Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi «Qurilish iqtisodiyoti va smeta ishi» fanidan



Download 0,66 Mb.
bet41/134
Sana21.12.2022
Hajmi0,66 Mb.
#893760
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   134
Bog'liq
умк СМЕТА 22 (5)

Nazorat savollari

1. Diversifikatsiya nima? Iqtisodiy va ishlab chiqarish


diversifikatsiyalarini tushuntirib bering.
2. Qurilish ishlab chiqarish diversifikatsiyasi mohiyatini
tushuntiring.
3. Ishlab chiqarish diversifikatsiyasini amalga oshirish mezonlari
nimalardan iborat?
4. Ishlab chiqarish diversifikatsiyasini tashkil etish va o‘tkazish
tartibini aytib bering.


LOYIHANING DASTLABKI BOSQICHINI AMALGA OSHIRISHDA QURILISH OB’EKTI BAHOSINI ANIQLASH


Qurilishda loyihalashtirish maqsadi va vazifalari

Har bir qurilish ob’ektini tiklashda avvalom bor, uning qurilishini amalga oshirishning texnik imkoniyatlari va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi ko‘rib chiqiladi. Bu vazifalar, savol va masalalar “loyiha” deb nomlanuvchi maxsus hujjatda o‘z aksini topadi.


Loyiha – bu quriladigan injenerlik inshooti yoki quyidagi ko‘rinishda namoyon etiladigan sanoat ishlab chiqarilishi yoki fuqarolar uchun mo‘ljallangan ob’ktlarni shakllantirish bo‘yicha quyida keltirilgan maqsadlar tizimidir:

  • qurilajak inshootning arxitekturaviy – rejaviy, konstruktiv – kopnovkali va texnologik echimlarining grafik materiallari (chizmalari)dir;

  • inshoot qurilishi texnik imkoniyatlari, konkret tabiiy muhitda bajariladigan ishlarning ishonchliligi va xavfsizligini asoslovchi hisoblash – tushuntirish matni;

  • qurilish tannarxini aniqlaydigan va moliyaviy xarajatlar, moddiy – texnikaviy va mehnat resurslarining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini asoslab beradigan smeta–iqtisodiy qism.

Qurilish ob’ektining iqtisodiy samaradorligi, uning hayotiylik siklining xarakteri va funksiyallashuvining davomiyligi, chiqarilayotgan mahsulotning tannarxi, ekspluatatsiya va mehnat qilish sharoitlari ahamiyatli tarzda loyihaviy echimlarning darajasiga, ya’ni bir so‘z bilan aytganda, loyihaning qanday darajada tayyorlanganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Har qanday ob’ektni loyihalash odatda bir nechta bosqichlarda amalga oshiriladi. Loyihalashning birinchi bosqichida g‘oya paydo bo‘lgandan so‘ng investitsiyalash maqsadlari: ob’ektning qanday vazifa bajarishga mo‘ljallanishi, uning quvvati, ishlab chiqariladigan mahsulotlar nomentklaturasi, joylashish o‘rni aniqlanadi.
Investitsiyalash imkoniyatlari va kutilayotgan texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishishni baholash olib boriladi.
Birinchi bosqichda bajarilgan izlanishlar (ilmiy – tadqiqot ishlari) va ishlar asosida buyurtmachi (investor) g‘oyalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish yoki ularni to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qiladi. Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda buyurtmachi qurilishi mumkin bo‘lgan ob’ektning berilgan rayonda qurilishi kutilayotganligi to‘g‘risidagi ob’ektni joylashtirish bo‘yicha oldindan kelishishni iltimos qilish tariqasidagi ariza bilan mahalliy hokimiyat organlariga murojaat qiladi. Mahalliy hokimiyat organlaridan ijobiy javob olingandan keyin buyurtmachi ikkinchi bosqich ishlari – ob’ekt qurilishi investitsiyasining texnik – iqtisodiy asosini ishlab chiqishga kirishadi. Bu bosqichda zarur bo‘lgan injenerlik qidiruvlar olib borish bilan injenerlik ayniqsa iqtisodiy va smeta – moliya savollari ancha chuqur o‘rganiladi. Investitsiyalarni texnik – iqtisodiy asoslash natijalari bo‘yicha qurilishning maqsadga muvofiqligi va loyihalashni – texnik loyihani (loyihani) ishlab chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Loyihalash jarayoni davomiyligi loyihalashdan boshlab qurilish boshlanishiga qadar o‘rta va nisbatan katta ob’ektlar bo‘yicha 5 yildan 10 yilgacha davom etishi mumkin; alohida murakkab va yirik ob’ektlar bo‘yicha loyihalash – ilmiy–tadqiqot ishlarining davomiyligi undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. Bunday muddatda vaziyat loyihani ishlab chiqishning boshida qabul qilingan o‘sha paytdagi fan va texnikaning oxirgi yutug‘lariga asoslangan injenerlik echimlarning ob’ektni foydalanishga tushirish vaqtiga kelib shunchaki eskirib qolishiga olib keladi. SHu tufayli sanoat korxonalarining loyihalarida fan va texnikaning eng yangi yutug‘lari, ishlab chiqarishning ilg‘or texnologiyasi, eng yangi yuqori ishlab chiqarish unumdorligiga ega bo‘lgan vositalar (jihozlar)dan, qurilmalar, agregatlar, ishlarni kompleksli mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishdan to‘liq foydalanish, resurslarning barcha turlaridan va chiqindi chiqarmaydigan texnologiyalardan oqilona foydalanishni ko‘zda tutish taqoza etiladi. SHahar va qishloqlarda quriladigan yangi fuqaro – yashash ob’ektlarini loyihalashda yashash uchun barcha qulayliklarni yaratish va aholiga maksimal xizmat ko‘rsatishni ko‘zda tutish talab etiladi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaradigan korxonalarni loyihalashda sanoat asosidagi ishlab chiqarishni tashkil etish, tez bo‘ziladigan mahsulotlar (sabzavotlar, mevalar)ni qayta ishlashga asoslangan yirik mexanizatsiyalashgan, ixtisoslashgan komplekslarni yaratish vazifasi asosiy maqsadlardan biri sifatida namoyon bo‘ladi.
Sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari, tarar - joy, jamoat va fuqaro binolari loyihalarida ularning tashqi qiyofasiga katta e’tibor qaratiladi, chunki yangi ob’ektni joylashtirish bilan nafaqat iqtisodiy samara olinishi, balki ijtimoiy va shaharsozlik bo‘yicha ham samara olinishi lozim. Erdan oqilona foydalanish va atrof – muhitni muhofaza qilishga alohida e’tibor ajratiladi.
Loyihaning sifati nafaqat ilg‘or texnik echimlar bilan, balki smeta hujjatlarining to‘g‘ri bajarilganligi bilan ham aniqlanadi. Loyihalanayotgan ob’ekt texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlarini va qurilishni rejalashtirish hamda moliyalashtirish, qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish, qurilish – montaj tashkilotlarida iqtisodiy ishlarni olib borish va ular ishini nazorat qilish uchun qurilishining maqsadga muvofiqligini aniqlashda smetadan foydalaniladi. Qurilishda ishlab chiqarishning borishi va qurilish iqtisodiy samaradorligi ko‘p jihatdan quriladigan ob’ektlarning smetali narxini to‘g‘ri aniqlashga bog‘liq bo‘ladi.
Loyihalar texnik darajasi bilan qurilish – montaj tashkilotlarida mehnat unumdorligi o‘sishining jadalligi hamda materiallar va konstruksiyalar ishlab chiqaradigan sanoat korxonalarining ish samaradorligi shart –sharoitlanadi.
Loyihalarda binolarning maksimal darajadagi ixchamligi va unifikatsiyasi ko‘zda tutilmog‘i lozim, lekin bunda ularning arxitekturaviy mazmuniga zarar etmasiligi, mavjud mexanizatsiya vositalarini hisobga olgan holda konstruksiyalarni yiriklashtirish, loyihaviy echimlarning texnologikligiga, yuqori ish unumdorligiga ega bo‘lgan texnikalardan foydalanishga to‘sqinlik bo‘lmasligiga e’tibo qaratilishi talab etiladi. Loyihalarda qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish va rejalashtirish uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlar (ishlarning hajmlari, materiallar, konstruksiyalar, mashinalar, mehnat rusurslari, transport vositalariga bo‘lgan ehtiyoj to‘g‘risidagi ma’lumotlar) aks ettirilmog‘i taqoza etiladi. Loyihada buyumlar, detallar va konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi korxonalarning manfaatlarini ham hisobga olish lozimdir. Qo‘llaniladigan yig‘ma elementlarning tipli o‘lchamlari va markalari loyihalarda minimal beriladi. Bu esa zavodlarda oqimli liniyalarni o‘zgartirishning oldini oladi. SHunday qilib, loyihalashtirish texnikaviy taraqqiyotning yuksalishi bilan birgalikda rivojlanadi.
Loyihalar katta hajmdagi izlanishlar, grafik va hisoblash materiallariga ega bo‘ladi. Loyihalashtirish jarayonida, ayniqsa yirik va murakkab ob’ektlarni loyihalash bo‘yicha modelli izlanishlar, ko‘p sonli kelishuvlar, ekspertiza olib boriladi va tugallangan texnik hujjatlar tasdiqlanadi.
Bu bosqichlarning barchasi albatta ko‘p mehnat va vaqt talab qiladi, shu sababli loyihalash va ilmiy izlanish ishlari qurilish ishlab chiqarilishi ishlaridan ancha avvalroq olib borilmog‘i kerak. Faqat shunday bo‘lgandagina qurilish dasturining zaruriy va sifatli texnik hujjatlarini o‘z vaqtida ta’minlash mumkin.



Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish