Bugunga kelib tabiat, atrof – muhit muhofazasi, xalqaro miqyosidagi mo`tabar tashkilotlarning ma`lumotiga qaraganda, bamisoli tinchlik, osoyishtalikni saqlashday dolzarb muammo qatorida yana bir muammoga aylanmoqda.
O`zbekiston Prezidenti Islom Karimovning “O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida mintaqaviy mojorolar, diniy ekstremizm va fundamentalizm, buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik, etnik va millatlararo ziddiyatlar, korrupsiya va jinoyatchilik, urug` – aymoqchilik munosabatlari bilan bir qatorda ekologik xavfsizlik va atrof – muhitni muhofaza qilish muammolari alohida e`tiborga molikligi hamda milliy havfsizlikka tahdid soluvchi omillardan biri ekanligi ta`kidlab o`tilgan.
Hozirgi kunda ijtomoiy muammolarni hal etishning ekologik yo`nalishi atrof – muhitga, ona zaminga oqilona munosabatda bo`lish, tabiatni muhofaza qilish borasidagi barcha tadbirlarni doimiy amalga oshirish va ushbu maqsadda aholi va ayniqsa, uning tarkibiy qismi bo`lgan yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, ekologiya sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, oddiy xalqimiz orasida ekologiya muammolarini yoritishda mukammal ekologik ta`limni va shu bilan bir qatorda chora – tadbirlarni belgilash lozim.
Ekologik ta`limning eng birinchi dolzarb masalasi – insonning ona tabiat oldidagi o`z burchini anglab yetishidan iborat. Atrof – muhitni muhofaza qilish muammosi, insonning salbiy shakllangan bir qancha stereotiplari bilan bog`liq. Yangi qurilayotgan korxona loyihasida atrof – muhitga yetkazilayotgan zarar e`tiborga olinmas ekan, yaqin kelajakda korxona tabiatga salbiy ta`sir ko`rsata boshlashi mumkin, vaholanki, ushbu korxona rahbariyati bundan habardor bo`lmasligi yoki bo`lsa ham, jiddiy e`tibor qaratmasligi odatiy holga aylangan.
Ko`p hollarda qaror qabul qilinayotganda uning natijasi haqida batafsil o`ylamaymiz. Afsuski, chetdan biror kimsa mazkur qaror salbiy natijalarga olib kelishi mumkinligini aytsa, uni o`zgartirish haqida so`z ham bormaydi. Aksincha yetkazilgan zarar uchun jarima to`lanib, shu bilan kifoyalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |