1-sxema.
Keltirilgan chizmalardan ko‘rinib turibdiki, iqtisodiy tovar o‘z ichiga bir vaqtning o‘zida ham ne’matni (chunki iste’- molchiga kerak) ham xarajatni (chunki uni ishlab chiqarish uchun omillar zarur) oladi. Tovarlarning bu xususiyatlari ular- ning foydaliligini, kamyobligi va omil sig‘imdorligi sifatida namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy tovarlarni sotib olayotganda odamlar ular uchun belgilangan summada pul to‘laydilar. Bu summa tovarning narxi deb ataladi.
Iqtisodiy omillar
Resources; Economic resources
Fransuzcha Ressource — yordamchi vosita ma’noni ang- latadi.
Omillar — mavjud texnologiyalar va ijtimoiy iqtisodiy munosabatlar vositasida sotish mumkin bo‘lgan moddiy hamda ma’naviy ne’matlarini olish uchun zarur bo‘lgan manbalar va asoslardir. Omillar uchta asosiy guruhga bo‘linadilar. Bular:
moddiy omillar;
mehnat omillari, shu jumladan, intellektual omillar;
tabiiy omillar.
Moddiy omillar — ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish jara- yonida ishlatish uchun mo‘ljallangan mehnat predmetlari: xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, yarim fabrikatlar, detallar va hokazolarning yig‘indisidir.
Moliyaviy omillar — davlat yoki tijorat tuzilmasi tasarru- fidagi pul mablag‘lari.
Xomashyo (xom, tayyor bo‘lmagan materiallar) – ilgari mehnat ta’sirida bo‘lgan (ularni ma’lum bir holatga yetkazish uchun mehnat sarflangan) va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan mehnat predmetlari. Ular quyidagicha farqlanadi.
birlamchi xomashyo — qazib olingan ruda, paxta xomashyosi va hokazolar;
ikkilamchi xomashyo — yaroqsiz holatga kelgan tayyor mahsulotlar: metall parchalari, makulatura va boshqalar.
Axborot omillari — keng ma’noda — haqqoniy axborotni olish uchun tashkil qilingan ma’lumotlarning yig‘indisi.
Axborot omillari — alohida hujjatlar va hujjatlarning alohida massivlari, axborot tizimlari; kutubxonalar, hujjatgohlar, fond- lar, ma’lumotlar banklari, axborot tizimiy omillarining boshqa turlaridagi hujjatlar va hujjatlar massivlaridir.
Hujjat omillari — axborot omillarining bir turi; alohida huj- jatlar, axborot tizimlaridagi hujjatlar massivlarning yig‘indisi.
Mehnat omillari — mamlakat aholisining jismoniy rivojlan- gan, ishlash uchun zarur bo‘lgan aqliy qobiliyat va bilimlarga ega bo‘lgan qismidir.
Mehnat omillarining miqdori aholining soniga uning qayta ish- lab chiqarish rejimiga, jins, yosh bo‘yicha tartibiga bog‘liq bo‘ladi. Mamlakatning mehnat omillarining asosiy qismini mehnat qilishga qobil yoshdagi aholi, shuningdek, mehnatga qobiliyatli o‘smirlar va pensiya yoshdagi shaxslar tashkil qiladi.
Tabiiy omillar (tabiat omillari) – jamiyat odamlarning mod- diy va ma’naviy talablarini, ehtiyojlarini qondirish uchun foy- dalanadigan tabiiy obyektlari, tabiiy jarayonlar va sharoitlardir.
Tabiiy omillar:
o‘rni to‘ldiriladigan va o‘rni to‘ldirilmaydigan;
yangilanadigan va yangilanmaydigan;
almashtiriladigan va almashtirilmaydigan;
tenglanadigan va tenglanmaydiganlarga bo‘linadi.
Tabiiy omillar o‘z ichiga: foydali qazilmalar, enegriya man- balari, tuproq, suv yo‘llari, suv havzalari, ma’danlar, o‘rmonlar, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar, quruqlik va suv ostidagi hayvonot dunyosi, madaniy o‘simliklar va uy hayvonlarining genofondi, go‘zal va betakror landshaftlari, sog‘lomlashtirish mintaqalari va boshqalarni oladi.
Tugaydigan (yo‘q bo‘lib ketadigan) tabiiy omillar — foy- dalanish barobarida yo‘qolib, qisqarib boradigan omillar. Tabiiy omillarning ko‘plab turlari yangilanadigan va yangilanmaydigan guruhlarga bo‘linuvchi tugaydigan tabiiy omillarga kiradi.
Kamyoblik (tanqislik) – iqtisodiy nazariyada — tovar yoki xizmatga talab uni ishlab chiqarish hajmidan oshib ketgan vaqtda yuzaga keladigan sharoitdir.
Ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan omillardan farqli o‘laroq, inson ehtiyojlari amalda cheklanmagan. Shuning uchun ko‘pgina tovarlar va xizmatlar kamyobligi bilan harakatlanadi.
Bozor iqtisodiyoti kamyob omillarni taqsimlash baholar (narx) lar mexanizmi vositasida amalga oshiriladi.
Rejali iqtisodiyotda tanqis omillarni taqsimlash muammosi- ni davlat o‘z markaziy idoralari timsolida o‘z zimmasiga oladi.
RESURSLAR TURLARI
Ehtiyojlarning cheksizligi bilan resurslarning cheklanganligi o‘rtasidagi nomutanosiblik iqtisodiyotning azaliy muammosidir.
Iqtisodiy resurslar — bu iqtisodiy rivojlanish uchun zarur bo‘lgan moddiy va insoniy omillarning yaxlitligidir.
Iqtisodiy resurslarni uch toifaga bo‘lish mumkin:
Moddiy resurslar. Bularga tabiiy boyliklar, asbob-uskuna, mashina mexanizmi, bino-inshoat va har xil qurilmalar kiradi. Ular ishlab chiqarishning moddiy, buyumlashgan omilini tashkil qiladi
Mehnat resurslari. Bularga mehnatga layoqatli aholi kiradi. Iqtisodiyot uchun resurs sifatida aholining faqat soni emas, balki uning bilimi, ish tajribasi va mehnat mahorati ahamiyatlidir.
Ishbilarmonlik qobiliyati. Bu tadbirkorlarning ishning ko‘zini bilishi, ishlab chiqarish, tijorat, bank ishi va boshqa faoliyatni samarali boshqara olishi, tavakkalchiligi, zarar ko‘rish- dan qo‘rqmasligidir.
Resurslarning so‘nggi ikki turi ishlab chiqarishning shaxsiy insoniy omili hisoblanadi. Resurslar sarfi texnika-texnologiya darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Bu daraja qanchalik yuqori bo‘lsa ehtiyojlarni qondirish shu qadar kam resurs talab qiladi yoki aksincha. Masalan, eski texnologiya sharoitida 10 so‘mlik mah- sulot olish uchun 1 kVt elektr energiya sarf qilinsa, ilg‘or texnologiya sharoitida 0,5 kVt sarflanadi, demak, energo resurs birligi evaziga 2 barobar ko‘p mahsulot olinadi.
Resurslarning kamyobligi umumiy hodisa. Bu ekiladigan yerlarning yer osti va yer usti boyliklarining, mehnatga yaroqli aholi sonining cheklangan bo‘lishi, energiya resurslarining yetishmasligida ifoda etiladi.
EHTIYOJLARNI QONDIRISHNING OPTIMAL DARAJASI
Resurslarni ko‘proq ishlatish hisobidan — ehtiyojlarni qondirish vaqtinchalik, chunki, resurslar tugab boravergani sayin kishilar uni kamroq sarflash yo‘lini qidiradilar, resurslarni tejovchi texnologiya yaratilib, keng qo‘llaniladi. Natijada resurs birligini ishlatishdan olingan mahsulot ko‘payadi. Umuman olganda cheksiz ehtiyojni kamyob resurs bilan ta’minlash uchun 2 narsa amalga oshishi shart:
Ehtiyojlar ko‘p bo‘lganidan ularning hammasini birdaniga qondirish mumkin emas, shu boisdan ularning eng muhimi ajratib olinadi va ishlab chiqarish ularni qondirishga qaratiladi. Masalan, hozir O‘zbekiston uchun neft mahsulotlari va donga bo‘lgan ehtiyoj eng zarur ehtiyojlardan hisoblanadi va resurslar eng avval shularni qondirishga qaratilgan. Shu sababli 2002-yil O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi 6 foiz, sanoat — 2,5 foiz, iste’- mol tovarlar ishlab chiqarish 11,8 foiz ko‘paydi va 5 million 400 ming tonna don yetishtirildi.
Resurslar kamyob bo‘lganidan ishlab chiqarishning eng zarur sohalariga ustivorlik beriladi. Muqobil mahsulotlardan eng maqbuli tanlab olinadi. Bir mahsulot uchun resurs ko‘proq ketsa, tabiiy ravishda boshqasiga kamroq qoladi. Hadisi sharifda aytilganidek «tejamkorlar muhtoj bo‘lmaslar».
Iqtisodiyot fanining eng ahamiyatli, muhim vazifasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |