LABORATORIYA MASHG’ULOTLARI BO’YICHA KO’RSATMA VA TAVSIYALAR Laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazishda quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilinadi:
mashg’ulotning maqsadini aniq belgilab olish;
fanda qo`llaniladigan dasturiy paketlar bilan ishlash imkoniyatlariga talabalarda qiziqish uyg’otish;
talabada dasturiy paketlar yordamida natijani mustaqil ravishda qo’lga kiritish imkoniyatini tahminlash;
talabani amaliy-uslubiy jihatdan tayyorlash;
laboratoriya mashg’ulotlari nafaqat aniq mavzu bo’yicha bilimlarni yakunlash, balki talabalarni mustaqil qarorlar qabul qilish jarayoniga tayyorgarligining manbai hisoblanadi.