Bog'liq тайёр Iqtisodiyotda firmaning innovatsion raqobatdoshligini
Innovatsion salohiyat va rivojlanish omillari 11.Biznesning rivojlanish darajasi
Innovatsiyaga yo’naltirilgan iqtisodiyot
1.1.2-rasm. Raqobatdoshlik ko’rsatkichlarining guruhlanishi Tashqi iqtisodiy faoliyatda raqobat ustunligi va uni qanday yaratish yoki aksincha qo’ldan chiqarish haqida ko’p narsa ma’lum. Nega firma to’g’ri qaror qabul qilish haqida esa kam o’rganilgan. Tashqi iqtisodiy faoliyatda mamlakatlarning iqtisodiy muvaffaqiyatini o’rganishda oddiy va tekis ifodalash sari moyillik mavjud bo’lib, u qoidadan ko’plab istisnolar bo’lgani holda faqat ishonish asosida qabul qilinadi. Fanning ixtisolishuvi ortib borayotganligi mana shu moyillikni kuchaytirmoqda. Aslida tadqiqotlarda hozirgacha qilingan kashfiyotlardan ham oldinga ketish mumkin-ku. Bilimning ko’plab sohalaridagi olimlar fanlar vakolatlari sohasidagi an’anaviy chegaralar ularning imkoniyatlarini cheklab qo’yayotganligini endigina anglamoqda. Murakkab va rivojlanayotgan tizimlar qanday ishlashini tushunish uchun bu chegaralardan o’tish imkoniyatlariga ega bo’lish kerak. SHu maqsadda ikki-uch o’zgaruvchilarga ega matematik modellar mavjud ma’lumotlar bilan cheklangan statistika asosidagi matnlarni ishning boshqa turlari bilan to’ldirish kerak. Raqobatning globallashuvi kuchayishi bilan go’yo mamlakatlarning ahamiyati kamayib boradi, degan ta’kidlar eshitila boshladi. Aslida esa hammasi aksincha, ya’ni baynalmilallashuv va protektsionizm hamda boshqa 16 to’siqlarning bartaraf etilishi raqobatda faqat mamlakatning rolini oshirdi. Millatlarning xarakteri va madaniyatidagi farq global raqobat tufayli kamayib qolgani yo’q. Buning ustiga raqobatdagi muvaffaqiyat ular juda muhim hisoblanadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatda xalqaro maydonda mamlakatlar emas, balki firmalar raqobatlashadi. Bu jarayonda mamlakatning rolini aniqlab olish uchun firma qanday qilib raqobat ustunligini yaratishi va saqlab qolishini tushunib olish zarur. Hozirgi bosqichda firmalarning raqobat imkoniyatlari ularga asos solingan mamlakatlar chegaralari bilan cheklanib qolmaydi. Raqobat ustunligini yaratishda global strategiyalar roliga alohida e’tibor qaratish lozim, chunki bu strategiyalar firmalar mamlakatlarining rolini butunlay o’zgartirib yuboradi. Raqobat strategiyasining asosiy printsiplaridan boshlaymiz. Ichki va tashqi bozorlardagi raqobatda ko’plab printsiplar mos keladi. SHundan so’ng global raqobatchilik orqali raqobat ustunligining kuchayish usullarini ko’rib chiqamiz. Raqobatning tabiatini tushunish uchun asosiy birlik tarmoq (qayta ishlash yoki xizmat sohasi ekanligining ahamiyati yo’q), ya’ni tovarlar yoki xizmatlar ishlab chiqaruvchi va o’zaro raqobatlashayotgan raqobatchilar guruhi hisoblanadi. Strategik muhim tarmoq raqobat ustunligining o’xshash manbalariga ega mahsulotlarni o’z ichiga oladi. Bunga misol – faks texnikasi, polietilen, uzoq masofalarga yuk tashish uchun og’ir yuk mashinalari va bosim ostida plastmassa quyish uskunalari ishlab chiqarishdir. Amaliyotda taromqlar o’rtasidagi chegaralar har doim ancha nisbiydir. Savdo va raqobat to’g’risidagi ko’p bahslarda tarmoqlarning juda ham umumiy ta’rifi qo’llaniladi. Masalan, «bank ishi», «kimyoviy sanoat» yoki «mashinasozlik» kabilar shular jumlasidandir. Bu juda ham keng yondashuvdir, chunki raqobatning tabiati ham, raqobat ustunligi manbalari ham har bir shunday guruh doirasida sezilarli o’zgaruvchandir. Masalan, mashinasozlik – 17 yagona tarmoq emas, balki turli strategiyalarga ega o’nlab tarmoqlardir. Tashqi iqtisodiy faoliyatda raqobat ustunligi strategiyasini ishlab chiqib, firmalar o’z tarmog’ida foydali ravishda va uzoq muddat raqobatlashish usulini topish va mujassamlashtirishga harakat qiladilar. Tashqi iqtisodiy faoliyatda universal raqobat strategiyasi mavjud emas, balki sanoatning muayyan tarmog’i, konkret firmaga ega bo’lgan ko’nikmalar va kapital sharoitlari bilan muvofiqlashgan strategiyagina muvaffaqiyat keltirishi mumkin. TIFda raqobat ustunligini tanlashni ikkita holat belgilab beradi. Birinchisi – firma faoliyat ko’rsatayotgan tarmoqning tuzilishi. Turli tarmoqlardagi raqobat mohiyatan birbiridan keskin farqlanadi va turli tarmoqlarda uzoq muddat davomida foyda olish ehtimoli bir xil emas. Masalan, foydalilik farmatsevtika sanoatida va kosmetika ishlab chiqarishda juda yuqori, po’lat va ba’zi kiyim turlarini ishlab chiqarishda esa unday emas. Ikkinchi asosiy holat bu – firma tarmoq doirasida egallagan mavqe (pozitsiya)dir. Ba’zi pozitsiyalar tarmoqdagi o’rtacha foydalilikdan qat’iy nazar, boshqalariga qaraganda foydaliroq. Bu holatlardan har biri o’z-o’zicha strategiyani tanlab olish uchun etarli emas. Masalan, juda foydali tarmoqdagi firma, basharti tarmoqda mavqeni to’g’ri tanlamasa, katta foyda olmasligi mumkin. Tarmoqdagi pozitsiya – raqobatchilarning tugalmas urushi aksidir. Tashqi iqtisodiy faoliyatdagi raqobat poygasida holatning sezilarli o’zgarishi o’z navbatida tarmoq tuzilishida o’zgarishlar yoki raqobat ustunligi uchun yangi asoslar paydo bo’lishini keltirib chiqaradi. Masalan, televizorlar chiqaradigan yapon firmalari ixcham, ko’tarib yuriladigan televizorlarga o’tish va lampali tarkibiy qismlarni yarim o’tkazgichlilari bilan almashtirish tamoyili tufayli jahonda etakchi o’ringa chiqib oldilar. Agar bir mamlakat firmalari bunday o’zgarishlarga o’z vaqtida aksil ta’sir ko’rsata olishga qodir bo’lsalar, ular boshqa mamlakat firmalaridan etakchilikni olib qo’yadilar Tashqi iqtisodiy faoliyatda raqobat strategiyasi tarmoqning tuzilishi va uning o’zgarish jarayonlarini har tomonlama tushunishga asoslanishi kerak. Iqtisodiyotning har qanday tarmog’ida, u faqat ichki bozorda yoki tashqi 18 bozorda ham faoliyat ko’rsatishidan qat’i nazar, raqobatning mohiyati beshta kuch bilan ifodalanadi:1) yangi raqobatchilarning paydo bo’lish xavfi; 2) o’rnini bosadigan tovarlar yoki xizmatlar paydo bo’lish xavfi; 3) butlovchi qismlar va shu kabilarni etkazib beruvchilarning savdolashish layoqati; 4) xaridorlarning savdolashish layoqati; 5) mavjud bo’lgan raqobatchilarning raqobatchiligi (1.2.1-rasmga qarang.)
Yangi raqobatchilar paydo bo’lish xavfi
Etkazib beruvchilarning savdolashish layoqati
Mavjud bo’lgan raqobatchilar o’rtasidagi raqobatchilik
Xaridorlarning savdolashish layoqati
O’rnini bosuvchi tovarlar va xizmatlar paydo bo’lish xavfi