Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mazmun va mohiyati
XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYANING MAZMUN VA MOHIYATI BAJARILDI: 210-
GURUH TALABASI Abdunazarova muniraFan oqituvchisi: sattarova b.shReja:
1) Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mazmun va mohiyati;2)iqtisodiy
integratsiyaning nazariy qarashlar tahlili;
3) ) Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning jahon xojaligi va xalqaro iqtisodiy
munosabatlarda tutgan orni;
4) ) Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning jahon markazlari- garbiy yevropa, shimoliy
amerika, osiyo- tinch okeani mintaqasi;
5) Xulosa
1)Xalqaro iqtisodiy integratsiya(x.i.t.)- bu milliy xojaliklar (davlatlar) ortasida kop
tomonlama ozaro barqaror aloqalarning rivojlanishi va mehnat taqsimoti negizida
yuzaga kelgan mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, va madaniy jihatdan
birlashuvi.
Makro int.jarayonlar
Mikro int. jarayonlarIshlab chiqarishni kopaytirish bn bozorlarni kengaytirish,
transaksion xarajatlarni kamytirish va bq.
Qulay tashqi iqtisodiy va siyosiy muhitni yaratish;
Savdo siyosatidagi vazifalarni hal qilish
Iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurishga komaklashish;
Mintaqaviy raqobat ustunligini shakllantirish;
Hozirgi davrda kopgina integratsion birlashmalar oz oldiga quyidagi maqsadlarni
qoyadilar…Integratsiya - jahon mamlakatlari o’rtasida yangi tovarlar oqimini
shakllantirish orqali "resurslar cheklanganligi" muammosini bartaraf etish yo’li.
…
Bu orqali jahon mamlakatlarida nisbatan serxarajat tovarlar ishlab chiqarishga
chek qo’yilib, texnologik ayirboshlashni kengaytirish imkoniyatini beradi, ya’ni,
ITTKIga xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.
Integratsiya - bu ishlab chiqarishni barqaror o’sishi, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
barqarorlik kabi maqsadlarga yengilroq va tezroq erishish imkoniyatini beradi.
Integratsiya - bu hududiy miqyosda sifat jihatdan yangi iqtisodiy muhitni yaratish
yo’li orqali milliy xo’jalik komplekslarining o’zaro yaqinlashishi va bir-biriga kirib
borishi jarayonidir.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya– bu turli mamlakatlar iqtisodiy aloqalarining
barqarorlashib, chuqurlashib rivojlanishi, ular xo’jaliklarining chambarchas
birlashish jarayonlaridir.
Makro miqyosdagi integratsionjarayonlar davlatlararo darajada integratsiya
davlatlar iqtisodiy birlashmalarining shakllanishi hamda iqtisodiy siyosatlarning
kelishuvi asosida amalga oshadi.
Mikro miqyosdagi integratsionjarayonlar bir-biriga hududiy jihatdan yaqin
joylashgan mamlakatlarning xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning kapitallarini o’zaro
ta’sir doirasi orqali amalga oshiriladi. Ya’ni, ushbu davlatlar o’rtasida integratsion
jarayonlar iqtisodiy bitimlar tizimining shakllanishi, kichik shahobchalar, sho’’ba
korxonalar tashkil etilishi orqali yuz beradi. Tashkil topgan korxona va firmalar
o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy aloqalarning tez rivojlanishi tovar almashuvini, xizmat
sohalarini, kapital va ishchi kuchining mamlakatlararo erkin harakatini
ta’minlashga, ijtimoiy – iqtisodiy va ilmiy-texnologik, tashqi iqtisodiy va mudofaa,
moliyaviy va valyuta sohasida yagona siyosatni o’tkazish zaruriyati tug’iladi.
Yagona valyuta va moliyaviy fondlar, infratuzilmalar va umumiy davlatlararo
boshqaruv organlariga ega bo’lgan iqtisodiy majmualar yaratiladi.mmmmm
Erkin savdo hududlari
Bojxona ittifoqi
Umumiy bozor
Iqtisodiy ittifoq
Iqtisod va valyuta ittifoqi
1.2 Iqtisodiy integratsiyaning nazariy qarashlar tahlili
Erkin savdoni rivojiga qaratilgan paradigm doirasidagi quyidagi hududiy iqtisodiy
integratsiyani organish maqsadga muvofiq
Yan TimbergenU birinchi bolib salbiy va ijobiy integ-ratsiya ora-sidagi farqni
korsatib berdi
B.Balassa
U integratsiya-ning dinamik samara-larini va ularning integratsiyalashuvchi
mamlakatlar y.i.mning osi-shiga tasirni tizimlash-tirishga harakat qildi
X.Jonson
Iqtisodiy in-tegratsiyaga bagishlangan ish yozgan bb, unda ke-ynscha motivlar
kozga tash-lanadi.
Iqtisodiy integratsion jarayonlar asosidagi omillar:
Xo’jalik hayotining
baynalminal-
lashuvi
Mehnat taqsimotining
chuqurlashuvi
Ilmiy texnika
inqilobi
Iqtisodiyotda
ochiqlikning
kuchayishi
Jahon iqtisodiyotida xo’jalik hayotining barqaror rivojlanishi, takror ishlab
chiqarishning milliy xo’jaliklar doirasidan chetga chiqish jarayonini aks ettiradi
(eng avvalo, xalqaro mehnat taqsimoti asosida). Jahon xo’jaligi
baynalminallashuvining o’sishi va rivojlanishida TMKlarning ta’sir doirasi kattadir.
Jahon xo’jaligida xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanish jarayonlarini ikkinchi
omili - xalqaro mehnat taqsimoti tuzilmasidagi chuqur o’zgarishlardir .
ITI tashqi iqtisodiy aloqalarning ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi rolini oshishini
ta’minlovchi muhim omildir. Xullas, ITIning rivojlanishi u yoki bu mamlakatda
alohida bir ajralgan holda to’laqonli rivojlanib bora olmaydi.
Turli mamlakatlarga tegishli firmalarning kooperatsiyalashuvi natijasida ishlab
chiqarish va investitsiyalar sohasida yirik xalqaro muammolar kelib chiqmoqda.
Milliy davlatlarda ochiq iqtisodiyotning shakllanishida eksportga yo’naltirilgan
ishlab chiqarishini rag’batlantirish ishlari bo’yicha olib borilayotgan tashqi
iqtisodiy strategiyasi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari:
1. Erkin savdo hududi uning doirasida qatnashuvchi mamlakatlar o’zaro savdo
to’siqlarini bekor qiladilar, lekin ularning har ikkalasi uchinchi mamlakatlarga
nisbatan savdo to’siqlarini buzmaydi. Bunday hududda qatnashuvchi mamlakatlar
chegaralaridagi bojxona nazorati saqlab qolinishi kerak. Uning maqsadi - qo’shni
qatnashchi mamlakatlarning sustroq bojxona to’sig’i orqali uchinchi
mamlakatlardan hududga kirib keluvchi import mollar uchun soliq undirish yoki
uni ta’kiklashdan iborat2. Bojxonalar ittifoqi.Bunda qatnashchi mamlakatlar o’zaro
savdoda barcha cheklanishlarni bartaraf etibgina qolmay, tashqi savdo
to’siqlarining yagona tizimini ta’sis etadilar. Bu bilan ichki chegaralarda bojxona
xizmatini saqlash zaruriyatini soqit qiladilar. Evropa ittifoqi (EI) bojxona ittifoqiga
misoldir. Evropa ittifoqiga 1958 yilda asos solingan bo’lib, 1993 yilga kelib u
g’arbiy evropadagi 12 mamlakatni birlashtirdi. Bu uyushmaninig asosiy vazifasi
ishtirokchi mamlakatlar doirasida resurslar, tovarlar va xizmatlar xarakatini milliy
chegaradan xoli ravishda erkin ko’chib yurishini ta’minlash, umummiy bozorni
vujudga keltirish, bozor vositasida tovarlarni davlatlararo taqsimlab, aholi talab-
ehtiyojini qondirishdir. 3. Umumiy bozor.Uning doirasidagi qatnashchilar
savdodan tashqari ishlab chiqarish omillarining barchasini bemalol ko’chirish
(ishchi kuchi va sarmoya migratsiyasi) erkinligiga ham ega bo’ldilar. Bunga yana
o’sha evropa iqtisodiy ittifoqi yoki evropa umumiy bozori misol bo’la oladi. Uning
hozirgi rasmiy nomi - evropa ittifoqidir. 4. To’la iqtisodiy ittifoq.Bunda qatnashchi
mamlakatlar o’z iqtisodiy siyosatlarini, shu jumladan, pul, soliq va ijtimoiy
siyosatni, shuningdek, savdoga hamda ishchi kuchi va sarmoya oqimiga taalluqli
siyosatni bir xillashtiradi
Jahon iqtisodiyotida X.I.I. oz mazmun va mohiyati bn :
1)Jahon mamlakatlarida roy berayotganchuqur xojalik va ijtimoiy-siyosiy, madaniy
birlashuv sohasidagi jarayonlarni borishini;2)Mustahkam iqtisodiy ozaro
aloqadorlikni;3)Milliy xojaliklardagi mehnat taqsimotini;
4) Ishlab chiqarishda turli daraja va shaklda roy berayotgan ozaro iqtisodiy
hamkorlikni aks ettiradi.
1,3) Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning jahon xojaligi va xalqaro iqtisodiy
munosabatlarda tutgan orni;Dunyo mamlakatlarida 9ta yirik savdo va siyosiy
tashkilotlar mavjud boli, ular quyidagilar:
O‘zbekistonning mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari bilan hamkorligi
1991 yil 8 dekabrda Minskda uch slavyan respublikasi - Rossiya, Ukraina, Belorus
rahbarlari - B .Eltsin, L. Kravchuq, S. Shushkevichlarning uchrashuvi bo‘ldi. O‘sha
kuni Belovejskoe Pushcheda uch davlat boshliqlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi
(MDH)ni tuzish to‘g‘risida Shartnoma imzoladilar. Shartnomada SSSRning
mavjudligi va SSSR Konstitutsiyasi to‘xtatiladi, deb e’lon qilindi.
Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston Prezidentlari
1991 yil 13 dekabrda Ashgabadda uchrashdilar va Minskda imzolangan MDH
xaqidagi Shartnoma munosabati bilan vujudga kelgan ahvolni muhokama qildilar.
Markaziy osiyo iqtisodiy hamjamiyati davlatlari o‘rtasida qardoshlarcha aloqalar.
O‘zbekiston tashqi siyosatining ta’sirli yunalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi
yangi mustaqil davlatlar - Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan
hamkorlik, do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan. Mintaqadagi beshta
davlat o‘rtasida o‘xshash jihatlar ko‘p. Tariximiz, madaniyatimiz, tilimiz,
dilimizning birligi, tomirlarimizning tutashib ketganligi bu mamlakat xalqlarini bir-
biriga yanada yaqinlashtirishning zaminidir.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki
kunlardanoq jahon hamjamiyatiga qo‘shilish xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik
qilish yo‘lini tanladi va og‘ishmay shu yo‘ldan bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi
o‘zining xohish irodasi va taklifiga ko‘ra 1992 yil 2 martda jahondagi eng nufuzli
xalqaro tashkilot Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Mamlakatimiz
jahon hamjamiyatining to‘la teng huquqli a’zosi bo‘ldi.
Mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993
yilda bo‘lgan 48-sessiyasida ishtirok etishi va unda 27 sentyabrda qilgan ma’ruzasi
O‘zbekistonni jahonga Ko‘hna va yosh navqiron davlat sifatida namoyon etdi.
O‘zbekiston Respublikasi nomidan Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va
hamkorlik masalalari bo‘yicha BMTning Toshkentda doimiy ishlovchi seminarini
chaqirish, narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, Orol muammosini hal etish
va boshqa masalalar bo‘yicha bir qator takliflarni o‘rtaga qo‘ydi.
1993 yil fevralda Toshkentda BMTning vakolatxonasi ochildi va u ish boshladi.
1994 yil oktyabrning boshlarida BMT vakolatxonasining yordami va ishtirokida
Toshkentda bo‘lgan jahon sayyohlik tashkilotining "Ipak yo‘li" xalqaro yig‘ilishi
jahon sayyohlik va tijorat ishlarida O‘zbekistonning mavqeini yanada ko‘tardi.
1994 yil dekabrda respublikamizda YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi milliy komissiyasi tashkil etildi, u idoralararo organ bo‘lib, tarkibiga
ta’lim, fan, madaniyat va axborot soxasidagi vazirliklar va idoralardan 49 kishi a’zo
bo‘ldi. YuNESKO Markaziy Osiyo taraqqiyotini o‘rganish, tiklash va
ommalashtirishga katta ahamiyat bermoqda. "Ipak yo‘li - muloqot yo‘li" deb
nomlangan yirik tadqiqotda Markaziy Osiyoga birinchi darajali ahamiyat berildi.
YuNESKO qaroriga binoan Samarqandda Markaziy Osiyoni tadqiq qilish xalqaro
instituti tashkil etildi. YuNESKO Bosh direktori Federiko Mayorning
O‘zbekistondagi rasmiy tashrifi chog‘ida institut tantanali ravishda ochildi
1996-yil Ozbekiston Prezidenti ham YUNESKO qarorgohiga rasmiy tashrif bilan
bordi. Bu tashrif chog‘ida I.A.Karimov YUNESKO ijroiya kengashining 149-
sessiyasida nutq sozladi. YUNESKOning Bosh direktori va Fransiya Prezidenti
ishtirokida YUNESKO qarorgoxida “Temuriylar davrida fan, madaniyat va
ma’rifatning gullab-yashnashi “ korgazmasini ochdi.
Ozbekistonning tashqi siyosatida mintaqalararo havfsizlikni ta’minlashda xalqaro
tashkilotlar faoliyatidan, ularning dasturlaridan ham keng foydalanishi istiqbolli
natijalarni korsatdi. Ko‘pgina mintaqaviy tashkilotlar, chunonchi, NATO, EKO,
Islom konfrensiyasi, Qo‘shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali
hamkorliklar yolga qoyildi. 1994-yil iyul oyida Ozbekiston NATOning “Tinchlik
yolidagi hamkorlik” Dasturiga qoshildi.
Ozbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi masalasiga ham toxtab otmoq
joiz. Mazkur ittifoq bilan hamkorlik uchun tuziladigan bitim boyicha ishlar
respublikada 1995-yildan boshlangan bolib, bu muzokaralar 1996-yilga qadar
davom etdi.
Bu muzokaralarning natijasi olaroq Ozbekiston bilan Yevropa Ittifoqi ortasidagi
bitim 1996-yil 21-22 iyun kunlari Italiyaning Florensiya shahrida YI davlatlari
rahbarlarining yig‘ilishida Ozbekiston Prezidenti I.A.Karimov tomonidan imzolandi.
Florensiyaning “Fortezza de basso” qal’asida
Yevropa Ittifoqiga kiruvchi davlatlar va hukumat boshliqlarining navbatdagi
uchrashuv - sammitida imzolangan sheriklik va hamkorlik tog‘risidagi bu hujjat
Ozbekistonning jahon hamjamiyatiga dadil kirib borishida oz orni va ovoziga ega
bolishida katta ahamiyat kasb etdi.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi dunyo mamlakatlari bilan ko‘p tomonlama
aloqalar o‘rnatish bilan bir vaqtda taraqqiy etgan davlatlar va qo‘shni mamlakatlar
bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishda davom etmoqda.
Oʻzbekiston xalqaro jarayonlarga tobora faolroq kirib bormoqda, global va
mintaqaviy kun tartibini shakllantirishda dadil qatnashib, oʻz salohiyatidan jahon
hamjamiyatining koʻp tomonlama tuzilmasi doirasida maqsadli foydalanishga
kirishdi. Shunday yondashuv tufayli Oʻzbekistonning obroʻsi va nufuzi ortib
bormoqda”.
Ushbu iqtibos “Political Events” haftalik tahliliy jurnali bosh muharriri Muhammad
Ismoil Xonga tegishli boʻlib, Oʻzbekiston rahbarining Birlashgan Millatlar Tashkiloti
(BMT) Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqi yuzasidan aytilgan va
mamlakatimizning keyingi toʻrt yil ichida jahon hamjamiyatida egallagan mavqeini
roʻyirost koʻrsatib turibdi. Hindistonlik hamkasbimizning soʻzlaridan anglashiladiki,
bugun turli davlatlar rahbarlari hamda ekspertlar jamiyatining diqqat-eʼtibori
Prezident Shavkat Mirziyoyevning puxta oʻylangan tashqi siyosati, asosli
tashabbuslari va izchil islohotlari tufayli bizning mamlakatimizga qaratilgan.
Tabriklash uchun asos bor
Qatʼiy reglament bilan belgilangan chorak soat ichida nafaqat Oʻzbekistonni
siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan modernizatsiya qilishning ustuvor vazifalari,
balki mintaqaviy hamda global miqyosdagi dolzarb masalalarni ham qamrab olish
nihoyatda qiyin vazifa. U shunday bajarildiki, Bosh Assambleya sessiyasining -
siyosiy bahs-munozarasini kuzatib borayotganlar orasida birinchi boʻlib
Parlamentlararo Ittifoqning bosh kotibi Martin Chungong samimiy fikr bildirdi:
— Men Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Barqaror taraqqiyot
maqsadlariga erishish va inson huquqlarini taʼminlashda parlamentlar rolini
oshirish toʻgʻrisidagi BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul
qilish toʻgʻrisidagi taklifi bilan tabriklayman, — dedi u.
Oʻzbekiston yetakchisining videomurojaatiga alohida qiziqish bildirgan “Marmara
Grubu” strategik va ijtimoiy tadqiqotlar jamgʻarmasi prezidenti doktor Akkan
Suver buni mamlakatimizning Markaziy Osiyodagi hal qiluvchi roli bilangina emas,
balki demografik, iqtisodiy va umuman, geostrategik jihatdan tobora ortayotgan
nufuzi bilan ham izohladi.
Turkiyalik ekspertning fikricha, bunda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan -
taklif etilgan “Yangi Oʻzbekiston”ni shakllantirish va mamlakatda uchinchi
Renessansning boshlanishi haqidagi umummilliy shiorda prinsipial jihatdan -
yangicha mazmunga ega gʻoyalarning ilgari surilayotgani va roʻyobga chiqarilishi
koʻzda tutilayotgani muhim ahamiyat kasb etadi. Shu tufayli Oʻzbekiston xalqaro
munosabatlarning alohida ishtirokchisiga, ham mamlakat ichida, ham tashqarisida
yangidan-yangi gʻoya va tashabbuslarni koʻtarib chiquvchi, islohotlar hamda tom
maʼnodagi yangilanishlarga undaydigan quvvat va shijoat baxsh etuvchi bir
manbaga aylanib bormoqda.
Davlatimiz rahbarining nutqi oʻzbek tilida gaplashadigan 50 milliondan ziyod
kishilarning qalbida faxr uygʻotgani, shubhasiz. Mamlakatimiz va undan tashqarida
yashovchi bu insonlar birinchi marta shunday yuksak minbardan ulugʻ Alisher
Navoiy tilida yangragan soʻzlardan qalblari junbushga keldi. Va bu ramziy maʼnoga
ega boʻldi. Goʻyoki, ilm-fan va ijod gullab-yashnagan oʻsha Navoiy zamoni bilan
ayni vaqtdagi uchinchi Uygʻonish davri oʻrtasida misoli bir koʻprik solindi.
BMTning yubiley sessiyasi muvaffaqiyatiga yangicha onlayn-format ham xalaqit
bera olmadi. Oʻta muhim siyosiy tadbir ham epidemiologlarning talabiga
boʻysunishga majbur boʻldi, shu bois u virtual forum tarzida oʻtkazildi. Bevosita
minbarda turib gapiruvchi notiqlarda, albatta, imkoniyat katta. Ular tinglovchini
nafaqat nutq mazmuni bilan, balki joʻshqinlik yordamida ham oʻziga jalb qila
olishadi. Videomurojaatda imkoniyat ancha cheklangan. Shunday boʻlsa-da, gʻoya
va yangicha fikr ustuvor hisoblanuvchi hozirgi davrimizda tahlilchilarning butun
diqqat-eʼtibori nutqlarning jimjimador va balandparvoz tashqi bezagiga emas,
balki aynan mohiyatiga qaratilmoqda.
Oʻzbekiston yetakchisining chiqishidan ham ekspertlar kerakli mazmunni ilgʻab
olishdi. Qator xorijiy telegram-kanallarning siyosatshunos va sharhlovchilari, hatto
barcha narsani tanqid qilishga oʻrganib qolgan oʻta shubhagoʻy olimlar ham, Bosh
Assambleya 75-sessiyasidagi muzokaralarning ikkinchi kuniga yakun yasar ekanlar,
Oʻzbekiston Prezidenti oʻz nutqi bilan OAV hamda kuzatuvchilarning eʼtiborini jalb
qila olganini taʼkidlashdi.
Mualliflar yozishicha, Shavkat Mirziyoyev mamlakatni uch yildan ortiqroq vaqt
mobaynida boshqarib, unga dunyodagi eng yirik korporatsiya va iqtisodiyotlarning
eʼtiborini qarata oldi. Shuning uchun ham Oʻzbekiston keyingi yillarda jahon
hamjamiyatining muhim qismi sifatida oʻzining COVID-19ga qarshi kurashdagi
yutuqlari, pandemiyadan soʻng iqtisodiyotni tiklash boʻyicha saʼy-harakatlari
haqida butun dunyoga gapira oladi. Mamlakatimizda soʻz erkinligini taʼminlashda
oʻzgarish boʻldi, inson huquqlari sohasidagi holat ham butunlay oʻzgardi.
Umuman, Oʻzbekiston demokratlashtirish yoʻlidan bormoqda. Nutqda alohida
eʼtibor mintaqaviy siyosatga ajratildi, bu esa davlatimizning mintaqada yetakchi
ekanidan dalolat.
Shavkat Mirziyoyev Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish va bu mamlakatni urushdan
keyin tiklash ishlarida Oʻzbekiston faol ishtirok etayotgani haqida ham toʻxtaldi.
Oʻzbekiston rahbari, Doha shahrida afgʻon siyosiy kuchlari oʻrtasida boshlangan
tinchlik muzokaralarini toʻla qoʻllab-quvvatlagan holda, Birlashgan Millatlar
Tashkiloti huzurida afgʻon xalqining dardu tashvishini tinglaydigan, doimiy faoliyat
koʻrsatadigan qoʻmita tashkil etish lozimligi toʻgʻrisida taklif kiritdi. Bu boʻyicha
tahlilchilarning xulosasi esa aniq: ana shunday qadamlar tufayli mintaqa
yetakchilari maydonga chiqadi va ular Osiyoning eng yirik davlatlari bilan
tenglashishga qodir boʻladi.
“Beshinchi otliq”qa qarshi kurash
Keyingi bir necha oyda butun dunyo yana bir ulkan xatar va muammoga duch
keldi. Joriy yil yanvarida BMT Bosh kotibi insoniyat kelajagini xavf ostiga qoʻyuvchi
“toʻrtta otliq” haqida gapirgan edi. Ular — global geostrategik taranglikning
oʻsishi, iqlim oʻzgarishi, xalqaro maydonda ishonchning inqirozga yuz tutishi va
raqamli texnologiyalar joriy etilishidagi salbiy oqibatlar. Endi maʼlum boʻlishicha,
panada “beshinchi otliq” ham yashirinib turgan ekan — bu esa, COVID-19
pandemiyasi boʻlib chiqdi.
— Biz bugun bir vaqtning oʻzida ham sogʻliqni saqlash sohasidagi misli koʻrilmagan
inqiroz, ham eng yirik iqtisodiy inqiroz, ham Buyuk depressiya davridan keyingi
eng katta miqyosli ish oʻrinlarining yoʻqotilishi va ustiga-ustak, inson huquqlari
uchun yangi xatarlar bilan toʻqnash kelib turibmiz, — degan edi oʻshanda Antoniu
Guterrish.
Pandemiya dunyoning zaifligini, tengsizlik tobora oʻsib borayotganini koʻrsatib
qoʻydi. Bosh kotib 30 yil ichida birinchi marta kambagʻallikda yashayotgan
odamlar soni koʻpayib borayotgani, inson salohiyatining rivoji koʻrsatkichlari ham
pasayayotganidan tashvishda.
Bu muammolar Oʻzbekistonni ham chetlab oʻtmadi, lekin ularga qarshi tub
oʻzgarish va islohotlar amalga oshirilib, manzilli choralar qoʻllanilmoqda. Prezident
Shavkat Mirziyoyev nutqida qayd etilishicha, biz birinchi marta kambagʻallikni
kamaytirish haqidagi qatʼiy qarorimizni ochiq eʼlon qildik. Bunga tadbirkorlikni
rivojlantirish va qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratish, investitsiya va biznes muhitini
yaxshilash hamda zamonaviy infratuzilmani barpo etish, odamlarni yangi kasb-
hunarlarga oʻrgatish va aholiga manzilli ijtimoiy yordam koʻrsatish orqali
erishmoqdamiz.
Chindan ham, yaqin vaqtlargacha mamlakatimizda kambagʻallik haqida gapirilmas
edi.
Davlatimiz rahbari tomonidan aholining kam taʼminlagan qatlami 12 — 15 foizni
yoki 4-5 million kishini tashkil etishi toʻgʻrisidagi raqamlar eʼlon qilindi.
Bunda Prezident nafaqat muammoning koʻlamini koʻrsatdi, balki uni hal etish
yoʻllarini ham belgilab berdi.
Jumladan, Jahon banki, BMT Taraqqiyot dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar
bilan hamkorlikda Kambagʻallikni qisqartirish dasturini ishlab chiqish, xalqaro
meʼyorlarni chuqur oʻrganish asosida kambagʻallik tushunchasi, uni baholash
mezon va usullarini oʻz ichiga oluvchi yangi uslubiyotni joriy etish zarurati
mavjudligini taʼkidladi.
Bu global muammo bilan qanday kurashish kerakligi haqida bahslar davom etib
kelyapti. Bahs, asosan, ikkita variant atrofida kechadi: kambagʻalga “baliq” berish,
yaʼni moddiy yordam koʻrsatib, uning miqdorini doim koʻtarib borish kerakmi yoki
“qarmoq” berish, yaʼni kambagʻal oʻzi ishlab daromadini koʻpaytirishi uchun
sharoit yaratish kerakmi?
Prezident qayd etganidek, birinchi variant — bir tomonlama yondashuv boʻlib, u
muammoni uzil-kesil yechishga imkon bermaydi. Davlat tomonidan moddiy
yordam faqat jismoniy jihatdan cheklanganlik tufayli yoki qandaydir obyektiv
sabablarga koʻra oʻzi pul ishlab topa olmaydigan odamlargagina koʻrsatilishi kerak.
Boshqalarga esa davlat “qarmoq” berishi, yaʼni bandlik masalasini hal qilishi,
yetarli darajada ish oʻrinlari va tadbirkorlik bilan shugʻullanishi uchun imkoniyatlar
yaratishi lozim. Qisqacha aytganda, barcha muhtojlarni oʻz farovonligini oshira
olishi uchun ishonchli daromad manbai bilan taʼminlash kerak.
Kambagʻallik bilan kurashishda samarali choralar kompleksi zarur va ular bugungi
kunda barcha yoʻnalishda amalga oshirila boshlandi. Ijtimoiy nafaqa oluvchilar
soni deyarli 1,5 baravar ortdi va joriy yil oxiriga borib 774 ming nafardan 1,2
million nafargacha koʻpayadi. Moddiy yordamga muhtoj kishilarning sonini
aniqlash uchun joylarda tegishli roʻyxatlar tuzilmoqda. Masalan, yangi oʻquv yili
arafasida ana shunday roʻyxatga kiritilgan oilalardagi 16 yoshga toʻlmagan,
boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasini oluvchi farzandlar, shuningdek, nogironligi
bor bolalarga moddiy yordam koʻrsatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |