Mehnat unumdorligini o‘lchash metodlari
Turli tashkil otlardagi mavjud rezervlarni baholash, mehnat unumdorligining darajasini o‘lchash, o‘tgan bir qator yillar davomida mehnat unumdorligining dinamikasini yuzaga chiqarish uchun qurilishda mehnat unumdorligini to‘g‘ri (ob’ektiv) o‘lchash muhim ahamiyat kasb etadi.
Qurilishda mehnat unumdorligining darajasini ikkita asosiy ko‘rsatkich bilan aniqlash mumkin: vaqt birligida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori (unumdorlik), va mahsulot birligini tayyorlashga sarflanadigan vaqt (mehnat sig‘imi).
Mehnat unumdorligi mahsulot hajmi va sarflangan mehnat qanday birliklarda o‘lchanishiga bog‘liq ravishda turli usullar bilan aniqlanadi.
O‘lchash metodlari:
mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish hajmi;
naturaviy;
me’yoriy;
narxli: jamlanma (valovoy), tovarli, shartli toza, sof
mahsulotli.
Sarflangan mehnat (mehnat sarfi):
kishi-soatlar;
kishi-kunlar;
personalning o‘rtacha ro‘yxatli soni.
Naturaviy metod. Ishlab chiqarishning naturaviy metodi ish turlari bo‘yicha ishchining kasbi bo‘yicha ish unumini natural ko‘rsatkichlarda aniqlab beradi (terilgan g‘ishtning kubometrdagi hajmi, konstruksiyalarning kubometri, yuzalarning kvatrat metrlari) yoki yakuniy mahsulotni bitta ishchiga to‘g‘rikeladigan hajmda umumiy o‘lchоvm birliklarida o‘lchash (yashash maydoning kvadrat metrlari, quvur o‘tkazgichlarning kilometri va h.k.).
Ish turlari bo‘yicha naturaviy ko‘rsatkichini (ishchining naturaviy ko‘rsatkichlardagi ish unumi ni) natural ko‘rsatkichlarda (kubometrlar, pogonometrlar, kvatrat metrlar) da o‘lchangan alohida ish turi hajmining ushbu ish turini bajargan ishchilar soniga (kishi) nisbati orqali aniqlash mumkin.
Natural ko‘rsatkich (ishalb chiqarilgan naturaviy miqdor) mehnat unumdorligining eng ob’ektiv va ishonchli ko‘rsatkichi deb hisoblanadi. Ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorining naturaviy o‘lchamlardagi ko‘rsatkichlari alohida birgadalar va ishchilarning mehnat unumdorligini aniqlash hamda taqqoslash, ularning sonini rejalashtirish, professional va saviyaviy (kvalikatsion) tarkibini, turli tashkilotlarda bir xil tipli ob’ektlarni qurishda bir jinsli ishlarni bajarishdagi mehnat unumdorligini qiyoslash imkonini beradi. Biroq unumdorlikning bunday ko‘rsatkichlari ham kamchiliklardan holi emas. Masalan ular qurilish har xil jinsli ishlarning bir nechta turlarining bajarilishida tashkiloti bo‘yicha mehnat unumdorligining umumlashgan ko‘rsatkichini aniqlash imkoniyatini bera olmaydi, tugatilmagan ishlab chiqarish qoldiqlarining o‘zgarishini hisobga olmaydi.
Me’yoriy metod. Mehnat unumdorligini o‘lchashning me’yoriy metodi me’yorlarda ko‘satilgan mehnat sarfi asosida faktli mehnat sarfining aniq ish hajmiga nisbatini ko‘rsatadi, ya’ni ishchilar tomonidan ishalb chiqarish me’yorlarining bajarilish darajasini tavsiflaydi. Me’yoriy ko‘rsatkich ishlar mehnat sig‘imining me’yor bo‘yicha (kishi-kunlar) nisbatini 100% ga ko‘paytirish orqali ifodalab beradi. Me’yoriy metod yoxud me’yoriy vaqtning qisqarish darjasini, yoki ishlab chiqarish me’yorining bajarilish darajasi (miqdori)ni aniqlash imkonini beradi.
Narxli metod. Mehnat unumdorligini aniqlashning narxli metodi eng ko‘p talqalgan bo‘lib, bunda mahsulot miqdori smetaviy narxda yoki shartnoma asosida kelishilgan narxda hisobga olinadi. Bu metodda mehnat unumdorligining darajasi asosiy va yordamchi ishlab chiqarish, ya’ni qurilish tashkilotining qurilish – ishlab chiqarish personali bo‘yicha bitta ishchiga to‘g‘ri keladigan qurilish-montaj ishlarining smetaviy narxlari orqali o‘lchanishi bilan tavsiflanadi.
Narxli ko‘rsatkichni qurilish tashkiloti (qurilish boshqarmasi, qurilish tresti) bo‘yicha hamda birlashma, vazirlik miqiyosida umumiy mehnat unumdorligini belgilaydigan ko‘rsatkich deb hisoblash mumkin. Ushbu ko‘rsatkichning ustunlik tomonlari – hisoblashning oddiyligi, turli ob’ektlar, qurilishlarda unumdorlikning darajasini taqqoslash imkoniyati mavjudligi, o‘tgan qator yillar davomida unumdorlikning dinamikasini aniqlash, uning kamchiliklari – jonli mehnat samaradorligiga hech qanday aloqasi bo‘lmagan ishlarning materialli sig‘imga, mehnat qurollari va predmetlarining dinamikasiga bo‘lgan ta’siri. Axir qurilish – montaj ishlari orqali yig‘ma temirbetonni montaj qilishda materiallar sig‘imi (hajmi, miqdori) 70 - 75% ga chiqadi, er ishlarida esa materiallar sig‘imi (hajmi, miqdori) atigi 5 - 8% ni tashkil etadi. SHuning uchun bajarilayotgan ishlarning strukturali siljishini hisoblashda (yoki hisobga, ya’ni inobatga olishda) muammo yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |