Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi «Qurilish iqtisodiyoti va smeta ishi» fanidan



Download 0,66 Mb.
bet28/134
Sana21.12.2022
Hajmi0,66 Mb.
#893760
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   134
Bog'liq
умк СМЕТА 22 (5)

Nazorat savollari

1. Bozor munosabatlari sharoitida qurilish tarmog‘ining moddiy-texnik


ta’minoti tizimini tushuntirib bering.
2. Qurilish moddiy-texnik resurslari tarkibiga nimalar kiradi.
3. Qurilishni moddiy-texnik resurslar bilan ta’minlashning shakllari va
usullarini aytib bering.
4. Qurilish moddiy-texnika ta’minotida logistikani tashkil etishning
maqsad va vazifalarini gapirib bering.
5. Logistik tizimlar deganda nimani tushunasiz?
6- mavzu. Qurilish fan-texnikaviy taraqqiyoti istiqbollari
va uning iqtisodiy samaradorligi.

Ilmiy-texnika taraqqiyotining qurilishdagi mohiyati, ahamiyati va asosiy yo‘nalishlari.


Qurilishda ilmiy texnik-taraqqiyotini bashoratlash va rejalashtirish.
Ilmiy texnik-taraqqiyotining qurilishdagi samaradorligini iqtisodiy baholash va uning ko‘rsatkichlari.

6.1. Ilmiy texnika taraqqiyotining qurilishdagi mohiyati,
Endi texnika va texnologiya nima degan savolga javob topish kerak.
Texnika – bu eng tor ma’noda mehnat quroli, mehnat vositasi. Keng ma’noda esa u ishlab chiqarish vositalari, texnologiya usullarini, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish shakllarining yig‘insidir. U ishlab chiqarish kuchlarining eng faol elementi hisoblanadi.
Texnologiya (yunoncha “techue“ – san’at, mahorat, uddalash va …logiya) – ishlab chiqarish jarayonida tayyor mahsulot olish uchun ishlatiladigan xomashyo, material yoki yarim fabrikatlarning holati, xossasi va shakllarini o‘zgartirish, ularga ishlov berish, tayyorlash usullari majmuidir.
Fan-texnika taraqqiyoti juda murakkab jarayon bo‘lib, ijtimoiy va shaxsiy hayotning barcha tomonlarini o‘z ichiga qamrab oladi.
Fan va texnikani bir biridan faqat shartli ajratib ko‘rish mumkin. Aslida esa ular yonma-yon turadi. SHu sababli “Fan- texnika“ atamasi ko‘p ishlatiladi.
Fan-texnika taraqqiyotining asosini ilmiy bilimlar tashkil etadi. Ilm va bilim asosida yangi texnika va texnologiya yaratiladi, eskilari esa takomillashadi.
Fan-texnika taraqqiyoti – bu mehnat vositalarini, ishlab chiqarishning eng yangi xomashyosi va materiallarini, yoqilg‘i va energiyaning, texnologik jarayonning, boshqarishning, mehnatni texnik jihatdan qurollantirish va yuqoridagilarning hammasini yangidan yaratishni o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishlovchilarning umumiy ma’lumotini, mahoratini uzluksiz sistematik rivojlantirish va takomillashtirish ham fan-texnika taraqqiyotining mohiyati va ahamiyati bilan chambarchas bog‘liqdir.
Fan-texnika taraqqiyotining vazifasi quyidagilardan iborat:

  • tejamkorlikni amalga oshirish (vaqtni, xomashyo va materiallarni, yoqilg‘i, elektr energiyasi va h.k. larni tejash);

  • ishlab chiqarish jarayonlarini osonlashtirish, mehnatni engillashtirish;

  • mehnatning mazmuni va xarakterini o‘zgartirish;

  • ishlab chiqarishning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini yanada yuqori darajaga ko‘tarish.

Qurilishda ilmiy texnika taraqqiyoti-bu zamonaviy ilmiy texnik yutuqlar va ishlab chiqarish vositalari, texnologik jarayonlar mehnatni tashkil etish va boshqarish usullari asosida ishlab chiqarishni uzluksiz takomillashtirish jarayonidir. Ushbu jarayon mehnat unumdorligini, mahsulot sifatining oshirilishini va maksimal foydaga erishishni ta’minlaydi. Ilmiy texnik taraqqiyot o‘zining rivojlanishida ikkita o‘zaro bog‘liq shakllarda: evolyusion va revolyusion shakllarda namoyon bo‘ladi. Ilmiy texnik taraqqiyotning evolyusion shakli vazifasi an’anaviy texnologiya, jixozlar, material va konstruksiyalarni uzluksiz va doimiy ravishda mukammallashtirishdan iborat. Bunday jarayon ancha muddatgacha davom etishi mumkin va o‘zining birinchi bosqichlarida etarli miqdorda iqtisodiy va ijtimoiy natijalarga erishilishini ta’minlaydi.
Ilmiy texnik taraqqiyotning revolyusion shakli — bu prinsipial yangi, avval qo‘llanilmagan mehnat vositalari va texnologiyani yaratishdir. Ba’zan, ilmiy texnik taraqqiyotning ushbu shaklini ilmiy texnik revolyusiya deb ham ataladi. Afsuski ilmiy texnik taraqqiyotning ushbu shakli evolyusion ilmiy texnik taraqqiyotga nisbatan ohirgi yillarda kam sezilarli darajadadir.
Ilmiy texnik taraqqiyot natijasida mexnat sharoitlarini yaxshilanishi va uning me’yorida saqlanishi, atrof-muxitni himoya qilish, qo‘l mexnati hissani qisqartirish, alohida holatlarda qo‘l mehnatidan umuman foydalanmaslik, qurilishni davomiyligini qisqartirishlarga erishiladi. Ilmiy texnik-taraqqiyot asosida ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish va unumdorligini oshirish imkoniyati yaratiladi.

Ilmiy texnik-taraqqiyotning qurilishdagi asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:



  • qurilish ishlab chiqarishini sanoatlashtirish;

  • qurilishda yangi materiallar va konstruksiyalarni yaratish hamda qo‘llash;

  • qurilish montaj ishlarini mexanizatsiyalash, kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish;

  • progressiv texnologiya va etakchi usullarni qurilish ishlab chiqarishini tashkil qilishda qo‘llash.

Sanoatlashtirish - bu ko‘pgina ishlab chiqarish jarayonlarini qurilish maydonchalarida zavod muhitiga ko‘chirish demakdir. Qurilish ishlab chiqarishini sanoatlashtirishga tipik misol bo‘lib, o‘z vaqtida tashkil qilingan va hozir ham amal qilayotgan uy-qurilish kombinatlari, temur-beton mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi zavodlar qurilish konstruksiyalarini ishlab chiqaradigan kombinatlar hisoblanadi.
Qurilishning sanoatlashtirish ko‘rsatkichlari bo‘lib bajaradigan qurilish montaj ishlari yoki ob’ekt qiymatining umumiy hajmidagi konstruksiya va detallar qiymatining nisbati bo‘yicha aniqlanadigan qurilish ob’ektlarining jamlanganlik darajasi hisoblanadi.
Sanoatlashtirish qurilishni faol ishlab chiqarishga ketadigan mehnat sarfini kamaytirish va qurilish muddatini qisqartirish imkonini beradi. U shuningdek qurilish ishlab chiqarishida texnikaning tutgan ahamiyatini ko‘tarishga va uni nisbatan montaj jarayoniga aylantirishga xizmat qiladi. Sanoatlashtirish uy-joy qurilishi sohasida keng rivojlangan.
YAngi material va konstruksiyalarni yaratish va qo‘llash - bu qurilishdagi ilmiy texnik-taraqqiyotning muhim yo‘nalishidir. Hozirgi qurilayotgan ko‘pgina ob’ekt va qurilmalar avvalgilaridan nafaqat arxitekturaviy-rejali jihatdan, balki ishlatiladigan material va konstruksiyalar bilan xam farq qiladi. Ular qatoriga plastmassa buyumlari, polietilen yog‘ochlari, suvga chidamli faneralar, shishali plastika, keramik buyumlar, issiqlikni izolyasiya qiluvchi akkustik va boshqa materiallarni kiritish mumkin. Alohida qurilish-montaj ishlarida zamonaviy sintetika materiallari, santexnika va elektrotexnika ishlarida tayyor materiallarni yig‘ish va ekspluatatsiya qilishda qulay bo‘lgan materiallar keng qo‘llaniladi. Alyuminiydan qilingan konstruksiyalar va qurilish buyumlari yaxshi ko‘rinish va mustahkamlikka ega bo‘ladi.
Biroq zamonaviy qurilish materiallari va jixozlarini yaratish jarayoni ilmiy ishlab chiqarish izlanishlarini kuchaytirish va ahamiyatini oshirishni talab qiladi. Bunga erishish uchun fan, texnika va ishlab chiqarish o‘rtasidagi rivojlanish o‘zaro bir nuqtada kesishishi kerak. Qurilishga rivojlangan davlatlar tajribasidan keng foydalanish zarur.
Ish va ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash, kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish - bu qurilishda texnik taraqqiyotning muhim yo‘nalishidir. Uni amaliyotga tadbiq etish ishlab chiqarish jarayonida mashina mexanizmlar ahamiyatini kuchaytirish yo‘li bilan amalga oshiriladi va buning natijasida yangi mashina va mexanizmlarni joriy, etish mavjud mashina parklarini modernizatsiyalash, shuningdek qurilish va ta’mirlash ishlarini yaxshilash mumkin bo‘ladi.
Ilmiy texnik-taraqqiyotning ushbu yo‘nalishini asosiy baholovchi ko‘rsatkichlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • Ish mexanizatsiyasi koeffitsienti – qurilish mexanizmlar bilan bajariladigan ish hajmining umumiy bajarilgan ish hajmiga nisbati;

  • mehnatning mexanik qurollanganlik koeffitsienti - qurilish mashinalari bilan bajarilgan ish hajmining umumiy bajarilgan ish hajmiga nisbati;

  • ishning energetik qurollanganlik koeffitsienti — qurilishda ishlatiladigan mashina va mexanizmlar dvigatellarining umumiy quvvatining yillik qurilish montaj ishlari hajmiga nisbati. Ushbu ko‘rsatkich kVt’da o‘lchanadi.

Qurilish ishlab chiqarishini tashkil qilishning rivojlangan texnologiya va usullarini amaliyotga tadbiq etish qurilishini sanoatlashtirish jarayoni bilan chambarchas bog‘liq. Bu davlatimizning shuningdek chet el tajribasidagi yutuqlarga asoslangan bo‘ladi. Uning asosiy maqsadi nafaqat kapital qurilish samaradorligi ko‘rsatkichlarini yaxshilash va ko‘tarish, balki qurilish ishlab chiqarishini sanoatga asoslangan darajasini oshirish, mehnat bir xilligini bartaraf etish hamdir.
Ilmiy texnik-taraqqiyotning qurilishdagi ushbu yo‘nalishining taxminiy aks ettirilishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:

  • qurilish uzluksizligini rivojlantirish;

  • ob’ekt va qurilmalarning atrofdagilardan chegaralash;

  • katta o‘lcham va gabaritdagi metalokonstruksiya, ferma va qoplash jixozlarining dastlabki yig‘ilishi;

  • brigada tartibini rivojlantirish;

  • qurilishning alohida uchastkalarida ishni tashkil etishning vaxta usulidan foydalanish;

  • payvand-chilangarlikning zamonaviy usullaridan foydalanish;

  • ilg‘or texnologiyani joriy etish, ob’ekt va qurilmalarni qurishni “g‘ildirakdan”dan montaj qilish usuli yordamida tashkil etish.

Ilmiy texnologiyani amaliyotga tadbiq etish qurilish ishlab chiqarishini yangi pog‘onada (ishni tashkil etishning industrial usullari talablariga mos ravishda) ko‘tarish imkoniyatini yaratib beradi. Boshqacha qilib aytganda texnologik yangiliklar - mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan mehnat sarfini kamaytirish va qurilish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosi bo‘lib hisoblanadi.

6.2. Qurilishda ilmiy texnik-taraqqiyotni bashoratlash va rejalashtirish
Milliy iqtisodiyot, tarmoq iqtisodiyoti va ishlab chiqarish bo‘g‘inlaridagi iqtisodiyot bo‘lishiga qaramasdan, erishilgan natijalarni baholamasdan va kelgusidagi istiqbollarni belgilab olmasdan o‘z-o‘zidan boshqarilishi mumkin emas. Ularni barchasi ITTni bashoratlashni va xususan rejalashtirishni qurilishni boshqarishning muhim masalalarini samarali xal qilishda o‘z aksini topadi.Bashoratlash - davlat iqtisodiyotining holati yoki uning alohida tarmoqlari, yo‘nalishlari va sohalari xaqida ilmiy tasdiqlangan holda oldindan aytib berish, shuningdek iqtisodiyotning u yoki bu holatiga erishishning muqobil yo‘llari, usullari va muddatlari to‘g‘risida mushohada yuritish demakdir. Boshqaruv jarayoni sifatida bashoratlash iqtisodiyot rivojlanishining istiqbollarini baholash va uning holatini tahlil qilish bilan bog‘liq. Uning ko‘p tarqalgan shakllaridan bashoratlashning rejalashtirish bilan bevosita o‘zaro aloqadorligini ta’minlovchi dastur, masalani qo‘yish usul va uslublar bo‘lib hisoblanadi.
Ilmiy texnik taraqqiyotni rejalashtirish - bu qurilishda fan va texnika rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan joriy masalalarni hal qilishga qaratilgan bashoratlashning tarkibiy bir qismidir. U ilmiy texnik rivojlanishning davlat dasturlari, shuningdek qurilish materiallari sanoatida bevosita faoliyat yuritadigan tashkilot va korxonalar tomonidan olib boriladigan tashkiliy-texnik tadbirlar bilan belgilanadigan masalalar asosida amal oshiriladi.Rejalashtirish jarayonida qurilish ishlab chiqarishining texnik darajasi va iqtisodiy samaradorligini oshirish, qurilishni tashkil etishning eng yaxshi loyiha namunalari, texnik takomillashtirish, ilmiy tadqiqot va loyihalashtirish institutlari, ulardagi olimlar va ratsionalizatorlar tomonidan ishlab chiqilgan texnik innovatsiyalar, ilg‘or qurilish tashkilotlarining tajribalari o‘z aksini topmog‘i lozim.
Qurilish soxasidagi tashkilot va korxonaarning texnik rivojlanish darajasining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
1.Samarali qurilish konstruksiyaliridan va yangi qurilish materiallaridan foydalanish;
2.Qurilish-montaj jarayonlarini mexanizatsiyalash, kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni rivojlantirishning keyingi bosqichiga o‘tish;
3.Qurilish ishlab chiqarishining etakchi texnologiyasini amaliyotga tadbiq etish;
4.Ko‘rgazmali qurilishni tashkil etish.
YAngi texnika va tashkiliy xo‘jalik tadbirlari rejalarini bajarish jarayonida, qurilish sohasidagi yangi kashfiyotlar, ratsionalizatorlik takliflari, shuningdek zamonaviy fan va texnikadagi yutuqlar hisobga olinishi kerak.
Ilmiy texnik-taraqqiyotni rejalashtirishda shuni hisobga olish muhimki turli g‘oya, fikr va yangiliklar paydo bo‘lishi mumkin, ularni amaliyotga qo‘llash esa qurilish sanoatidagi korxona va tashkilotlarning o‘z kuchlari bilan amalga oshiriladi, bular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
Institutlar — birlamchi tadqiqotlarga ixtisoslashgan va fanning ma’lum bir sohasidagi rivojlanish uchun javobgar tashkilot;
Ilmiy tadqiqot institutlari — ikkilamchi tadqiqiy ishlarga ixtisoslashgan va ma’lum bir tarmoqni ishlab chiqarish yoki ilmiy texnik darajasiga javobgar bo‘lgan tashkilot;
Loyihalash, konstruktorlik, texnologik tashkilotlar, texnologik iqtisodiy tadqiqot institutlari — konstruktorlik texnologik loyihalash yoki tashkiliy ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mahsulot samaradorligi, texnologiyasi ishlab chiqarishini tashkil etish va loyihalarga javobgar hisoblanuvchi tarmoqli tashkilotlar. Bu erga u yoki bu institutlarga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar kirmaydi.
Montaj, ishga tushirish va ta’mirlash bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni boshqarish bilan shug‘ullanuvchi tashkiliy texnik institutlar, asosiy ishlanmalarni yaratishga qaratilgan maxsus labaratoriyalar, ularni sinash ishlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga quyidagilar kiradi: yangiliklarni tarqatish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-texnik va boshqa institutlar.
