Iqtisodiyot nazariyasi fani shakllanishi jarayonida bir qancha g`oyaviy oqimlar, maktablar vujudga kelgan. Bunday iqtisodiy oqimlardan dastlabkisi merkantilizm deb atalgan. Merkantilizm (fransuzcha: mercantilisme, Italyancha: mercante — savdogar) Bu oqim tarafdorlari odamlarning, jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat, boylik savdoda, asosan tashqi savdoda - muomala jarayonida paydo bo’ladi, ko’payadi, savdoda band bo’lgan mehnat unumli mehnat, boshqa mehnatlar esa unumsizdir, deb tushuntirib keldilar. Uning asosiy nazariyotchilari — T. Men (Angliya), A. Serra (Italiya), A. Monkretyen (Fransiya) faol savdoni targʻib qildi, yaʼni mamlakatdan tayyor sanoat mahsulotlarini boshqa joylarga olib borib sotish, bir mamlakatdan arzon bahoda tovar sotib olib, boshqa davlatga qimmat narxda sotish tamoyilini ilgari surdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |