"Iqtisodiyot tarmoqlar va sohalar" kafedrasi «Industrial iqtisodiyot» fanidan kursish I mavzu



Download 395,62 Kb.
bet11/12
Sana16.12.2022
Hajmi395,62 Kb.
#889127
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Bozor munosabatlari sharoitida samaradorlikning o\'rni va ahamiyati

To’lov qobiliyati koeffisiyenti (Kpl) korxonaning debitorlar bilan o’z vaqtida hisob-kitob qilish hamda tayyor mahsulot va boshqa moddiy vositalarini sotishning qulay sharoitlarda sotish orqali baholanadigan to’liq imkoniyatlarini ko’rsatadi. U quyidagi formula asosida hisoblanadi:

Bu yerda:
A2 – aylanma aktivlar (ishlab chiqarish zahiralari, tayyor mahsulot, pul mablag’lari, debitorlik qarzlari va hokazolar);
P2 – majburiyatlar (qisqa muddatli qarzlar, qisqa muddatli kreditlar, byudjet oldidagi qarzlar, kreditorlik qarzlari va hokazo);
Pdz – muddati o’tib ketgan debitorlik qarzlari;
Dzk – uzoq muddatli qarz va kreditlar.
Xususiy va qarzga olingan mablag’lar nisbati koeffisiyenti (Kss) ularning shakllanish manbalarini inobatga olgan holda, pul mablag’lari bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlaydi. U quyidagi formula asosida hisoblanadi:

Bu yerda:
P1 – xususiy mablag’lar manbalari (Nizom jamg’armasi, qo’shilgan kapital, taqsimlanmagan foyda va hokazo).
Moliyaviy mustaqillik koeffisiyenti (Kfn) korxona moliyaviy mustaqilligining kamayishi (ko’payishi), kelajakda moliyaviy qiyinchilik-larga uchrash xavfining kuchayishi (pasayishi) haqida ma’lumot beradi hamda korxona o’z majburiyatlari oldida javob berishining kafolatlarini belgi-lab beradi. U quyidagi formula asosida hisoblanadi:

Bu yerda:
IB - korxona balansi aktivi yoki passivining yakuni.
Xususiy aylanma mablag’lar bilan ta’minlanganlik koeffi-siyenti (Kos) korxonaning barqaror ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatini yuritish uchun zarur bo’lgan aylanma vositalar mavjudligini tavsiflaydi. Shuningdek u, korxona egalari va kreditorlar manfaatlaridagi munosabat-larni ham aks ettiradi. Mazkur koeffisiyent quyidagi formula asosida hisoblanadi:

Bu yerda:
A1 – uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar, kapital qo’yilmalar, nomoddiy aktivlar va hokazo).
Ko’rsatkichlar tizimini tayyorlagan mualliflar tomonidan korxonaning to’lovga qobiliyatligi yoki nochorligini aniqlovchi parametrlar belgilab berilgan. Masalan, to’lov qobiliyati koeffisiyenti hamda xususiy va qarzga olingan mablag’lar nisbati koeffisiyenti 2 dan kichik bo’lsa (Kpl<2; Kss<2), moliyaviy mustaqillik koeffisiyenti 0,5 dan kichik bo’lsa (Kfn<0,5), xususiy aylanma mablag’lar bilan ta’minlanganlik koeffisiyenti 0,1 dan kichik bo’lsa (Kos<0,1) korxonalar nochor deb topiladi. Korxona nochorligi, demak, xo’jalik faoliyatining samarasizligi to’g’risidagi yakuniy qaror, nochorlik parametrlarining umumiy summasi 4,6 dan kichik bo’lgan holda qabul qilinadi.
Xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirish juda ham murakkab jarayon bo’lib, buning hamma uchun to’g’ri keluvchi yagona yo’li mavjud emas. Har bir korxona bu masalani yechishda o’z imkoniyatlari va yuzaga kelgan iqtisodiy shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda harakat qiladi. Biroq barcha hollarda ham samaradorlikning asosida foydani maksimallash-tirish yoki xarajatlarni minimallashtirish yotadi.
Shartli misol keltirib o’tamiz. Aytaylik, korxonaning 10 mln so’m miqdorida mablag’i bo’lib, bu mablag’larni ishlab chiqarishni kengayti-rishga sarflash mo’ljallangan. Hisob-kitoblar shuni ko’rsatadiki, korxona 10 mln so’m sarf qilganda qo’shimcha 11 mln so’mlik mahsulot ishlab chiqaradi, ya’ni foyda 1 mln so’mni yoki qo’shilgan kapitalning 10 % qismini tashkil qiladi.
Agarda korxona ushba mablag’ni bankka yiliga 12 %li depozit hisobiga qo’yganida, foizlar uchun 1,2 mln so’m foyda olgan bo’lar edi. Demak, muqobil xarajatlarni hisoblaganda korxona 0,2 mln so’m miqdoridagi qo’ldan chiqarib yuborilgan foydani ham hisobga olishi lozim. Biroq ishga bunday yondashishning, bugungi bozor munosabatlari sharoitlarida keng tarqalgan bunday usulida, ya’ni eng ko’p foydaga ega bo’lish tamoyili asosidagi usulda, korxona foydani maksimal darajaga chiqarsada, ishlab chiqarishni kengaytirishga erisha olmaydi. Ishlab chiqarishni kengaytirish esa, barchaga ma’lum bo’lganidek, iqtisodiyotning rivojlanishi uchun eng muhim talablar-dan biri hisoblanadi.
XULOSA
Bozor iqtisodiyoti — tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud boʻlgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyoti ning asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xoʻjalik emas, balki tovar xoʻjaligi hukmron boʻladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega boʻladi, yaʼni ular bozorda oldisotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyoti ga barter emas, balki tovar ayirboshlash, yaʼni oldisotdi yuritish xos. Shu bois natural isteʼmol oʻrniga tovar isteʼmoli ustuvorlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, yaʼni erkinlik, mulkiy erkinlik va xoʻjalik yuritish erkinligiga asoslanadi. Xususiy mulk asosiy boʻlgan holda boshqa mulk shakllari ham mavjud boʻladi. Xilmaxil mulkchilik yoki barcha mulk shakllarining , chunonchi xususiyindividual, xususiy korporativ, jamoa mulklari hamda davlat mulkinknt erkin rivojlanishi natijasida mulkiy muvozanat hosil boʻlib, hech bir mulk shaklining monopoliyasiga yoʻl berilmaydi. Bozor iqtisodiyoti da yakka tartibda, oʻz mulki va mablagʻiga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga koʻtarib ish yuritish usullari mavjud boʻladi. Bozor iqtisodiyoti ning tayanchi tadbirkorlik boʻlib, u tovar va xizmatlarni bozorga yetkazib berish asosida foyda topishga qaratiladi. Tadbirkorlar maxsus toifani tashkil etadi va odatda, iqtisodiy faol aholining 7—10% ni tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti da har bir kishi oʻz manfaatidan kelib chiqqan holda, qoʻlidan kelgan ishni qilib, ishlab topganini oʻzi oladi. Nimani, qancha ishlab chiqarish, uni qayerda va necha puldan sotilishini bozorda talab belgilaydi. Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqgisodiy subʼyektlar alohidalashganidan ular manfaati toʻqnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo boʻladi. Raqobat Bozor iqtisodiyoti ni harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini taʼminlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iktisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy ragʻbatlantirish mexanizmi boʻlib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni koʻplab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni taʼminlaydi. Bozor iqtisodiyoti da pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyoti da boy boʻlish man etilmaydi, aksincha, unga yoʻl ochib beriladi, daromadning yuqori chegarasi boʻlmaydi, ammo uning quyi chegarasini davlat belgilaydi va ishlovchilar mehnatiga beriladigan haq belgilangan eng kam ish haqilan past boʻlishi mumkin emas. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi boʻlmagan, tovarlar moʻlkoʻlligi taʼminlanadigan iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyoti ga xos yana bir belgi — bu daromadlarda adolatli tengsizlikning boʻlishidir.Bozor iqtisodiyoti teng imkoniyatni bildiradi, ammo bu imkoniyatdan foydalanish kishilarda bir xil boʻlmaydi, har bir kishi ishlab topganiga qarab daromad koʻradi. Daromadning tabaqalashuvi boyishga havas uygʻotib, kishilarni iqtisodiy faollikka undaydi.Bozor iqtisodiyoti da pul munosabatlari ustun boʻlsada, pul bilan bogʻliq boʻlmagan insoniy munosabatlar: mehrshafqat va xayrehson munosabatlari ham rivoj topadi. Bozor iqtisodiyoti rivoj topgan mamlakatlarda katta xayriya pul fondlari muhtojlarga yordam berish ga xizmat kidali va puldan pul chiqarib olishni koʻzlamaydi. Bozor iqtisodiyoti doimiy rivojlanib, uning yangi shakllari va modellari paydo boʻladi.

Download 395,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish