Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi «Qurilish iqtisodiyoti va smeta ishi» fanidan


Korxonani boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari



Download 0,66 Mb.
bet21/134
Sana21.12.2022
Hajmi0,66 Mb.
#893760
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   134
Bog'liq
умк СМЕТА 22 (5)

4.4. Korxonani boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish va jamiyatning demokratik tamoyillari kuchayishi, turli korxonalarning - yirik va kichik korxonalarning, shuningdek, xodimlar soni 20 kishigacha bo‘lgan mikrofirmalarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlarni yaratib bermoqda.
Amaliyotdan shu narsa ma’lumki, korxona turi boshqaruv apparatining shakllanishi va tashkiliy tuzilmasiga sezilarli ravishda ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, o‘rta va ayniqsa, kichik korxonalar uchun yirik korxonalarning boshqaruv tuzilmasini ko‘r-ko‘rona ko‘chirib olish maqsadga muvofiq emas. Bu qimmatga tushishi va ko‘p mehnat talab qilishidan tashqari ma’nosiz hamdir. SHu sababli o‘rta va kichik korxonalarning moslashuvchanligi, harakaatchanligi va bozor kon’yunkturasiga ta’siri ularning tashkiliy tuzilmasi soddaroq va optimal tarzdaligi bilan asoslab beriladi. Kichik korxonalarda asosan yirik korxonalarga xos bo‘lgan katta funksional bo‘lim va xizmatlar mavjud bo‘lmaydi.
Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish sharoitlarida aksionerlik korxonalarini (jamiyatlarini) boshqarishga katta qiziqish uyg‘ongan. Bunday korxonalarning jamoalari ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmani boshqarishda ishtirok etadi. YAkka boshqaruv tamoyillariga asoslangan davlat korxonalaridan farqli ravishda aksionerlik korxonalari (jamiyatlari) boshqaruv shakli, usuli va tuzilmasini o‘zlari mustaqil ravishda tanlaydilar, ishlab chiqarish faoliyati siyosati va shtatlarini belgilaydilar.
Aksiyadorlik korxonalari (jamiyatlari)da kuzatuv kengashi, boshqarma va aksionerlarning umumiy yig‘ilishi boshqaruv organi vazifasini bajaradi. Ularning faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Aksionerlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuniga, shuningdek, boshqa huquqiy-normativ hujjatlarga, jumladan, aksiyadorlik jamiyatining ichki tartib va qoidalariga asosan yuritiladi.
Aksiyadorlik korxonasini boshqarishning tashkiliy tuzilmasida ta’sischilar tarkibiga bog‘liq bo‘lgan-ta’sischilar kengashi muhim o‘rin egallaydi. Masalan, ochiq turdagi aksiyadorlik korxonalarida ta’sischining eng kam soni belgilanmagan, yopiq turdagi aksiyadorlik korxonalarida esa ta’sislarning eng kam miqdori uch kishi qilib belgilangan. Bundan tashqari ularning har biri aksiyador bo‘lishi shart.
Ta’sischilar aksiyadorlik korxonalari (jamiyatlari)ning rahbarini tayinlaydilar hamda bu rahbar keyinchalik aksiyadorlar nomidan ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati bo‘yicha barcha xatti-harakatlarni bajaradi va buning uchun javobgar hisoblanadi. Aksiyadorlik korxonalari (jamiyatlari)ni boshqarishda kuzatuvchilar kengashi muhim o‘rin tutadi hamda quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:

  1. korxona faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;

  2. aksiyadorlarning yillik va navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishlarini chaqirish;

  3. aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi kun tartibini tayyorlash;

  4. umumiy yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxatini tuzish;

  5. korxona (jamiyat) Nizomiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish masalasini kiritish;

  6. korxonaninng Nizom jamg‘armasini e’lon qilingan aksiyalar turi va miqdoriga ko‘ra, aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yordamida ko‘paytirish;

  7. obligatsiya va qimmatbaho qog‘ozlarni joylashtirish;

  8. korxona mulkining bozor qiymatini belgilash;

  9. ijroiya organi rahbari (direktor, boshqarma raisi) va a’zolarini tayinlash;

  10. jamiyat nomidan xodimlarni ishga yollash bo‘yicha mehnat shartnomalarini tuzish;

  11. ijroiya organiga to‘lanuvchi mukofot, rag‘batlantirish va kompensatsiyalar hajmini belgilash;

  12. jamiyatning zahira va boshqa jamg‘armalaridan foydalanish;

  13. aksiyadorlik korxonasi(jamiyati)ning sho‘‘ba bo‘limlari va vakolatxonalarini ochish;

  14. jamiyat Nizomida belgilangan, kuzatuv kengashi vakolatlari doirasiga kiritilgan boshqa masalalarni hal qilish.

Kuzatuv kengashi vakolatlari doirasiga kiritilgan vazifalarni echish jamiyatning ijroiya organiga o‘tkazilishi ijroiya organi a’zolari kuzatuv kengashiga saylanishi mumkin emas. Kuzatuv kengashi asosan saylov asosida tuziladi hamda saylov davomida eng ko‘p ovoz olgan shaxs kengash a’zoligiga nomzod hisoblanadi.
Jamiyatning moliyaviy va xo‘jalik faoliyatini nazorat qilishda taftish hay’ati muhim o‘rin egallaydi. Ushbu xay’at a’zolari umumiy yig‘ilish tomonidan aksiyadorlar hamda korxonaning aksiyalarini sotib olmagan boshqa xodimlar orasidan saylanadi. Xay’at boshqaruvning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati nazoratini doimiy ravishda yoki umumiy yig‘ilish, kuzatuv kengashi, korxona aksiyalarining 10% dan ko‘prog‘iga birgalikda egalik qiluvchi bir guruh aksiyadorlarning, shuningdek, o‘z tashabbusi bilan amalga oshirishi mumkin. Taftish hay’atining xulosalari aksiyadorlik korxonasining yillik hisoboti va balansini tasdiqlashda katta ahamiyatga ega.
Ochiq turdagi aksiyadorlik korxonasi(jamiyati)ni boshqarishning namunaviy tuzilmasini 4.7. - chizma ko‘rinishida aks ettirish mumkin.

Bo‘lim va xizmatlar


4.7.-chizma. Aksiyadorlik korxonasini boshqarishning na’munaviy tuzilmasi



Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish