Tayloq tumani - Samarqand viloyatidagi tuman. 1992 yil 9 aprelda tashkil
etilgan. Viloyatning janubiy sharqiy qismida. Shimoldan Jomboy va Bulungʻur,
jaubdan va sharqdan Urgut, gʻarbdan Samarqand tumanlari bilan chegaradosh.
Maydoni 0,28 ming km². Aholisi 183,9 ming kishi. Tumanda 8 ta qishloq
fuqarolari yigʻini (Adas, Bogʻizagʻon, Jumabozor, Gʻulba, Madaniyat,
Sochakibolo, Tepaqishloq, Toyloq, Qoʻrgʻoncha) bor. Markazi — Toyloq shahri.
Tabiati Tuman hududi Zarafshon daryosining hozirgi davr qayirlari hamda
koʻhna qayir (terrasa)laridan iborat boʻlib, asosan, tekislik. Zarafshon daryosi
keltirgan oqindi (qum, shagʻaltosh, loyqalar)dan tarkib topgan. Ular ustini 5–10 m
qalinlikdagi lyoss yotqiziqlari qoplagan. Tuman hududidan Markaziy magistral,
Dargʻom kanallari va Zarafshon daryosi, Krrasuv soyi oqib oʻtadi. Tuprogʻi boʻz,
oʻtloqboʻz, oʻtloqbotqoq va allyuvial tuproq. Foydali qazilmalari, asosan,
shagʻaltosh, qum va lyosslardan iborat. Iqlimi keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha
trasi 25,9°, yanvarniki 0,2°. Vegetatsiya davri 215—230 kun oraligʻida. Yiliga
320–350 mm yogʻin tushadi.
Tuman hududidagi qayirlarda toʻqayzorlar mavjud boʻlib, bu yerda yovvoyi
jiyda, tol, qamish, turangʻil oʻsadi. Tuman hududidagi ekin ekilmagan yerlarda
ajriq, yulgʻun, shuvoq, bugʻdoyiq, yantoq, yalpizlar uchraydi. Qushlardan mayna,
chumchuq, qargʻa va boshqa bor.
21
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, koreys va boshqa
millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 km²ga 480 kishi.
Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligi, asosan, qishloq xoʻjaligi. mahsulotlarini yetishtirish va
ularni qayta ishlashga ixtisoslashgan. Sanoatida taʼmirlash, aloqa va aholiga
maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, meva konserva zavodlari bor.
Toyloq tumanida yirik, oʻrta, kichik korxonalar hamda mikrofirmalar
faoliyat koʻrsatib turibdi. Meva konservalari, non, qandolatchilik va sharob
mahsulotlari, salqin ichimliklar, qurilish materiallari ishlab chiqariladi.
Tumandagi ixtisoslashgan mikrofirmalar tomonidan aholiga maishiy xizmat
koʻrsatish (avtomobil, muzlatkich, radio, televizorlarni taʼmirlash va boshqalar)
ishlari amalga oshiriladi. 2 ta qoʻshma korxona, shu jumladan, Uzbekistan—
AQSH "Adas—Agro Invest" (uzumni qayta ishlaydi), Oʻzbekiston—Rossiya
"TonigriN" (mevani qayta ishlaydi) mahalliy xom ashyo asosida ishlamoqda.
Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Tumanda 5620 ga yerga
gʻalla, 1994 ga yerga sabzavot, 307 ga yerga kartoshka, 2697 ga yerga ozuqa
ekinlari ekiladi. Koʻp yillik daraxtzorlar 4686 ga (shundan, bogʻlar 1446 ga,
tokzorlar 2490 ga, tutzorlar 692 ga).
Tayloq tumanining ijtimoiy-iqtisodiy ko‗rsatkichlari Samarqand viloyatining
o‗rtacha ko‗rsatkichlari bilan taqqoslangan qiyosiy ma‘lumoti 2.1.1-jadvalda
keltirilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |