Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi



Download 34,24 Kb.
bet5/5
Sana07.07.2021
Hajmi34,24 Kb.
#111772
1   2   3   4   5
Bog'liq
Далолатнома 2-секторга

uslubiy vazifasi – iqtisodiyot nazariyasi fanining o’zi, tahlili va uning tamoyillari, olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar boshqa ijtimoiy va tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bo’lib xizmat qiladi;

4) g`oyaviy-tarbiyaviy vazifasi – ushbu vazifa shundan iboratki, uning yordamida talabalar, mutaxassislar va iqtisodiyot ilmi o’rganuvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi, milliy istiqlol g`oyasini talaba yoshlar ongiga singdiradi, ularni millat manfaatlari yo’lida iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy mahsulotni ko’paytirish, milliy pul qadrini oshirish, milliy tovarlarni jahon miqyosida bozorgir bo’lishini ta`minlash, mamlakat aholisining turmush darajasini ko’tarish ruhida tarbiyalaydi. Iqtisodiyot nazariyasi talaba yoshlarga moddiy ne`matlarning inson mehnatining mahsuli ekanligini tushuntirib, ularni mehnat hamda cheklangan resurslarni tejash ruhida tarbiyalaydi.

«Zaminimizda yashayotgan odamlarning munosib va erkin, faravon hayotini ta`minlash, har bir kishi huquq va imkoniyatlaridan to’liq foydalanish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish - jamiyatimizni isloh qilish va yangilash paytida oldimizga qo’yayotgan g`oyat muhim vazifalardandir»1. Bundan tashqari, iqtisodiyot nazariyasi aholini ish bilan ta`minlash, pulning qadrsizlanishi oldini olish, aholini ijtimoiy himoya qilish yo’llarini ko’rsatib berishi lozim. Iqtisodiyot nazariyasi fani makroiqtisodiyot darajasida tahlil qilib, uning sohalari, ko’rsatkichlari, omillari o’rtasidagi bog`lanishlarni, iqtisodiy o’sish yo’llarini aniqlab ko’rsatadi va davlatning ichki va tashqi iqtisodiy siyosatida ilmiy asos bo’lib xizmat qiladi.

Iqtisodiyot nazariyasining maqsadi esa, eng avvalo, ilmiy bilishdan iboratdir. Shundan kelib chiqadiki, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni kuzatish, ulardagi shakl va mazmun o’zgarishlarini, ichki bog`lanish va aloqalarni, ziddiyatlarni, qonun-qoidalarni, tushunchalarni bilib, birinchi navbatda, talabalarga, iqtisodchi mutaxassislarga va iqtisodiyot bilan qiziquvchi boshqa xodimlarga o’rgatishdan iboratdir.

Iqtisodiyot nazariyasining biz qayd qilgan amaliy, nazariy, uslubiy va tarbiyaviy tomonlari bir–biri bilan chambarchas bog`liqdir. Amaliy iqtisodiyot nazariy bilimga ega bo’lishni, u bilan qurollanish zaruriyatini taqozo etadi. Nazariy bilim esa oldindan ko’ra bilish va amaliy harakat yo’lini to’g`ri belgilash imkonini beradi.

Umuman olganda, iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy jarayonlar, voqea va hodisalar sirini bilishda ilmiy qo’llanmadir.



«Pirovard maqsadimiz bo’lgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish borasidagi intilishlarimizda biz uchun ruhiy-ma`naviy kuch quvvat manbai, ilmiy asos - bu milliy g`oya, milliy mafkuradir»2. Shu aqidadan kelib chiqib, iqtisodiyot nazariyasi fani «Kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini o’zgartirish»3 vazifasini ham bajaradiki, bu iqtisodiyotni isloh qilish sohasidagi strategik maqsadlardan biri bo’lib hisoblanadi. Prezidentimiz Islom Karimov ta`kidlab o’tganlaridek: «Jamiyatda hayotga, o’zgarishlarga befarq qaraydigan loqayd kimsalar bo’lmasligi kerak. Bu taraqqiyotimizni orqaga surib yuboradi. Inson buyuk, ezgu orzular bilan yashasin. Uni nafaqat mamlakat, balki jahonda ro’y berayotgan hodisalar qiziqtirsin. Dunyoqarashi, ongi chegaralanib bir qolipda qolmasin. Milliy g`urur, istiqlol mafkurasi g`oyalari unga doim hamroh bo’lsin»1. Bu maqsadga erishish uchun «Iqtisodiyot nazariyasi» fani Prezidentimiz I.A. Karimovning so’zlagan nutq va ma`ruzalarida, asarlarida ko’rsatib berilgan bozor iqtisodiyotiga o’tish davri tamoyillarini, o’tishning o’ziga xos yo’lini, o’zining iqtisodiy qonunlarini, yo’l-yo’riqlarini, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan qarorlar asosida mamlakatimiz oldida turgan iqtisodiy muammolar va vazifalarning chuqur tahlilini, uni echish yo’llarini yoritmog`i, o’tish davri iqtisodiyotining xususiyatlari, ko’p ukladli iqtisodning, turli shakldagi mulkchilikning vujudga kelish yo’llari, usullarini ko’rsatib bermog`i lozim.


Download 34,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish