Iqtisodiyot va texnologiyalarning jadal rivojlanishi bilan avtomobillar insonlarning kundalik hayotida ajralmas transport vositasiga aylandi



Download 428,1 Kb.
Sana22.06.2022
Hajmi428,1 Kb.
#692198
Bog'liq
2.00-bob


    1. Iqtisodiyot va texnologiyalarning jadal rivojlanishi bilan avtomobillar insonlarning kundalik hayotida ajralmas transport vositasiga aylandi. Avtomobillarning ko‘payishi odamlarga katta qulayliklar yaratgan bo‘lsada, ular ko‘p yo‘l harakati xavfsizligi muammolarini ham keltirib chiqardi, masalan, tirbandlik va tez-tez sodir bo‘ladigan yo‘l-transport hodisalari. Yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq muammolar asosan haydovchi bilan bog‘liq bo‘lgan sub'ektiv sabablardir, bunda aqlli avtomobillar insonga bog‘liq omillarni bartaraf etishning samarali vositasi hisoblanadi.


  1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2021 yil 29 noyabrdagi PF-27-son Farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasida "yo'l harakati xavfsizligi" tushunchasining mazmuniga ta'sir qiluvchi bir qator normalar joy oldi.

  2. Shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, respublikada yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, transportni boshqarish va avtomobil yo‘llarining piyodalar o‘tish joylarida ularning o‘zini tutish madaniyatini oshirish sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

  3. 2018 yil 19 may sanasida VMning 377- sonli “ O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror asosida 2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasi ishlab chiqildi. Konsepsiyaga asosan yo‘l transport harakati xavfsizligini ta’minlashda intellektual transport tizimlari texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish yo‘llari belgilab berildi:

  • jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlardan sodir etilgan huquqbuzarliklar holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni tezlik bilan to‘plovchi markazlashtirilgan tizimni joriy etish;

  • elektron tizimga kelib tushayotgan videoyozuvlar bo‘yicha tizimli monitoring yuritish va protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun ularni ichki ishlar organlariga yuborish;

  • videoregistratorlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rish;

  • jamoat transporti va yo‘lovchilarni tashuvchi transport vositalari uchun videoregistratorlar o‘rnatish bo‘yicha majburiy tartibni joriy etish;

  • sud tomonidan huquqbuzarlik belgilangan tartibda tasdiqlanganda, tizimga videomateriallar taqdim etadigan fuqarolarni rag‘batlantirish mexanizmlarini aniqlash;

  • tizimga videomateriallar taqdim etadigan fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari anonimligini ta’minlash qat’iy belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2017-yil 1-dekabrga qadar avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini, shu jumladan o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish va o‘qitishning zamonaviy usullarini joriy qilishni nazarda tutgan holda, yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Toshkent shahridagi 115ta chorrahaga o‘rnatilgan 883ta kuzatuv kameralari yordamida 15 martdan 6 aprel kuniga qadar jami 51 000 dan ziyod qoidabuzarliklar aniqlangan. Buning 30 mingdan ortig‘i svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanish va 21 mingdan ortig‘i tezlikni belgilangan me’yordan oshirish qoidabuzarliklarini tashkil etgan. O‘zbekiston Respublikasining yirik shaharlarida intellektual transport tizimidan foydalanish yo‘l harakat xavfsizligini oshirish imkonini beradi.
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi 2021 yil noyabr oyigacha respublika yo‘llarida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari haqida statistik ma'lumotni e'lon qildi.

Unga ko‘ra, yilning o‘tgan 10 oyi mobaynida jami 7681ta YTH ro‘y bergan. Ularda 1964 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 6886 kishi turli darajada tan jarohati olgan. Hududlar kesimida qaraladigan bo‘lsa, eng ko‘p yo‘l-transport hodisalari Farg‘ona viloyatida ro‘y bergan – 1173ta.
Toshkent viloyatida 1023ta, Toshkent shahrida 842ta YTH ro‘yxatga olingan. Namangan viloyatida 830ta YTH yuz bergan bo‘lsa, Samarqand viloyatida bu raqam 825tani tashkil etmoqda.
Yo‘l-transport hodisalari haydovchilar yoshi kesimida tahlil qilinsa, eng ko‘pi, ya'ni 1613tasini 23-27 yoshdagi haydovchilar tomonidan sodir etgani ko‘rinadi. Umuman, eng ko‘p avariyalar 37 yoshgacha bo‘lgan haydovchilar tomonidan etilgan. 7681ta YTHdan 4370tasi ayni shu yoshdagi haydovchilar hissasiga to‘g‘ri keladi. 47 yoshdan katta haydovchilar esa, 10 mobaynida 1106ta YTH sodir etgan.
Shu bilan birga, YTHlardagi boshqa ishtirokchilar tahlil qilinsa, bunda piyodalar yetakchi o‘rinda – 3441ta holatda ular bevosita ishtirok etgan. 1268ta hodisa bolalar ishtirokida sodir bo‘lgan. YTHlarning aksari (2785ta) davlat ahamiyatiga molik yo‘llarda yuz bergan. Shahar yo‘llarida 1981ta, mahalliy yo‘llarda 1613ta va xalqaro yo‘llarda 1302ta ro‘y bergan.
1-rasm: IIB YHXB axborot xizmati.
YHXBB hodisalarning kelib chiqish sabablariga ham oydinlik kiritgan:
1782ta YTH yo‘l harakatini noto‘g‘ri tashkil etish yoki yo‘llardagi nosozliklar tufayli ro‘y bergan. Bu jami yo‘l-transport hodisalarining 23,2 foizini tashkil etmoqda. 1705ta holatda piyodalar o‘tish joyi bo‘lmaganligi sababli piyodalarning belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tishi (22,2 foiz) bilan bog‘liq. 1221 ta YTH (15,9 foiz) tezlikni me'yordan oshirib yuborish sababli sodir bo‘lgan.
2020 yil 28 aprelda “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilingan edi. Qarorda belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish uchun qator chora-tadbirlar belgilangan. Shubhasiz, transport infratuzilmasining rivojlanishi shahar va aholi punktlari uchun alohida o‘rin tutadi, hayot sifatini belgilashda asosiy ko‘rsatqichlardan biri hisoblanadi. Toshkent va Samarqand shaharlarining transport tizimini kompleks rejalashtirish, matematik modellarini ishlab chiqish bo‘yicha kompleks axborot tizimini joriy etish hisoblanadi. Mazkur loyihaning amaliyotga tatbiq etilishi, shubhasiz, yirik shaharlarimizning izchil rivojlanishiga turtki beradi, ularning turistik jozibadorligini yanada oshiradi. Transport sohasining rivojlanishi shaharlarimizning turistik salohiyati yanada yuksalishiga va milliy turizm brendi rivojlanishiga ko‘maklashadi.
Mazkur tadbirlar yirik Evropa va yaqin xorijiy davlatlarda joriy etilgan va yo‘l transport hodisalarining 25%ga kamayishiga erishiladi[2]. Zamonaviy texnologiyalar bilan Google, Tesla, Uber, Ford, Audi, Toyota, Mercedes-Benz va boshqa ko‘plab transmilliy kompaniyalar avtomobillarni avtomatlashtirish ustida ishlab kelmoqda. Ularda aksaryati tezlik chegaralariga doir yo‘l belgilarini aniqlashga qaratilgan [2].
    1. Kichik o‘lchamli va yuqori unumli hisoblash texnologiyasining jadal rivojlanishi tufayli turli xil ilovalarda mobil ko‘rish tizimlarini yaratish imkoniyati paydo bo‘ldi: robototexnikada, videokuzatuvda va uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish tizimlarida va boshqalar. Ushbu tizimlarning ko‘pchiligining eng muhim vazifalari - real vaqtda ob'ektlarni aniqlash va tanib olishdir. Intelligent Speed Limiter 2016-yilda Ford S-Maxni joriy etdi. S-Max dunyo miqyosda Intelligent Speed Limiter bilan taklif qilingan birinchi Ford hisoblanadi. YBAT tizimi matnni, shuningdek belgilar shaklini taniydi va joriy aniqlangan tezlik chegarasi haqida xabar beradi (1-rasm). Ushbu tizimlar haydovchiga hayajonsiz, qulay va xavfsiz sayohatda yordam beradi, bu esa yo‘l transport hodisasi xavfini kamaytirishga yordam beradi.



1-rasm. Haydovchilarga yordamchi tizimi.
Adabiyot:
https://lex.uz/docs/-3266524
Adabiyot:
https://arm.tdpushf.uz/kitoblar/fayl_2082_20211108.pdf
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11 iyul 2017 yil 3127-sonli “Yo‘l harakati havfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori
https://kun.uz/uz/news/2021/11/13/10-oyda-salkam-2-ming-kishi-yol-transport-hodisalariga-doir-statistik-malumot-elon-qilindi?q=%2Fnews%2F2021%2F11%2F13%2F10-oyda-salkam-2-ming-kishi-yol-transport-hodisalariga-doir-statistik-malumot-elon-qilindi
Download 428,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish