I BOB JAHON IQTISODIYOTI GLOBALLASHUVI
1.1. Jahon iqtisodiyoti globallashuvi tushunchasining mohiyati va uning asosiy jihatlari
XX-XXI asrlar bo’sag’asida jahon iqtisodiyotida yangi termin globallashuv degan tushuncha paydo bo’lgan edi. Ushbu jarayon hozirgi kunda ko’pgina mamlakatlarning iqtisodchi olimlari tomonidan alohida ilmiy muammo sifatida tadqiq etilmoqda.
Globallashuv jarayoning rivojlanishi natijasida butun dunyo yagona global tizimga aylanishi sodir bo’ladi. Globallashuv jarayoni 1990 yillardan juda dolzarb masalaga aylandi, biroq mazkur jarayonning turli xil jihatlari ilmiy tadqiqotlarda 1960-1970 yillardan boshlab jiddiy muhokama qilina boshlagan edi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi – bu, dunyo maydonini yagona hududga aylanishini anglatadi va bunda tovar va xizmatlar, kapital, axborotlar oqimining erkin harakati yuzaga keladi. Shuningdek, mazkur jarayon natijasida zamonaviy institutlar rivojlanishini rag’batlantiruvchi g’oyalarning tarqalishi va ularni tashuvchilarning erkin harakatlanishiga imkon yaratiladi.
Globallashuv jarayoni zamonaviy jahon iqtisodiyotining muhim tendentsiyalaridan hisoblanadi. Chunki ushbu jarayon jaxon iqtisodiyotida ro’y berayotgan boshqa tendentsiyalar kuchsiz namoyon bo’layotgan mamlakatlar iqtisodiyotida ham kuzatilmokda. Rivojlanayotgan mamlakatlarning aksariyat qismi transmilliylashish, integratsiyalashish va industriallashish jarayonlarnga kam jalb etilgan. Shu bilan bir vaqtda ushbu mamlakatlar jaxon tovarlar, xizmatlar, kapital (asosan iqtisodiy yordam ko’rinishida), ishchi kuchi (eksporterlar sifatida) va texnologiyalar bozorining faol ishtirokchilari sanaladi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi – jahon iqtisodiyotining o’zaro bog’liq bo’lgan turli ishlab chiqarish soha va jarayonlarining kuchayib borishi, jahon xo’jaligida tovarlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchi va texnologiyalar bozorini asta-sekinlik bilan yagona bozorga aylanishini bildiradi.
Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayoni unga teskari jarayon iqtisodiy faoliyatning hududiy integratsiyalashuv jarayoni bilan birga kechmoqda. Ushbu jarayon cheklangan miqyosda, tovarlar va ishlab chiqarish omillarining erkin harakatiga asoslangan mamlakatlar guruhini qamrab oladi.
Hududiy integratsiyalashuv, bir tomondan, turli mamlakatlarning iqtisodiy jihatdan birlashish jarayonini rag’batlantirsa, ikkinchi tomondan, alohida iqtisodiy guruhlar o’rtasida qarama-qarshilik va raqobatni kuchaytirish orqali jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayonini sekinlashtiradi.
Globallashuv jarayonining quyidagi jihatlarini alohida ajratib ko’rsatish mumkin:
moliyaviy markazlashuvning kuchayishi;
iqtisodiyotda axborotlar ahamiyatining oshishi. Shuningdek, axborot almashinuv darajasining keskin sur’atlarda kuchayishi;
global oligopoliyaning to’xtovsiz kengayishi;
transmilliy korporatsiyalar sonining ortishi;
iqtisodiy diplomatiyaning shakllanishi va rivojlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |