Marjinalizm
Iqtisodiyot nazariyasi predmetining yangicha talqini xo’jalik yuritishning bozor tizimi to’g`risidagi marjinalizm deb atalgan butun bir ta`limotga olib keldi. Marjinalizm fransuz tilidagi “marjina” so’zidan olingan bo’lib, “eng yuqorililik”, “chegaraviylik” degan ma’nolarni anglatadi. Uning asoschilari Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondalari Karl Menger, Fridrix fon Vizer, Bem-Baverk kabi iqtisodchilar bo’lib, ular tomonidan qo’shilgan tovar nafliligining, qo’shilgan mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borish qonuni degan nazariyalar ishlab chiqildi. Marjinalizm nazariyasi aniq olingan tovarga bo’lgan talab va uning narxi o’rtasidagi bog`liqlik va o’zaro ta`sirini tahlil qilishda keng qo’llanildi
Do'stlaringiz bilan baham: |