Iqtisodiyot va turizm fakultet Iqtisodiyot kafedrasi «makroiqtisodiyot» fanidan


Inflyatsion targetlash rejimini joriy qilish bo‘yicha mavjud muammolar, xatarlar va cheklovlar



Download 376,73 Kb.
bet17/21
Sana28.02.2022
Hajmi376,73 Kb.
#474184
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
SUZIB YURUVCHI VALYUTA

2.2 Inflyatsion targetlash rejimini joriy qilish bo‘yicha mavjud muammolar, xatarlar va cheklovlar
Inflyatsion targetlashga o‘tishning huquqiy asoslari yaratilganligi hamda pul-kredit siyosatining tamoyil va mexanizmlarini amaliy jihatdan qayta ko‘rib chiqish jarayonining boshlanganligiga qaramasdan, ushbu rejimga to‘laqonli o‘tish qator xatar va cheklovlar hisobiga qiyinlashadi.
Xususan, aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar inflyatsion kutilmalarining barqaror yuqori darajada saqlanib qolayotganligi inflyatsion targetlashga muvaffaqiyatli o‘tish jarayonidagi asosiy cheklovlardan biri hisoblanadi. Bunda iqtisodiyotning barcha sektorlarini erkinlashtirish davrida inflyatsion bosimning oshishi inflyatsion xatarlar saqlanib qolishiga sabab bo‘lmoqda.
Inflyatsion kutilmalarning o‘tgan yillardagi narxlar dinamikasi asosida shakllanishini hisobga olganda, iqtisodiyotdagi inflyatsion kutilmalarni pasaytirish va barqarorlashtirish o‘tish davridagi asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
Inflyatsiyaga nomonetar omillar ta’sirining yuqori bo‘lganligi sababli ushbu vazifalarni amalga oshirish yanada qiyinlashadi va inflyatsion targetlashga muvaffaqiyatli o‘tishda qator to‘siqlarni vujudga keltiradi.
Bunday omillar qatoriga ayrim tovarlar bo‘yicha ma’muriy tartibga solinadigan narxlarning saqlanib qolishi, mahalliy bozorlarning monopollashganligi, xomashyo narxlarining yuqoriligi, jahon iqtisodiyotining tiklanayotganligi munosabati bilan inflyatsiyaning import qilinishi, ishlab chiqarish samaradorligining pastligi va energiya sarfining yuqoriligi, infratuzilmaning yaxshi rivojlanmaganligi va boshqalar kiradi.
Mazkur sharoitlarda inflyatsion targetlash rejimining samaradorligi Markaziy bank kommunikatson siyosatining ta’sirchanligi hamda aholining amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosatiga nisbatan ishonchiga bog‘liq bo‘ladi. Bunda narxlar o‘sishining sabablari va narxlar barqarorligini ta’minlash borasida ko‘riladigan choralarni aholiga tushuntirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, valyuta bozorining shakllanishi sharoitida valyuta siyosati va tashqi iqtisodiy faoliyatning liberallashtirilishi jarayonlarining davom ettirilishi bilan bog‘liq xatarlar ham kuzatiladi.
Bunda erkin suzib yuruvchi valyuta kursiga o‘tishda valyuta kursining qisqa muddatli keskin tebranishlarini yumshatish va valyutani xedjirlash instrumentlarini rivojlantirish orqali salbiy oqibatlarni kamaytirish muhim hisoblanadi.
Ushbu maqsadlarga erishish, pul-kredit siyosati instrumentlarining ta’sirchanligi hamda samaradorligini kamaytiruvchi sabablarni bartaraf etish bilan uzviy bog‘liq.
Moliya sektorining institutsional jihatdan sust rivojlanganligi va yashirin iqtisodiyotda katta hajmdagi naqd pul mablag‘lari aylanmasining mavjudligi Markaziy bank pul-kredit siyosatining samaradorligini pasaytiruvchi omillardan hisoblanadi.
Davlat qarz majburiyatlarining muomalada mavjud emasligi Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalarini amalga oshirish hamda bank sektorining ushbu qarz instrumentlaridan garov ta’minoti sifatida foydalanib, qisqa muddatli likvidlikni jalb qilish imkoniyatlarini cheklaydi.
So‘nggi yillarda Davlat byudjeti balanslashgan holda ijro etilishi sharoitida davlat qarz majburiyatlarini chiqarishning ob’ektiv sabablari mavjud emasligiga qaramasdan, investitsion, shu jumladan, hududiy va tarmoqlar rivojlanish dasturlarini moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash va maqbullashtirishda qarz qimmatli qog‘ozlarining afzalligi ularni yaqin istiqbolda muomalaga chiqarish uchun asos bo‘lishi mumkin.
Tashqi iqtisodiy xatarlar ko‘p jihatdan eksport tarkibi va iqtisodiyotga valyuta tushumlari dinamikasi bilan bog‘liq hisoblanadi. Bunday holatlarda, qimmatbaho metallar bozoridagi narxlar o‘zgarishi hisobiga hamda qo‘shni mamlakatlar va asosiy savdo hamkor davlatlardagi iqtisodiy muammolar natijasida yuzaga keluvchi xatarlarni minimallashtirish talab etiladi.

Download 376,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish