Iqtisodiyot nazaryasi



Download 56,2 Kb.
bet5/6
Sana29.03.2022
Hajmi56,2 Kb.
#515615
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi Ilhom

Naqd pulsiz pul aylanishi – banklarda pul mablag‘larini to‘lovchilar va oluvchilarning hisobvaraqlari bo‘yicha yozuvlar yordamida yoki o‘zaro talablarni hisobga olish yo‘li bilan amalga oshiriladigan pul aylanishidir.
Naqdsiz pul aylanmasi quyidagi prinsiplar asosida tashkil etiladi:

  1. Naqdsiz pul aylanmasining me’yoriy huquqiy asoslarining mavjudligi. O‘zbekistonda naqdsiz pul aylanmasining qonunchilik asoslari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

- O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi.
- O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risidagi qonuni.
- O‘zbekiston Respublikasining banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonuni.
2. Naqd pulsiz hisob kitoblarni asosan banklarda ochilgan hisob raqamlar orqali o‘tkazilishi.
Mijozlar hisob raqam ochishda banklarni erkin tanlash huquqiga ega. Barcha naqdsiz to‘lovlar to‘lovchining joriy hisob raqamidagi pul mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Amaliyotda bir tijorat bankining mijozi ikkinchi bir tijorat bankining mijozi foydasiga naqd pulsiz to‘lovni amalga oshiradi. Bir bankdan 2-bankka o‘tayotgan to‘lovlar banklarning Nostro vakillik raqamlari orqali o‘tadi. Banklarning 2 turdagi nostro vakillik hisob raqamlari mavjud:

  1. Vertikal vakillik hisob raqami

  2. Gorizontal vakillik hisob raqami

Odatda har bir tijorat banki milliy valyutada bitta vertikal bitta gorizontal vakillik hisob raqamiga ega bo‘ladi.
Vertikal vakillik hisob raqami Markaziy bankning balansida ochiladi.
Gorizontal vakillik hisob raqami mamlakatning boshqa tijorat bankida ochiladi.
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari milliy valyutada faqat bitta nostro vakillik hisob raqamga ega. Bu hiso raqam O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining balansida ochilgan. Aniqrog‘i Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasidaochilgan.
Jahon banki ekspertlarining bu koeffitsientining eng past normativ darajasini 1.25 qilib belgilangan.

Iqtisodiy kontragentlar o‘rtasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishning asosiy shakllari quyidagilardan iborat:


1) inkasso operatsiyalari vositasidagi hisob-kitoblar;
2) akkreditivlar yordamidagi hisob-kitoblar;
3) bo‘nak to‘lovlari shaklidagi hisob-kitoblar;
4) ochilgan hisobvaraq bo‘yicha amalga oshiriladigan hisob-kitoblar;
5) veksellar va cheklar shaklida amalga oshiriladigan hisob-kitoblar.
To‘lovni amalga oshirish uchun to‘lovchining roziligi bo‘lishi kerak. Ammo qonunchilikda ayrim hollarda to‘lovchidan so‘ramay uning pulidan olib qo‘yishga ruxsat etilgan. Misol uchun soliq inspeksiyasi tomonidan qo‘yilgan Inkasso topshiriqnomalar, sudlarning qarori bilan qo‘yilgan ijro varaqalari to‘lovni to‘lovchining roziligisiz amalga oshiriladi.
To‘lovlarning muddatliligi. Naqdsiz hisob kitoblarni to‘g‘ri amalga oshirilganligi ustida o‘tkaziladigan nazoratning mavjudligi
Naqd pulsiz hisob kitoblarda ishtirok etuvchi tomonlarning mulkiy javobgarligining mavjudligi.
Xalqaro bank amaliyotida naqd pulsiz hisob kitoblarning 4 shaklidan foydalanadi; To‘lov topshiriqnomalari; Cheklar; Hujjatlashtirilgan akkreditivlar; Inkasso.

Mijozlar hisob raqam ochishda banklarni erkin tanlash huquqiga ega. Barcha naqdsiz to‘lovlar to‘lovchining joriy hisob raqamidagi pul mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.


Amaliyotda bir tijorat bankining mijozi ikkinchi bir tijorat bankining mijozi foydasiga naqd pulsiz to‘lovni amalga oshiradi. Bir bankdan 2-bankka o‘tayotgan to‘lovlar banklarning Nostro vakillik raqamlari orqali o‘tadi. Banklarning 2 turdagi nostro vakillik hisob raqamlari mavjud:

  • Vertikal vakillik hisob raqami.

  • Gorizontal vakillik hisob raqami.

Odatda har bir tijorat banki milliy valyutada bitta vertikal bitta gorizontal vakillik hisob raqamiga ega bo‘ladi.
Vertikal vakillik hisob raqami Markaziy bankning balansida ochiladi.
Gorizontal vakillik hisob raqami mamlakatning boshqa tijorat bankida ochiladi.
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari milliy valyutada faqat bitta nostro vakillik hisob raqamga ega. Bu hiso raqam O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining balansida ochilgan. Aniqrog‘i Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasida ochilgan.
To‘lovchining va to‘lovchining bankini likvidli bo‘lishi. To‘lovchining va to‘lovchining bankini likvidli bo‘lishi deganda ularni o‘z majburiyatlarini pul mablag‘lari bilan o‘z vaqtida va to‘liq to‘lay olish qobiliyatiga aytiladi.
Jahon banki ekspertlarining bu koeffitsentining eng past normativ darajasini 1.25 qilib belgilangan.
To‘lovni amalga oshirish uchun to‘lovchining roziligi bo‘lishi kerak. Ammo qonunchilikda ayrim hollarda to‘lovchidan so‘ramay uning pulidan olib qo‘yishga ruxsat etilgan. Misol uchun soliq inspeksiyasi tomonidan qo‘yilgan Inkasso topshiriqnomalar, sudlarning qarori bilan qo‘yilgan ijro varaqalari to‘lovni to‘lovchining roziligisiz amalga oshiriladi.

  • To‘lovlarning muddatliligi

  • Naqdsiz hisob kitoblarni to‘g‘ri amalga oshirilganligi ustida o‘tkaziladigan nazoratning mavjudligi

  • Naqd pulsiz hisob kitoblarda ishtirok etuvchi tomonlarning mulkiy javobgarligining mavjudligi.

  1. Xalqaro bank amaliyotida naqd pulsiz hisob kitoblarning 4 shaklidan foydalanadi: To‘lov topshiriqnomalari; Cheklar; Hujjatlashtirilgan akkreditivlar; Inkasso.

To‘lov topshiriqnomalariga xos bo‘lgan asosiy avzallik bu tovarlarning sifatini nazorat qilishning mumkinligidir. Bu shakl quyidagi kamchiliklarga ega:



  1. To‘lov kafolatlanmagan.

  2. To‘lov topshiriqnomalarida tovarlar summasining ma’lum qismini oldindan to‘lab qo‘yish qo‘llaniladi. Bunda sifatsiz tovarlar etkazib berish va tovarlarni vaqtida etkazib bermaslik riski yuzaga keladi.

Evropa davlatlarida va AQSHda naqd pulsiz hisob kitoblarda tijorat banklarining kafolarlaridan foydalaniladi. Tijorat banki beradigan kafolatning 2 turi mavjud:



  1. Mijozning to‘lov majburiyatlari bo‘yicha beriladigan kafolat.

  2. Etkazib beriladigan tovarlarning sifati bo‘yicha beriladugan bank kafolati.

Taraqqiy etgan mamlakatlarda yuridik shaxslar o‘rtasidagi hisob kitoblarda hisob kitob cheklari keng qo‘llaniladi.

Agar sotib oluvchining joriy hisob raqamida pul mablag‘lari bo‘lmasa chek qaytariladi. CHunki chek summasi taraqqiy etgan davlatlarda depozit qilinmaydi.


Evropa taraqqiyot va tiklash banki eksperti N. Akamatsuning tadqiqotlari ko‘rsatdiki, Evropa va AQSHda cheklar bo‘yicha to‘lovsizlik muammosining mavjud emasligi tijorat banklari kreditlari hisobidan cheklarning to‘lanayotganligi bilan izohlanadi. Hisob kitob cheklarining asosiy kamchiligi to‘lovning kafolatlanmaganligidir. Hisob kitob cheklarining avzalligi – tovarlarning sotilishini tezlashtiradi.
Hujjatlashtirilgan akkreditivning 5 ta asosiy shakli mavjud:
1. CHaqirib olinadigan akkreditivlar – bu akkreditiv uni ochgan bank tomonidan istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin.
2. CHaqirib olinmaydigan akkreditivlar – bu akkreditivlar bekor qilinib bo‘lmaydi
3. Tasdiqlanadigan akkreditivlar - bu akkreditivlar 3-bank tomonidan tasdiqlanadi. Odatda kichik banklar tomonidan katta summaga ochilgan akkreditivlarni yirik banklar tan olmaydi. SHunda ular bu akkreditivni 3-bank tasdiqlashini talab qiladi.
4. Tasdiqlanmaydigan akkreditiv
5. Ta’minlangan akkreditivlar- bu shaklda O‘zbekistonda keng qo‘llaniladi. Bunda akkreditiv summasi mijozning joriy hisob raqamidan olinib, alohida schyotda deponent qilinadi.
Hozirgi vaqtda dunyo amaliyotida chaqirib olinmaydigan akkreditivlar keng qo‘llaniladi.
Pul-to‘lov aylanishi pul aylanishining bir qismi bo‘lib, unda pullar qanday shaklda taqdim etilganidan qat’i nazar to‘lov vositasi sifatida faoliyat yuritadi. Boshqacha aytganda, bunday holda iqtisodiy subyektlar o‘rtasida naqd pullik va naqd pulsiz shaklda ayirboshlash vositasi sifatida amal qiladigan pul mablag‘lari ko‘rib chiqiladi.
Pul mablag‘lari harakatining har biri bo‘yicha muqobil harakat ham amalga oshiriladi. Boshqacha aytganda, pullarning aylanishi ko‘p yo‘nalishli bo‘ladi va xo‘jalik faoliyati subyektlarini qamrab oladi.
To‘lov aylanishi ushbu mamlakatda amal qiladigan to‘lov vositalarining uzluksiz harakat qilish jarayonidir. Boshqacha aytganda, pul aylanishi deganda to‘lov vositalarining shaklidan qat’i nazar bunday barcha vositalarning majmui tushuniladi. Bevosita pul mablag‘larining harakati va cheklar, depozit sertifikatlari va veksellarning ko‘chib yurishi shunga kiradi. Pul aylanishi to‘lov aylanishining bir qismidir.
Pul aylanishi naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi pul belgilarining uzluksiz harakat qilish jarayonidir.
Pul muomalasi pul aylanishining naqd pul mablag‘lari muomalasi, pul belgilarining bir yuridik yoki jismoniy shaxslardan boshqa shaxslarga doimiy tarzda o‘tib yurishi bilan bog‘liq qismidir. Boshqacha aytganda, bu iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi muomalada qatnashadigan bevosita naqd pul massasidir. SHu tufayli pul muomalasini ba’zan naqd pullarning aylanishi deb ham atashadi. Pul-to‘lov aylanishi pul aylanishining bir qismi bo‘lib, unda pullar qanday shaklda taqdim etilganidan qat’i nazar to‘lov vositasi sifatida faoliyat yuritadi. Boshqacha aytganda, bunday holda iqtisodiy subyektlar o‘rtasida naqd pullik va naqd pulsiz shaklda ayirboshlash vositasi sifatida amal qiladigan pul mablag‘lari ko‘rib chiqiladi.


Xulosa
Umuman olganda, odamning hayotidagi pulning asosiy roli shundaki, odam ularning yordami bilan tanlash erkinligini his qila oladi. Bundan tashqari, muayyan odam qancha pulga ega bo'lsa, shunchalik ko'p erkinlik uning hayotida seziladi. Axir, etarlicha katta miqdordagi pulga ega bo'lgan odam har doim tanlovga ega bo'ladi: o'qishga qaerga borish kerak, hayotda nima qilish kerak, dam olish uchun qaerga borish kerak, nima sotib olish kerak, kiyimni qaerdan sotib olish kerak va boshqalar. Ya'ni, pul har qanday odam uchun moliyaviy erkinlikni ochadi. Agar pul bo'lmasa yoki pul etarli bo'lmasa, odam shunchaki tushkunlikka tushadi, chunki u aslida hech qanday tanlovga ega emas. Boy odam, aksincha, hayotda baxtli bo'ladi. Va bu haqiqat. Shunday qilib, pulning hayotdagi o'rni hali ham katta ahamiyatga ega.
Aslida, pul bilan siz ko'plab dolzarb muammolarni hal qilishingiz mumkin: sog'lig'ingizni yaxshilash, uy-joy va transport vositasini sotib olish, farzandlaringizni universitetga o'qishga yuborish va boshqa narsalar. Agar pul bo'lmasa, tabiiyki, muammolar havoda osilib qoladi va bundan tashqari, ular doimiy ravishda qor to'pi kabi o'sib boradi. Endi siz pulsiz biron bir joyga borolmaysiz va hayotning qattiq haqiqati shunday.
Boshqa bir savol, aqlsiz va maqsadsiz odamlar pul uchun va o'z maqsadlariga erishish uchun "boshidan" o'tishga tayyor bo'lganlarida va ular bunga qasd qilmaydilar. Axloqiy mamnuniyat va moliyaviy mustaqillikka erishish uchun siz boshqa odamlarning manfaati va erkinliklariga tajovuz qilmaslik uchun ko'p harakat qilishingiz kerak. Shuni tushunish kerakki, ertami-kechmi yolg'onchi va yaramas odam, hatto uning orqasida millionlab odam bo'lsa ham, baribir jazolanadi. Shuning uchun, hayotda tinchlik va mamnuniyatni topish uchun, bunga faqat munosib yo'llar bilan erishib, muvaffaqiyatga intilish kerak.


Download 56,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish