"iqtisodiyot va menejment "



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/270
Sana12.07.2022
Hajmi3,21 Mb.
#781859
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   270
Bog'liq
IQTISODIYOT VA MENEJMENT DARSLIK

polistrukturali 
tizim
ga o’tildi, ya`ni turli-tuman mulkchilik va ayrim, yagona mulk shaklining 
ustuvorligi inkor etiladi, barcha mulk shakllarining rivojlanishi uchun Qonuniy 
sharoit yaratiladi va bu tizimda mulkiy muvozanat hosil bo’ladi. 
Poliiqtisodiyot mazmunan aralash iqtisodiyot bo’lib, u har qanday monopoliya 
yakka hukmronlikni rad etadi. Mulkchilikning turli-tumanligi, ularning tengligiga 
asoslanadi, hamda turli xil iqtisodiy, bozor va nobozor munosabatlarning 
yig’indisidan iborat bo’ladi. Bu iqtisodiyotda «Nima?», «Qancha?», «Qanday?» 
«Kimga?» muammolarini bozor hal qiladi, iqtisodiy jarayonlariga davlat aralashuvi 
cheklanadi, davlat xususiy mulkni himoya qilishning huquqiy asoslarini belgilab 
beradi, davlat bilan tadbirkorlik shakllari uygunlashadi, tadbirkorlikning turli 
yo’nalishlari 
mavjud 
bo’ladi, 
unda 
rejalashtirish, 
istiqbolni 
belgilash, 
prognozlashtirish, aholini ijtimoiy himoya qilish kuchayadi, davlat iqtisodiy vositalar 
yordamidagina iqtisodiyotga aralashadi. 
Aralash iqtisodiyotning
muhim belgilari: 

mukammal texnika va yuksak texnologiyaga asoslanadi; 

mayda va o’rta biznes keng rivojlanadi, mulkchilikning turli-tumanligi raqobatni 
kuchayishiga olib keladi, tanlov imkonini yaratadi va kengaytiradi;

daromadlar ishlab chiqarish ishtirokchilari, omil egalari hissasiga qarab 
taqsimlanadi, daromadlarda ish haqi hissasi ortib boradi;

manfaatlar muvozanatlashuviga imkoniyat yaratiladi;

xalq iste`molini qondiruvchi tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatuvchi 
sohalarning rivojlanishiga ustivorlik beriladi; 

milliy boylik tarkibida aholi mol-mulkining hissasi ortib boradi. 


18 
Aralash iqtisodiyotni ayrim iqtisodchilar insoniyat iqtisodiy tsivilizatsiyasining 
eng katta yutug’i deb hisoblaydilar, bir guruh iqtisodchilar esa bozor iqtisodiyoti 
sifatida, boshqalari esa bozor iqisodiyotining yuqori bosqichi sifatida ta`riflaydilar. 
AQSh, Angliya, Frantsiya, Germaniya, Yaponiya va boshqa rivojlangan 
mamlakatlar iqtisodiyotini aralash iqtisodiyot deyish mumkin. 
Iqtisodiy tizimlarning rivojlanishini xarakterlaydigan nazariyalardan yana biri - 
jamiyatning tsiklli rivojlanish nazariyasidir. Bu nazariyaga muvofiq kishilik jamiyati 
rivojlanishining 7 tsivilizatsiyasi ajratib kursatiladi. 
1)
davomiyligi 30-35 asrdan iborat neolit davri; 
2)
davomiyligi 20-30 asrdan iborat sharkiy quldorlik davri (bronza asri); 
3)
davomiyligi 12-13 asrdan iborat antik davr (temir asri); 
4)
davomiyligi 7 asrdan iborat erta feodal davri; 
5)
davomiyligi 4,5 asrdan iborat industrlashtirishdan oldingi davr; 
6)
davomiyligi 2,5 asrdan iborat industrial davri; 
7)
davomiyligi 1,3 asrlik yuqori industrlashish-axborot (postindustrlash) davridan 
iborat. 
Bu nazariyaga asosan kishilik jamiyati taraqqiyoti goh sekin, goh tez davom 
etishiga qaramay, ayrim mamlakatlarda tsivilizatsiya davrlari farq qilsada, oxir oqibat 
umumiy natija postindustrial tsivilizatsiyaga olib keladi.
Har qanday jamiyatning iqtisodiy tizimida mulkchilik, mulkka egalik alohida 
o’rin tutadi. Mulkchilik munosabatlariga asoslanmagan iqtisodiyot bo’lmaydi. 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish