«Iqtisodiyot nazariyasi»fanidan



Download 62,78 Kb.
bet15/20
Sana27.03.2021
Hajmi62,78 Kb.
#62002
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
kuroginal

2.1.O’zbekistonda turli sohalardagi monopoliyalar bilan bog’liq holat.

Tadqiqotlarimiz ko'rsatishicha, O'zbekistonda bitta yo'lovchini tashish uchun butun mamlakat 18,879 AQSh dollari miqdorida mahsulot ishlab chiqarishi yoki xizmat ko'rsatishi kerak. Bu ko'rsatkich Livan Respublikasida 18,125 AQSh dollarini tashkil etadi.

O'zbekistonda 33 million aholi 18,879 AQSh dollarlik xizmatlarni ishlab chiqarsa, Livanda 18,8125 AQSh dollarlik xizmat ko'rsatish uchun 6 million kishining mehnati ketadi. Demak, O'zbekistondagi AQSh dollari qiymatidagi besh kishining ishini Livanda bir inson bajaradi: 5:1!

Havo transporti mamlakat iqtisodiy rivojlanishining eng katta omili va ko'rsatkichlaridan biridir. Bir tomondan, u rivojlangan mamlakatlarda yoki quruqlik transporti infratuzilmasi yaxshi yo'lga qo'yilmagan, dengiz/okeanga chiqish imkoni bo'lmagan (Markaziy Osiyo mintaqasi, shu jumladan, O'zbekiston) mamlakatlar aholisini boshqa mamlakatlar bilan bog'laydigan taraqqiyot omili hisoblanadi.

Boshqa tomondan, bu rivojlanish ko'rsatkichi hamdir. Chunki uning hajmi iqtisodiy faollik darajasi va aholi farovonligiga bog'liqdir. Iqtisodiyotda tez-tez solishtirib turiladigan havo transportining bu ikki rolini, ya`ni havo transporti orqali yo'lovchi tashish hajmining o'sishi iqtisodiy rivojlanish uchun turtki va iqtisodiy faollik darajasi bir-biriga bog'liq bo'lishini endogen omillar deb hisoblashga qaror qildik. Shuningdek, ushbu ikki endogen omil iqtisodiyotning rivojlanish ko'rsatkichidir.

Ushbu maqolaning maqsadi O'zbekiston aviasiyasida monopolist hisoblangan “O'zbekiston havo yo'llari” aviakompaniyasini qo'shni Qozog'iston, Ozarbayjon va Janubiy Koreya aviakompaniyalari bilan qiyoslab, ayni monopoliyaning birinchi navbatda xalqning farovonligi yo'lida katta to'siq bo'layotgani va shundoq ham past ko'rsatkichlarga ega bo'lgan iqtisodiyotimizga keltirayotgan zararini, qisman bo'lsa-da, ko'rsatib berish, shuningdek, O'zbekiston aviasiyasi liberallashgan taqdirda kutish mumkin bo'lgan ijobiy, ijtimoiy va iqtisodiy o'zgarishlarni sanab o'tishdan iborat.

Bu o'rinda metodologiya samolyot transporti, YaIM va dunyoning turli burchaklaridagi, mintaqadagi va mamlakat miqyosidagi boshqa omillar o'rtasidagi munosabatlarni solishtirishga asoslanadi.

“O'zbekiston havo yo'llari” mustaqillikdan so'ng, 1992 yil mayida sobiq Sovet Ittifoqining “Aeroflot” aviakompaniyasidan mustaqil ravishda parvozlarni yo'lga qo'yganidan beri shu kungacha ko'p narsa o'zgarmadi. Albatta, eng diqqatga sazovor o'zgarish Sovet Ittifoqining “Ilyushin” va “Antonov” samolyotlaridan bosqichma-bosqich voz kechib, zamonaviy “Airbus” va “Boeing” samolyotlaridan foydalanish bo'ldi. Yana eng katta ijobiy o'zgarishlar yaqin ikki yil ichida amalga oshirildi. Ulardan biri 2018 yil yanvarida O'zbekiston hukumatining mamlakatga kam byudjetli aviakompaniyalarni (Lowcoster carriers, LCC) jalb qilishni nazarda tutuvchi qaror qabul qilgani bo'ldi. Shunga ko'ra, Birlashgan Arab Amirliklarining “FlyDubai” aviakompaniyasi Toshkent-Dubay yo'nalishi bo'yicha qatnay boshladi.

Prezident Shavkat Mirziyoev o'tgan yili “O'zbekiston Respublikasi milliy aviasiyasini tubdan takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida”gi farmonni imzoladi. Bundan tashqari, “O'zbekiston havo yo'llari” milliy aviakompaniyasi raisi birinchi o'rinbosari Umid Husanov 2018 yil oxirigacha milliy kam byudjetli aviakompaniyani tashkil etish bo'yicha ishlar yakuniga etishini ma`lum qildi. Mana, 2019 yil mayi ham keldi. Lekin kam byudjetli yangi aviakompaniya tashkil etish u yoqda tursin, bu yo'nalishda qanday ishlar qilinayotgani haqida ham hech qanday rasmiy xabar berilmayapti. Eng yomoni, “O'zbekiston havo yo'llari”ning mutlaq monopoliyasi 27 yildan buyon davom etib kelmoqda.

Milliy aviakompaniyamizning xizmat ko'rsatish darajasini bilish qiyin emas. Buyuk Britaniyaning barcha mamlakatlar aviakompaniyalari va aeroportlarining xizmat ko'rsatish sifatini baholaydigan “Skytrax” vebsayti “O'zbekiston havo yo'llari”ning yo'lovchilarga xizmat ko'rsatish darajasini ham tahlil qilib boradi. Afsuski, ko'pchilik chet ellik yo'lovchilarning aviakompaniyamiz haqidagi fikrlari o'ta salbiy va bu uning hozirgi holatiga mosdir.

Xo'sh, nega biz aviasiya sohasini liberallashtirishda imillayapmiz? Nega haligacha tashqi raqobatdan qo'rqamiz? Vaholanki, O'zbekistonda aviasiya monopoliyasiga chek qo'yilsa, talay ijobiy natijalarga ham erishish mumkin. Shulardan to'rttasini sanab o'tmoqchimiz.


Download 62,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish