Iqtisodiyot va turizm fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi «BUXGALTERIYA HISOBI iqtisodiyot» fanidan



Download 368 Kb.
bet1/6
Sana24.03.2022
Hajmi368 Kb.
#508218
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
buxgal mustaqil 3Buxgalteriya hisobining uslubi va unda qo‘llaniladigan usullar tavsifi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI


«IQTISODIYOT» KAFEDRASI


« BUXGALTERIYA HISOBI - IQTISODIYOT» FANIDAN


MUSTAQIL ISH


Buxoro-2021
Buxgalteriya hisobining uslubi va unda qo‘llaniladigan usullar tavsifi

Reja:


1. Buxgalteriya hisobining predmeti.
2. Korxona, uning faoliyat kursatish shartlari.
3. Ho`jalik jarayonlari.
4. Ho`jalik mablag`lari.
5. Buxgalteriya hisobining usuli (metodi).
Buxgalteriya hisobi
Buxgalteriya hisobi korxona, tashkilot va muassasalarda yuritiladi va ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish hisoblangan ho`jalik faoliyatini kuzatish va boshqarish uchun xizmat kiladi. Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish xamma sohalarni, ya`ni ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarini xam uz ichiga oladi.
Ishlab chiqarish sohasi (moddiy ishlab chiqarish sohasi) ga moddiy boyliklarni ishlab chiqaruvchi (sanoat, kishlok ho`jaligi, ko`rilish va boshqalar) xamda moddiy boyliklarni ishlab chiqaruvchilardan istemolchilarga yetkazib berish bilan band bulgan (savdo va u mumiy ovkatlanish) tarmoklari kiradi.
Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish bu yerda korxonaning fondlaridan, ya`ni ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bulgan moddiy va pul mablag`laridan foydalanish yo`li bilan amalga oshiriladi. Mulkchilikning xar xil shakllaridagi korxonalarga zarur bulgan mablag`lar ma`lum manbalar (davlatniki-davlat resurslari hisobidan, jamoaniki pay badallari hisobidan, aksiyadorniki - aksiyadorlar resurslari hisobidan va kushma korxonalarniki - muassislarning badallari hisobidan) hisobidan shakllanadi. Ishlab chiqarish, taksimot, ayrboshlash va iste`mol jarayonlariga xizmat kilaturib, korxonalar fondlarining uzluksiz doirada aylanishini amalga oshiradi. Shuning uchun buxgalteriya hisobi bu yerda moddiy boyliklarni yaratishga yunaltirilgan ishlab chiqarish ayrboshlash jarayonidagi korxonaning fondlari (mablag`lari) ning xolatlari va ulardan foydalanishni samarali boshqarish uchun zarur bulgan axborotni shakllantiradi.
Noishlab chiqarish sohasini axoliga xizmatlar bajaruvchi tarmoklar tashkil kiladi. Bularga soglikni saklash, xalq ta`limi, san`at xamda davlat boshqarmalari va mudofaa muassasalari kiradi. Noishlab chiqarish sohasida, garchi unda amalga oshirilayetgan faoliyat takror ishlab chiqarishga yordamlashib, undagi mexnat ijtimoiy foydalik bulsa xam, ijtimoiy mahsulot yaratilmaydi.
Noishlab chikdrish sohasining tashkilotlari va muassasalari ho`jalik faoliyatlari ularga davlat budjetidan ajratilgan mablag`larni uzlarining funksiyalarini bajarishda samarali foydalanish boshqarishdan iborat. Shunday qilib, davlat sektorining noishlab chiqarish sohasida moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan ijtimoiy mahsulotni taksimoti (qayta taksimoti) va iste`moli sodir buladi. Demak buxgalteriya hisobi shu sohaning tashkilotlari va muassasalariga ularning maqsadlariga muvofik ajratilgan mablag`larning mavjudligi va sarflanishi xakidagi axborotni shakllandiradi.
Moddiy boyliklarning noishlab chiqarish sohasida iste`mol kilinishi noishlab chiqarishning bir kismidir. Undan tashqari, noishlab chiqarishning iste`moliga shaxsiy iste`mol va jamiyat a`zolarining extiyojlarini kondirish xam kiradi. Shaxsiy iste`molni buxgalteriya hisobi bevosita uz ichiga olmaydi. Lekin shaxsiy iste`mol buxgalteriya hisobida mutlako aks ettirmaydi deb uylash xatodir. Xakikatda, buxgalteriya hisobi uni aks ettiradi, lekin uni tavsiflash uchun zarur bulgan barcha kursatkichlarga ega emas. Shaxsiy iste`mol to`g`risidagi ma`lumotlarni savdo korxonalari, umumiy ovkatlanish korxonalari, xalq ta`limi, soglikni saklash muassasalari va boshqa hisobotlardan olish mumkin. Bu ma`lumotlar buyicha (tegishli tartibda utkazilgan ruyxatlar va tekshirishlarda mavjud bulgan ma`lumotlarga qo`shimcha ravishda) statistika shaxsiy iste`molni tavsiflovchi kursatkichlarni aniklaydi.
Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarishdan tashqari buxgalteriya hisobida ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish xam aks ettiriladi.
Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish buxgalteriya hisobida shu ishchi kuchini tayyorlash bilan borlik bulgan xar xil xarajatlarni xamda ish xaki va xar xil turdagi ho`jaliklar daromadlarini ko`rinishidagi mablag`lar harakatini hisoblab topish yo`li bilan kamrab olinadi. Ishchi kuchini tayyorlash xarajatlari, ish xakini tulash va ho`jaliklarning daromadlarini taksimlash moddiy kiymatliklar va pul mablag`larini sarflashni anglatadi.
Ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish buxgalteriya hisobida mulkchilikning xar xil shakllaridagi korxonalar fondlarining mavjudligi va harakatini aks ettirgan xolda kayd kilinadi. Bux-galteriya hisobi takror ishlab chiqarish jarayonida ularning uzgarishini kursatib, mulkning rivojlanishini tavsiflaydi va shu bilan ishlab chi-karish munosabatlarini takror ishlab chiqarish xakida zarur kursat-kichlarni beradi.
Yukorida aytilganlardan shuni xulosa kilish mumkinki, buxgalteriya hisobi predmetining asosiy mazmuni korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning ho`jalik faoliyatini amalga oshirishda foydalanadigan resurslarni samarali boshqarish uchun zarur bulgan axborotni shakllantirishdan iborat. Shu mablag`larning sarflanishi, ishlab chiqarish xajmi va faoliyat natijalarini okilona va to`g`ri boshqarish xozirgi vaqtda aloxida muxim axamiyat kasb etadi.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobining predmeti takror ishlab chiqarish jarayonidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning mablag`lari xolati va ulardan foydalanishning samaradorligi xakida boshqarish masalalari uchun axborotni shakllantirish hisoblanadi.
Iktisodiy adabiyotda buxgalteriya hisobi predmetining boshqacha ta`riflari uchraydi. Masalan, uzoq vaqtlar davomida buxgalteriya hisobi predmeti deb kengaytirilgan takror ishlab chikdrish hisoblanar edi. Vaxolanki, yukorida aytilganlardan ko`rinib turibdiki, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning xammasi umuman ho`jalik hisobi tomonidan kamrab olingan, uning ayrim turlari esa jumladan, buxgalteriya hisobi shu jarayonning fakat ayrim tomonlarini aks ettiradi.
Buxgalteriya hisobining predmeti ho`jalikning ayrim uchastkalardagi ijtimoiy mexnat sarflaridir, degan da`volar xam mavjud edi. Lekin bu ta`rif xam to`g`ri emas. Eng avvalo ho`jalik faoliyati fakat mexnat sarflari bilan cheklanmaydi: ho`jalik jarayonlari, shuningdek ijtimoiy mahsulotning harakati bilan tavsiflanadi. Undan tashqari, ijtimoiy mexnat sarflari buxgalteriya hisobida bevosita umuman aks ettirilmaydi. Ular kiymat shaklida ho`jalik mablag`larining xar xil turlari va resurslarining harakati sifatida kursatiladi. Ijtimoiy mexnat sarflari ustidan bevosita kuzatuv tezkor va eng muximi, buning uchun uziga xos kursatkichlarga ega bulgan statistika hisobi tomonidan olib boriladi.
Keyingi yillardagi ba`zi kitoblarda buxgalteriya hisobining predmeti ho`jalik mablag`lari va ularning harakati sifatida (yoki aksincha) ta`riflanadi. Bu asosan turli bulsa buxgalteriya hisobi yunaltirilgan va bu yerda eng muxim bulgan narsa, ya`ni mablag`lar sarflanishining maqsadga muvofikligini nazorat kilish va boshqarish uz urnini topmagan.
Buxgalteriya hisobi predmetiga boshqa karashlar xam mavjud. Boshqacha qilib aytganda, buxgalteriya hisobi barcha xalq ho`jaligining rivojlanish xakida ma`lumotlar berishi kerak emish. Lekin bu xolda statistika hisobining urnini egallaydi, bu esa mutlako konunga xilofdir.
Yukoridagi barcha ta`riflar buxgalteriya hisobiga nisbatan amaliy faoliyat sifatida tegishlidir. Ularda buxgalteriya hisobi aks ettiradigan obyektlarning tavsifi beriladi.
Buxgalteriya fanining predmeti boshqadir. U buxgalteriya hisobining uzidir, ya`ni uning pullanish usullari, texnikasi, shakllari va, tashkil kilinishidir, chunki u xakidagi fan u ni yana takomillashtirish yo`llarini topish maqsadida uni yuritish amaliyotni urganishbilan shugullanadi.
Buxgalteriya hisobining predmetini urganish da bu kategoriyaning tarixiyligini hisobga olish kerak. Buxgalteriya hisobi predmetining mazmuni xar xil iktisodiy tuzumlarda bir xil emas. Ular uzgarishi bir tuzumdan boshqasiga utish paytida mulkchilik shaklining uzgarishi bilan shartlangandir.
Jumladan, boshlanrich jamoa tuzumida uning ibtidoiy ishlab chiqarish vositalari va xayet darajasi sharoitida hisobga uncha katta extiyoj bulmagan. Lekin hisobning eng sodda bulgan shakllari bu jamiyatda xam pullangan, chunki unda ovchilik yoki balikchilik mahsulotlari, terilgan hosil va shu kabilarni hisoblash talablari yuzaga kelgan. Dexkonchilikning asta-sekin kiritilishi va takomillashgan metalli mexnat kurollarining yaratilishi bilan hisob xam rivojlanib borgan. U ni biladigan muassasalar xam paydo bulaboshlagan.
Boshlangich jamoa tuzumida hisobning predmeti jamoa mulkning tashkil kilgan mablag`lar va shu mablag`lardan foydalanishga doyr operatsiyalardan iborat bulgan.
Mulkchilik jamiyatda ishlab chiqarish munosabatlari kul egalarining ishlab chiqarish vositalariga va kullarga bulgan mulk asosida ko`rilgan bulib mana shu mulk hisobining predmeti hisoblangan.
Ishlab chiqarish vositalari va mexnat buyumlaridan tashqari, bevosita tirik mexnat soxibi va pomehchikning shaxsiy mulki hisoblangan dexkonga bulgan xususiy mulkchilikka asoslangan feodal jamiyatda hisob predmetiga shuningdek xarid kilish va sotish obyekti sifatida dexkonlar xam kiradi.
Sotsializmda ijtimoiy, umumdavlat mulkining doiraviy aylanishi buxgalteriya hisobining predmeti bulib hisoblangan.
Xar xil mulkchilik shakllaridagi korxonalarning rivojlangan iktisodiyotidagi jamiyatda individual kapital yoki mulk egasining kapitali buxgalteriya hisobining predmeti hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi bu yerda birinchi navbatda, mulk egasi yoki mulk egalari tomonidan korxonalarga (kompaniyaga) kuyilgan resurslarni samarali boshqarish maqsadlari uchun axborotni shakllantiradi. Foydani maksimallashtirish maqsadida hisobdan asosiy va ustavdagi boshqa faoliyat xamda moliyaviy faoliyat hisobiga foydani maksimal oshirish zaxiralarini kidirib topish uchun foydalaniladi., `
Demak buxgalteriya hisobi predmetining mazmuni u yoki bu ijtimoiy farmatsiyaga xos bulgan mulkchilik shakli bilan belgilanadi. Xar xil jamiyatda u moddiy ishlab chiqarishni tashkil kilish va samarali boshqarish uchun kanday ma`lumotlar talab kilinishiga boglik buladi.
Jamiyat rivojlangan sari hisobning axamiyati xam uzluksiz usib boradi. Bunda pullanish doirasigina emas, balki unda aks ettiriladigan predmet va uning bajaradigan funksiyalari xam tobora kengayib boradi.
Buxgalteriya hisobining predmeti bilan bir qatorda uning obyektlarini xam farklab olish lozim. Buxgalteriya hisobining obyektlari deganda, muayyan korxona ega bulgan moddiy va pul mablag`lari, uning boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan bulgan yuridik munosabatlari va shuningdek mablag`lar va munosabatlarni uzgartiradigan ho`jalik operatsiyalari tushuniladi. Moddiy va pul kiymatliklar korxona tomonidan uz faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanadigan ho`jalik mablag`larini ifodalaydi. Ho`jalik operatsiyalari esa ho`jalik faoliyatining mazmunini ifodalovchi ho`jalik jarayonlarini tashkil kiladi.
Ba`zida buxgalteriya hisobining predmeti deb, uz faoliyatini aks ettiruvchi ho`jalik tashkilotlarini tushunishadi. Lekin bunday tushuncha hisob kategoriyalarini ilmiy talkiniga fakat chalkashlik kiritadi. Buxgalteriya hisobining predmeti, albatta, aks ettiradigan narsalardir, lekin u pullanadigan joy emas.

Download 368 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish