31
2.2.2.-jadval
O„zbekistonda aholi jon boshiga to‟g‟ri keladigan asosiy turdagi
oziq-ovqat mahsulotlarini iste‟mol qilish ko„rsatkichlari
Oziq-ovqat
mahsulotlarining
turlari
Minimal
iste‘mol
me‘yori,
kg/kishi
1990
yil
2000
yil
2010
yil
2015
yil
2015 yil
Me‘yorga
nisb., %
1990 y. ga
nisb., %
Go‗sht va go‗sht
mahsulotlari
40,2
31
34
38
42,5
105,7
137,1
Sut mahsuotlari
136,7
183
162
239
266,4
194,9
145,6
Tuxum, (dona/kishi)
292
97
47
138
230,4
78,9
237,5
Sabzavot va poliz
128,8
107
128
238
285
221,3
266,3
Kartoshka
54,6
29
36
45
57
104,4
196,6
O‗simlik yog‗i va
boshqa moylar
7,3
12
12
13
22
301,4
183,3
Shakar
19,4
12
16
17
28
144,3
233,3
Meva va uzum
90,6
23
42
83
145
160,0
6,3
Manba: O‗zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‗mitasi ma‘lumotlari.
2.2.2.-jadvalda respublikamizda aholi jon boshiga asosiy turdagi oziq-ovqat
mahsulotlarini iste‘mol qilish ko‗rsatkichlari keltirilgan. Tahlillar shuni
ko‗rsatmoqdaki, 2015 yilda go‗sht va go‗sht mahsulotlari 1990 yilga nisbatan
137,1 %ga o‗sgan. Qolgan barcha oziq-ovqat mahsulotlari bo‗yicha ham muayyan
normadan ortiq o‗sish tendensiyasi mavjud.
Uy xo‗jaliklari daromadining oshib borishi, oilalar turmush sifatining
yuksalishi, ularning iste‘mol ratsionlarida muhim sifat o‗zgarishlariga olib keladi
va aholining asosiy qismi ratsional tibbiy me‘yorlarda belgilangan hajmda
ovqatlanishga bosqichma–bosqich o‗tadi. Shuni inobatga olganda aholi iste‘mol
tovarlariga bo‗lgan talabni aniqlashda tibbiy va boshqa toifaga kiruvchi
me‘yorlarga asoslangan prognozlarni amalga oshirish lozim.
32
III-Bob. Oziq-ovqat xavfsizligini ta‟minlash yo„llari
3.1. Oziq-ovqat xavfsizligini ta‟minlash istiqbollari
Insonlarning muhim ehtiyojlaridan biri oziq-ovqat mahsulotlariga bo‗lgan
ehtiyojdir. Bu esa ushbu turdagi mahsulotlarni ko‗paytirishni taqozo etadi. Oziq-
ovqat mahsulotlarini yetishtirishda qishloq xo‗jaligi muhim sohalardan biri
hisoblanadi.
Sir emaski, dunyoda kuniga ming-minglab odamlar ochlik tufayli turli
kasalliklarga chalinmoqda va hayotdan bevaqt ko‗z yummoqda. Nufuzli xalqaro
tashkilotlarning ma‘lumotlar bo‗yicha hozirgi paytda yer kurrasida qariyb 1
milliarddan ortiq odamlarning qorni nonga to‗ymaydi.
Ma‘lumotlarga ko‗ra, so‗nggi 35 yil ichida dunyo aholisining bug‗doyga
bo‗lgan talabi ikki barobarga ortib, g‗alla yetishtirish miqdori olti yuz million
tonnaga yetdi. Hozirgi vaqtda barcha donli ekinlar maydoniga nisbatan bug‗doy
ekiladigan yer maydoni jahon bo‗yicha 32 foizni tashkil etadi. Mutaxassislarning
fikricha kelgusi 20-25 yil davomida bug‗doyga bo‗lgan talab 40 foizga oshadi.
Demak, 2020 yilda jahon bo‗yicha bug‗doyga bo‗lgan ehtiyoj 840 million tonnani
tashkil etadi. Mazkur talabni qondirish uchun jahon bo‗yicha bug‗doy
hosildorligini bugungi kundagidan qariyb yana bir barobarga oshirishni taqozo
etadi. Bundan ko‗rinadiki, kelajakda jahonda oziq-ovqat tanqisligi muammosini
hal etish o‗ta tig‗iz masalalardan biri bo‗lib hisoblanadi.