Ushbu tashkilotlarni shuningdek bo‘ysundirilganligi, faoliyat miqyoslari (tarmoqli, tarmoqlararo, tarmoqlar osti, xududiy), ixtisoslik boshqalar bo‘yicha turkumlash mumkin.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy muammo fanning muvafaqiyatli faoliyat yuritishi uchun sharoit yaratish, uni bir me’yoda saqlash, ilmiy-texnik tadqiqotlar samaradorligini oshirish va ilmiy texnik-taraqqiyotning asosiy yo‘nalishlaridagi resurslar jamlanmasini ta’minlash bo‘lib hisoblanadi. Aynan shu maqsadda akademik va ixtisoslashgan ilmiy tadqiqot muassasalarining erkinliklarini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni tanlov-shartnomali tamoyil bo‘yicha tashkil etilishiga, shuningdek ularni ilmiy texnik dasturlar asosida moliyalashtirish tizimiga o‘tish maqsadga muvofiq xisoblanadi. Bunda faoliyat yuritish ob’kti bo‘lib tanlov loyihasi hisoblanadi, sub’ekti bo‘lib esa uni ilgari surgan olimlar guruxi yoki ilmiy tadqiqot institutlari hisoblanadi. Ayni chog‘da tashkilot yoki korxanalar va ilmiy tadqiqot institutlari o‘rtasida o‘zaro aloqalarni o‘rnatish lozim, bu birinchidan ixtiro qilingan «velosiped»ni qayta ixtiro qilishning oldini oladi, ikkinchidan esa fan va texnika rivojlanishiga qaratilgan ilmiy texnik-taraqqiyotning samaradorligini oshirish imkoninisaqlab qolish va aholining real daromadlarini oshirish imkonini berdi1.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, qo‘lga kiritilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlarning asosida iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonining o‘rni ahamiyatli hisoblanadi. SHunga ko‘ra, hozirda modernizatsiya jarayonining nazariy va metodologik asoslarini tadqiq etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Eng avvalo, modernizatsiya atamasining mazmuniga to‘xtaladigan bo‘lsak, odatda uni texnika, texnologiyaga oid tushuncha deb qaraladi. Jumladan, iqtisodiyotga oid aksariyat lug‘atlarda unga quyidagi mazmundagi ta’rif beriladi: «Modernizatsiya – ob’ektni yangilash, yaxshilash, takomillashtirish, uni yangi talablar va me’yorlarga, texnik shartlarga, sifat ko‘rsatkichlariga muvofiqlashtirish. Asosan mashina, asbob-uskunalar, texnologik jarayonlar modernizatsiyalanadi»2. Fikrimizcha, bu modernizatsiyaga tor ma’nodagi yondashuv bo‘lib, bugungi kunda uning keng ma’nodagi mazmuni tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda.
Modernizatsiya – an’anaviy jamiyatning ilg‘or, industrial jihatdan taraqqiy etgan jamiyatga aylanishini ta’minlovchi ijtimoiy-tarixiy jarayon. Modernizatsiyaning keng ma’nodagi mazmunini tushunishda iqtisodchi olim R. Nureev uning neoklassik va keynscha talqinlarini farqlaydi. Jumladan, neoklassiklar tomonidan modernizatsiyaga xususiy mulkchilik va demokratiyani mustahkamlash sifatida yondashilsa, keynschilar tomonidan, eng avvalo, xo‘jalikning asosiy tarmoqlarini qamrab oluvchi tarkibiy o‘zgarishlar sifatida tushuniladi. Dastlabki o‘ringa texnik-iqtisodiy muammolar qo‘yiladi. Xo‘jalikning zamonaviy tarmoqlarining mavjud bo‘lmasligi taraqqiyotning asosiy to‘sqinlik kuchi sifatida qabul qilinadi3.
Bundan ko‘rinadiki, modernizatsiya juda keng tushuncha bo‘lib, bugungi kunda uni jamiyat hayotining turli jabhalarini tubdan o‘zgartirish, yangilash, bu borada taraqqiyotni jahondagi mavjud ilg‘or andozalar tomon yo‘naltirish va takomillashtirish jarayonlarining majmui sifatida ifodalash mumkin.
Bugungi kunda modernizatsiyalash jarayonlari mamlakatimiz hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab olgan. Ayniqsa, mazkur yo‘nalishlar orasida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash muhim o‘rin tutadi .
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari va vositalari

Ишлаб чиқарилаётган маҳсулот ассортиментини кенгайтириш


Эскирган асбоб-ускуналарни фойдаланишдан чиқариш








Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish