Bog'liq IX 50 2 guruh Kosimov Ortiqjon Iqtisodiy xavfsizlik fanidan mustaqil (1)
O`zbekistonda ekologik havfning vujudga kelishida suv zahiralarining ta`siri. Mamlakatimizning ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotini samarali tashkil etish va jadallashtirish sharoitida, ona tabiat muhofazasi hamda undan oqilina foydalanish masalasi butun xalq xo`jaligi rivoji bilan bevosita birlikda qaratiladi.
Suv qishloq xo`jaligi va sanoat ishlab chiqarishdagi deyarli barcha texnologik jarayonlarning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanadi. Mazkur sohalardagi texnologik jarayonlarda suv juda ko`p ishlatiladi. Chunki suvdan haddan ortiq ko`p foydalanilsa, oxir oqibat u yetishmay qolishi mumkin. Sababi, hozirgi zamon texnikasi uni yuz foiz tozalashga qodir emas. Suvni butunlay tozalash uchun ham oqova suvlardan foydalanishga to`g`ri keladi. Bu esa suvni yana isrof qilish demakdir. Tabiiy suv havzalarida o`z – o`zini tozalash effekti ham katta samara beradi.
Resbublikamizda hozirgi vaqtda ifloslangan oqova suv manbalariga oqizish uchdan birga qiziqtirildi. Suvni tejab ishlatish borasida nazorat kuchaymoqda. Dalalarga rejali asosda suv berilyapti. Xonadonlarga suv o`lchagich asboblar o`rnatilmoqda.
Garchang yer yuzida suv eng ko`p tarqalgan modda bo`lsa-da, ularning 98 foiz tashkil etadi. Umumiy chuchuk suvning atigi 0,1 foizidan foydalanish imkoni bor, xolos.
Suv ona sayyoramizda eng ko`p tarqalgan noorganik moddadir. Suvsiz yerda hayot yo`q. Suv – yerdagi asosiy hayotiy jarayon hisoblanmish fotosentezda yagona kislorod manbaidir. U ob havo va iqlimning shakllanishida katta ahamiyatga ega.
Yerdagi suvning katta qismi dengiz va okeanlarda to`plangan. Yerda tarqalgan butun suvning atigi 2 foizi chuchuk suv ulushiga to`g`ri keladi. Chuchuk suvning 85 foizini qutb zonalaridagi muzliklar va boshqa muzlar tashkil etadi. Chuchuk suvlarning qayta tiklanishi tabiatda suv aylanishi tufayli sodir bo`ladi.
Yer kurrasining ko`pgina hududlarida daryolar asosan elektr manbai hisoblanadi. Chuchuk suvlardan inson turmushda, qishloq xo`jaligi va sanoat ehtiyojlar uchun foydalanadi.
Qadimdan xalqimiz orasida “Bir narsani yo`qotmay turib, ikkinchisi narsaga erishib bo`lmaydi”, degan hikmatli so`z yuradi. Sobiq sho`rolar davrida, ekin ekiladigan maydonlarni kengaytirish maqsadida cho`llarni o`zlashtirishga tushdilar. Holbuki, o`zlashtirilgan cho`l tuproqlarining oddiy lalmikor tuproqlarga nisbatan suvga bo`lgan ehtiyoji bir necha barobar yuqori. Bu muammo ham hamirdan qil sug`urgandek osongina hal etildi, ya`ni Amudaryo va Sirdayyoning Orolga boradigan yo`nalishini o`zlashtirayotgan cho`l zonasiga burdilar. Suvdan ayovsiz, vaxshiylarcha foydalanish natijasida Orol dengiziga quyiladigan suvning miqdori kamayadi. Ha, basilar o`ylagan maqsadiga erishdi, ya`ni mahsuldorlikni oshirish uchun yerlar kamaytirildi. Ammo bizga undan ikki barobar qimmatga tushgani – Orol dengizining batamom qurib qolish havfi tug`ildi.
Orol dengizining qurib borishi bilan vujudga kelgan ekologik va ijtimoiy – iqtisodiy muammolar hozirgi kundagi eng dolzarb masala sanaladi. Va bu borada ko`pchilikda yetarli ma`lumotlar bor. Lekin, Orol dengizining muammosi jamoatchilik e`tiboridan holi bo`lib kelayotgani yo`q.
2000-yilda Prezidentimiz I. A. Karimov Birlashgan Millatlar Tashkilotida bo`lib o`tgan ming yillik sammetetining 55-sessiyasida Orol muammosining yana ilgari surdi va bunda Orolning muammoga aylangani e`tirof etildi.
Aslida Orol dengizi muammosi uzoq o`tmishga borib taqaladi. Lekin bu muammo so`nggi o`n yilliklarda xavfli darajada ortdi. Orol dengizi muammosi soyasida qolib, jamoatchilik e`tiboridan xoli bo`lib kelayotgan bir qancha muammolarni ham tilga olishimiz zarur.
Xususan, mamlakatimiz aholisini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash jiddiy e`tibor qaratish kerak bo`lgan masalalarning eng muhimi sanaladi. Raqamlarga tayanib aytadigan bo`lsak, respublikamiz shahar, shahar posyolkalari va tuman markazlari aholisining 89 foizi toza ichimlik suvi bilan ta`minlangan. Mamlakatimiz aholisining 60 foizidan ko`pi qishloqlarda yashashini e`tiborga oladigan bo`lsak, bu boradagi ahvol yanada yaqqolroq namoyon bo`ladi. Ya`ni, davlatimiz mustaqillikka erishgunga qadar qishloq aholisining 52 foizinigina qoza ichimlik suvi bilan ta`minlangan. O`tgan o`n bir yil davomida bu ko`satkich 74,9 foizga yetkazildi.
Bundan tashqari qishloq aholisini qoza ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta`minlash bo`yicha maxsus davlat dasturi amalga oshirilmoqda.
Ma`lumki, O`zbekistondagi ichimlik suv ta`minotining 80 foizi yerosti suvlari hisobidan amalga oshiriladi. Mamlakatimizda ichimlik maqsadlarida foydalaniladigan 95 ta yerosti suvlari manbalari mavjud bo`lib, ulardan 72 tasi chuchuk suv manbalaridir.
Xulosa Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridayoq mamlakatimiz hududida ekologik xavfsizlikni tug`dirayotgan barcha muammolarga hukumatimizning rahbariyati Prezidentimiz Islom Karimov asosiy e`tiborni qaratdi, chunki tabiat, atrof – muhit toza bo`lsagina jamiyatimizda sog`lom turmush tarsi qaror topadi.
Asrlarga tutash kelgan palla butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo`l qovushtirib o`tirish – o`z – o`zini o`limga mahkum etish bilan barobardir.
Afsuski, hali ko`plar ushbu muammoga beparvolik va mas`uliyatsiz bilan munosabatda bo`lmoqdalar.
Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan.
President I. A. Karimov ekologik ma`uliyatni umuminsoniy harakterga ega ekanligini ta`kidlab, tabiatni muhofaza qilish, ekologik talablarga har doim rioya etis va ekologik harakatlarning oldini olish mustaqil davlatimizning ijtimoiy – iqtisodiy, huquqiy masalasi bo`libgina qolmay, balki ekologik siyosatning asosiga aylanishi lozimligini, ushbu masala ortida burun mustaqil davlatimiz, millatning taqdiri yotganligini ta`kidladi.
Ekologik vaziyatni obyektiv va har tomonlama tahlili shuni ko`rsatadiki, ekologik xavf – hatarning vujudga kelishi nafaqat fan – texnika taraqqiyotiga, balki jamiyatning tabiat bilan o`zaro munosabatlarini boshqarish mehanizminig yo`qligiga bog`liq. Tabiiyki, bunday hol tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga, tabiiy muhitning nomaqbul o`zgarishlariga olib keladi. Ekoligik vaziyatning yomonlashuni hamda tabiat va jamiyat o`rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi, shuningdek, tabiatning ichki tuzilish va rivojlanishining qonuniyatlariga amaliyotga yetarlicha e`tibor bermasligi bilan ham bog`liq. Ichki boshqaruv mehanizmiga ega bo`lgan tabiiy muhit o`zida sodir bo`ladigan jarayonlarni muayyan muvozanatda saqlab turish imkoniyatlariga ega. Ammo har qanday tizim kabi tabiiy muhita ham muayyan chegaralarga ega. Shu sababli tabiiy muhitning o`zgarish dinamikasi ma`lum sig`im orqali, ya`ni o`z – o`zini tiklash resurslarining mavjudligi bilan ifodalanadi. Agar inson faoliyatining ta`sir ko`lami tabiiy muhitning o`z – o`zini tiklash imkoniyatlaridan ortiqcha bo`lsa, tabiiy muhitning nomaqbul o`zgarishlari ro`y beradi va bu o`zgarishlarni qanday yo`nalishda sodir bo`lishini oldindan belgilash va boshqarish imkoniyatlari bo`lmaydi.