O‗zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti 2015 yil 15 mayda qabul
qilingan ―Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya
qilishni ta‘minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‗lidagi to‗siqlarni bartaraf etish
chora-tadbirlari
to‗g‗risida‖gi Farmonida ham xususiy tadbirkorlikning
iqtisodiyotdagi roli va o‗rnini tubdan oshirish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish
yo‗lidagi mavjud to‗siq va cheklovlarni tugatish, jumladan, qishloq xo‗jaligi
33
mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga yanada qulay iqtisodiy, huquqiy shart-sharoit
va rag‗batlar yaratishga keng e‘tibor qaratilgan .
11
Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq, qishloq xo‗jaligi
sohasida ham keng ko‗lamli islohotlar boshlab yuborildi va g‗alla mustaqilligi
g‗oyasi olg‗a surdi. G‗allachilikning ilg‗or usullari, zamonaviy va intensiv
agrotexnologiyalari amaliyotga dadil tatbiq etildi va chet ellardan hosilni tez nest-
nobud qilmay o‗rib-yig‗ib oladigan kombaynlar sotib olindi. Shuningdek,
dehqonlar moddiy manfaatdorligini oshirishga alohida e‘tibor berildi. Natijada
O‗zbekiston g‗alla mustaqilligiga uzil-kesil erishdi.
Respublikamiz birinchi prezidenti I.A.Karimov mamlakatimizni 2015 yilda
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‗ljallangan iqtisodiy
dasturning eng muhim ustuvor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan Vazirlar
Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma‘ruzasida ta‘kidlaganidek:
―Mamlakatimiz qishloq xo‗jaligida ham chuqur tarkibiy o‗zgarishlar amalga
oshirilmoqda.
Murakkab
ob-havo
sharoitlariga
qaramasdan
fermer
va
dehqonlarimizning fidokorona mehnati va omilkorligi tufayli o‗tgan yili mo‗l hosil
yetishtirildi – 7 million 500 ming tonnadan ortiq g‗alla, 3 million 350 ming
tonnadan ziyod paxta xirmoni barpo etildi.
Ta‘kidlash kerakki, bunday mo‗l hosil asosan qishloq xo‗jaligida ishlab
chiqarishni jadallashtirish, seleksiya ishlarini yaxshilash, g‗o‗za va boshoqli don
ekinlarining
rayonlashtirilgan
navlarini
joriy
qilish,
zamonaviy
agrotexnologiyalarni o‗zlashtirish evaziga ta‘minlandi.
Mamlakatimizda bug‗doydan gektaridan o‗rtacha 55 sentner hosil olingani,
ayrim tumanlarda bu ko‗rsatkich 60-77 sentnerni tashkil etgani, hech shubhasiz,
fermerlarimizning ulkan yutug‗idir
12
. Bu esa, o‗z navbatida, qayta ishlash
11
O‗zbekiston Respublikasi 1-prezidentining ―Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli
himoya qilishni ta‘minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‗lidagi to‗siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari
to‗g‗risida‖gi Farmoni. – Toshkent.; ―Xalq so‗zi‖ gazetasi, 2015 yil 16 may, 98 (6281)-son
12
I.A.Karimov. ―Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni,
iqtisodiyotimizda tarkibiy o‗zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka
yanada keng yo‗l ochib berish hisobidan olg‗a yurishdir‖. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015
yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‗ljallangan iqtisodiy dasturning eng
muhim ustuvor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan majlisidagi ma‘ruzasi. Toshkent. ―Xalq so‗zi‖ gazetasi, 2016 yil 16
yanvar, 11 (6446) – son
34
korxonalarini xom ashyo, aholini esa oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‗la
ta‘minlash, shuningdek, qishloq xo‗jaligi mahsulotlari eksport salohiyatini
oshirishga asos yaratdi. Eng asosiysi, qisqa muddatda mamlakatimizning oziq-
ovqat xavfsizligi ta‘minlandi.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash deganda, mintaqada mavjud resurslardan
unumli va oqilona foydalanish orqali fan-texnika yutuqlariga asoslangan holda,
aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo‗lgan ehtiyojlarini qondirish demakdir.
Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya, veterinariya, fitosanitariya
normalari va qoidalariga mosligi tushuniladi.
Mamlakatimiz aholisini yuqori sifatli, xavfsiz, vitaminlar va mineral
moddalarga boy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlash ustuvor vazifalardan biri
qilib belgilangan. Chunki, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida vitaminlar va mineral
moddalar yetishmasligi onalar va bolalar o‗rtasida kasallik va o‗lim darajasining
oshishiga, bolalar va o‗smirlarning intellektual-jismoniy rivojlanishining
pasayishiga, katta yoshdagi insonlarning esa ish qobiliyatlarini susayishiga olib
keladi. Bu salbiy oqibatlarni oldini olishning birdan-bir xavfsiz va tejamli usuli
oziq-ovqat mahsulotlari tarkibini boyitishdir.
Davlatimiz siyosati, avvalo, aholini boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan
ta‘minlashga qaratilgan ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy chora-tadbirlarni
amalga oshirish va oziq-ovqat mahsulotlarini boyitish uchun vitamin-mineral
aralashmalarning sifati hamda xavfsizligi ustidan davlat nazoratini ta‘minlash
muhim vazifa hisoblanadi.
Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan
ta‘minlash, aynan qishloq xo‗jaligi tarmog‗i zimmasida ekanligi bizga ma‘lum. Bu
sohaning respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim o‗rin tutganligi uchun
yurtboshimiz rahnamoligida istiqlolning dastlabki yillaridanoq qishloq xo‗jaligida
keng ko‗lamli islohotlar amalga oshirildi. Xususan, xo‗jalik yuritishning eng
samarali, taraqqiy etgan davlatlar tajribasida o‗zini har tomonlama oqlagan
fermerlik harakatiga o‗tilishi ushbu soha rivojida yangi davrni boshlab berdi.
35
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar tufayli mamlakatimiz 1-prezidenti Islom
Karimov ta‘kidlaganidek, istiqlol yillarida qishloq xo‗jaligi mahsulotlari ishlab
chiqarish 2 barobarga ko‗paydi. Bu mamlakatimiz aholisining qariyb 10 million
kishiga yoki 30 foizdan ko‗proqqa oshganiga qaramay, jon boshiga to‗g‗ri
keladigan go‗sht iste‘molini 1,3 barobar, sut va sut mahsulotlarini 1,7 barobar,
sabzavotlarni 2 marta, mevalarni qariyb 4 barobar oshirishga erishildi.
Agrar sohadagi tarkibiy o‗zgarishlar tufayli meva-sabzavotchilik,
bog‗dorchilik, uzumchilik va chorvachilik kabi tarmoqlar ham tobora rivojlanib
bormoqda. Natijada 2015 yili 12 million 592 ming tonna sabzavot va kartoshka, 1
million 850 ming tonna poliz mahsulotlari, 1 million 556 ming tonna uzum, 2
million 731 ming tonna meva yetishtirildi. Bu aholi jon boshiga qariyb 300
kilogramm sabzavot, 75 kilogramm kartoshka va 44 kilogramm uzum to‗g‗ri
kelmoqda. Bu optimal, ya‘ni maqbul deb hisoblanadigan iste‘mol me‘yoridan uch
barobar ko‗p demakdir
13
.
Bundan ko‗rinadiki, O‗zbekiston nafaqat ichki oziq-ovqat xavfsizligini
ta‘minlamoqda, balki xorij mamlakatlari oziq-ovqat mahsulotlari bozoriga ham
munosib hissa qo‗shib kelmoqda.
2015 yilda mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va
qishloq xo‗jaligi tashkiloti (FAO)ga a‘zo bo‗lgan davlatlarning oziq-ovqat
xavfsizligini ta‘minlash sohasida Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishgani
uchun beriladigan mukofotga sazovor bo‗lgan 14 ta davlatdan biri sifatida e‘tirof
etildi.
Bugungi kunda umumiy qiymati qariyb 5 milliard dollarga teng bo‗lgan
oziq-ovqat, eng avvalo birinchi navbatda, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport
qilinmoqda. Keyingi uch yilda eksport qilinayotgan qishloq xo‗jalik mahsulotlari
miqdori 3 barobardan ko‗proqqa oshdi. Natijada, dunyoni 80 dan ortiq davlatiga
13
I.A.Karimov. ―Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni,
iqtisodiyotimizda tarkibiy o‗zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka
yanada keng yo‗l ochib berish hisobidan olg‗a yurishdir‖. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015
yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‗ljallangan iqtisodiy dasturning eng
muhim ustuvor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan majlisidagi ma‘ruzasi. Toshkent. ―Xalq so‗zi‖ gazetasi, 2016 yil 16
yanvar, 11 (6446) – son
36
180 turdagi sifatli meva-sabzavot va ularni qayta ishlash asosida tayyorlangan
mahsulotlarni eksport qilinmoqda. Mamlakatimiz o‗rik, yong‗oq, olxo‗ri, uzum,
karam va boshqa ko‗plab meva va sabzavot mahsulotlarini eksporti bo‗yicha
yetakchi davlatlar qatorida turadi.
Mustaqillik yillarida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning o‗sish
sur‘atlari har yili 8-10 foizga oshirilganligi natijasida ichki bozor ehtiyojlari,
asosan, o‗zimizda tayyorlangan mahsulotlar hisobiga qondirilmoqda. Oziq-ovqat
xavfsizligini ta‘minlash va aholini iste‘moli uchun uzluksiz hamda yetarli
miqdorda oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish maqsadida 2012-2015 yillarda
jami 312 ta meva-sabzavot, go‗sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari
tashkil etish belgilandi. Shu jumladan, 169 ta yangi korxona qurish va 143 ta
mavjud korxonalarni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish rejalashtirildi.
Ularning ijrosini ta‘minlanishi natijasida mamlakatimizda 63,1 ming tonna meva-
sabzavot, 16,5 ming tonna go‗sht, 45,7 ming tonna sut mahsulotlarini qayta ishlash
quvvatlari tashkil qilindi.
Qishloq xo‗jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va tarkibiy
o‗zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, yer va suv resurslaridan samarali
foydalanish 2016 yil va yaqin istiqbolga mo‗ljallangan iqtisodiy dasturlarni muhim
yo‗nalishidir.
Mazkur dastur asosida qishloq xo‗jaligi mahsulotlari yetishtirishni tarkibini
o‗zgartirish belgilangan bo‗lib, bunga ko‗ra 2020 yilgacha paxta xom ashyosi
yetishtirishni 350 ming tonnaga bosqichma-bosqich kamaytirish belgilab
qo‗yilgan. Buni evaziga 170 ming 500 gektar sug‗oriladigan yer paxtadan
bo‗shatiladi. Bu ekin maydonlarida sabzavot va kartoshka, ozuqa ekinlari, yog‗-
moy olinadigan va boshqa ekinlar ekiladi. Shuningdek, bog‗ va uzumzorlar tashkil
etiladi.
Ekin maydonlarini optimallashtirish va zamonaviy agrotexnologiyalarning
joriy etilishi natijasida 2020 yilda boshoqli don yetishtirish 16,4 foizga oshirilib,
uning hajmini 8 million 500 ming tonnaga yetkazish, kartoshka yetishtirishni 35
foizga, sabzavotni 30 foizga, meva va uzumni 21,5 foizga, go‗sht yetishtirishni
37
26,2 foizga, sutni 47,3 foiz, tuxumni 74,5 foizga ko‗paytirish, baliq yetishtirishni
2,5 martaga ko‗paytirish va shu turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish
hajmini ham ma‘lum miqdorda oshirish e‘tiborga olingan.
Shuningdek, jami 190 ming tonnadan ziyod meva va sabzavotlar
saqlanadigan 274 ta zamonaviy sovutgichli kamera va omborlarni qurish va to‗liq
rekonstruksiya qilish ishlari bajariladi.
Respublikamiz hukumati tomonidan oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashga
munosib hissa qo‗shib kelayotgan barcha sub‘ektlarning ishlab chiqarish
faoliyatlarini yanada rivojlantirish maqsadida, tashkiliy, iqtisodiy va moliyaviy
jihatdan qo‗llab-quvvatlab kelinmoqda. Bu quyidagi yo‗nalishlarda amalga
oshiriladi.
1. Qishloq xo‗jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning huquq va
manfaatlarini himoyalashga amaliy yordam berish.
2. Oziq-ovqat mahsulotlarini ko‗paytirish maqsadida ko‗p tarmoqli fermer
xo‗jaliklarini tashkil etish va rivojlantirish yuzasidan sabzavotchilik, intensiv
bog‗dorchilik, uzumchilik, chorvachilik, qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini qayta
ishlash, issiqxonalar tashkil etishga doir loyihalarni amalga oshirish bo‗yicha
maxsus dasturlar qabul qilish va bularni bajarish doirasida xo‗jalik sub‘ektlariga
banklar tomonidan imtiyozli kreditlar ajratish.
3. Oziq-ovqat, xususan, qishloq xo‗jaligi mahsulotlari eksportini
ko‗paytirish va faoliyatni davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash va hokazolar.
Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‗lganidek, Namangan viloyatida
ham ko‗p tarmoqli fermer xo‗jaliklari qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini yetishtirish
bilan birga, ularni chuqur qayta ishlash, qurilish ishlarini amalga oshirish va
qishloq aholisiga turli xizmatlar ko‗rsatish kabi yo‗nalishlarda samarali faoliyat
ko‗rsatmoqda. Bu esa o‗z istiqbolini topmoqda.
Bugungi kunda viloyatda bunday fermer xo‗jaliklarining soni tobora
ko‗payib bormoqda. Jumladan, Kosonsoy tumanidagi ―Chashmai safed‖ fermer
xo‗jaligi ham Davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan amalga
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida barqaror yutuqlarga erishib, rivojlanib
38
borayotgan ko‗p tarmoqli xo‗jaliklardan biri hisoblanadi. Bu xo‗jalik faoliyati
chorvachilik va dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish, sut va go‗sht mahsulotlarini
qayta ishlash kabi turli tarmoqlarni qamrab oladi. Bizga ma‘lumki, foyda olishdagi
asosiy samara o‗zi yetishtirgan mahsulotlarni qayta ishlab, so‗ngra sotishdan
olinadi. ―Chashmai safed‖ fermer xo‗jaligida ham bunga katta e‘tibor qaratilgan
bo‗lib, xo‗jalikda yetishtirilgan sutni qayta ishlash orqali pishloq, qatiq, qaymoq,
sariyog‗, smetana kabi 12 turdagi sut mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‗lga
qo‗yilgan. Shu bilan birga, bu yerda ishlab chiqarilayotgan ―Kosonsoy pishloqlari‖
brendidagi mahsulotlar yurtimizning deyarli barcha bozorlarida doimiy o‗z
haridorlariga ega. Tumandagi ―Ahmadxon hoji Kosoniy‖ fermer xo‗jaligida ishlab
chiqarilayotgan non mahsulotlari, shuningdek, boshqa xo‗jaliklardagi istiqbolli
amaliyotlarni butun respublika miqyosida ommalashtirishga namuna bo‗la oladi.
Bu kabi ko‗plab fermer xo‗jaliklari tuman iqtisodiyotida salmoqli o‗rin
egallaydi. Bularning natijasi o‗laroq, o‗tgan yilda Kosonsoy tumanida yalpi qishloq
xo‗jaligi mahsulotlarini o‗sish sur‘ati 108 foizga ta‘minlandi.
O‗tgan yilda chorvachilik, parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish
bo‗yicha 71 ta loyiha amalga oshirilib, bunga 200 million so‗mdan ortiq mablag‗
sarflandi, natijada 100 ta yangi ish o‗rni yaratildi. Shu bilan birga, qishloq
xo‗jaligida qoramollar bosh sonlari 40,0 mingni, shu jumladan, sigirlar 13,6 ming
boshni, qo‗y-echkilar 45,6 ming boshni, parrandalar 458,9 ming boshni, otlar 285
ming boshni va asalari oilalari 1808 tani tashkil etdi.
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni
to‗ldirish dasturiga ko‗ra, tuman aholisini arzon va sifatli mahsulotlar bilan
ta‘minlashni yanada yaxshilash maqsadida, dehqonchilik mahsulotlaridan 42 ming
tonna don, 27,5 ming tonna sabzavot, 6,5 ming tonna kartoshka, 4 ming tonna
uzum, 9,2 ming tonna meva yetishtirildi.
Shuningdek, viloyatning boshqa tumanlari ham oziq-ovqat mahsulotlarini
yetishtirishga o‗z hissalarini qo‗shmoqda. Jumladan, Uychi tumanidagi ―Ko‗rkam
nur sahovat‖ fermer xo‗jaligi tomonidan yillik quvvati 15 tonna bo‗lgan go‗shtni
39
qayta ishlash sexi faoliyati yo‗lga qo‗yilgan. Norin tumanida esa ―Dildora‖ fermer
xo‗jaligi tomonidan xom sutni qabul qilish servis punktlari ishga tushirildi.
O‗tgan yillar tajribasidan kelib chiqib, Norin tumanida 2015 yilda oziq-ovqat
xavfsizligini ta‘minlash uchun 34 ta loyiha ishlab chiqildi. Uning ijrosiga 4
milliard 580 million so‗m mablag‗ yo‗naltiriladi va shu yo‗l bilan 145 ta yangi ish
o‗rni yaratiladi. Chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik, parrandachilikni
rivojlantirish, mevali bog‗lar, tokzorlar barpo etish, yangi sovutgichli
omborxonalarni tashkil etish, go‗sht mahsulotlarini qayta ishlash sexlarini ishga
tushirish ishlari rejalashtirilgan. Bunday ijobiy ishlar viloyatning boshqa
tumanlarida ham amalga oshirilmoqda.
Xulosa qilib aytish mumkinki, butun dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi tobora
muhim ahamiyat kasb etayotgan bugungi kunda mamlakatimiz aholisining oziq-
ovqat xavfsizligini ta‘minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratilib, aniq maqsadli
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bulardan ko‗zlangan maqsad mamlakat
iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri bo‗lgan qishloq xo‗jaligini barqaror
rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va O‗zbekistonning rivojlangan
davlatlar qatoridan mustahkam o‗rin egallashini ta‘minlashga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |