15.1. O’zbekiston iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirishda modernizatsiya jarayonlarining o’rni.
Milliy xo’jaliklar barqaror rivojlanishining muvaffaqiyatli strategiyasi, eng avvalo, raqobatbardosh iqtisodiy tizimning real sharoitlarini xolisona baholash va uni tushunib yetish hamda boshqarish mexanizmining yangi metodologik yo’nalishlarini ishlab chiqishga bog’liqdir. Turli darajada rivojlangan iqtisodiy tizimlar faoliyat yuritishining va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga ta’sir kursatadigan barcha omillarni e’tiborga oluvchi bozor muxitining qat’iy talabi sifatida raqobatbardoshlikni tan olishga asoslangan tizimli metodologik yondashuv milliy iqtisodiyotni takomillashtirishning to’liq tizimini tashqil etishga imkon yaratadi. Jahon talablarining o’zgarib turuvchi sharoitlarida bunday yo’nalishlar iqtisodiy tizimlarni liberallashtirish va davlatlarning milliy raqobatbardosh ustuvorliklaridan foydalanish hamda o’z iqtisodiyotini takomillashtirishni amalga oshirish mu-ammolarini birinchi navbatdagi vazifalari qatoriga kiritadilar. Shuning uchun ularni nafaqat alohida, balki bir-biriga bog’liqligini hisobga olgan holda o’rganish muhimdir.
“Jamiyatni, avvalo ichki harakatlantiruvchi kuchlar ta’siri ostida o’zgarib borayotgan bir butun ijtimoiy tizim sifatida bayon etish asosiy ilmiy vazifa hisoblanadi”51.
R espublikada iqtisodiy modernizatsiya dinamikasi ishlab chiqarish munosabatlari va iqtisodiy aloqalarning o’zgarishida, jahon bozorining tarkibiy qismi sifatida milliy bozorning shakllanishida, O’zbekiston iqtisodiyotining tuzilmaviy qayta qurishda aks etayotgan iqtisodiy plyuralizm tomoniga jamiyatning
harakatlanishini kursatmoqda.
Biroq iqtisodiy rivojlanish jarayonlari oddiy tarzda kechayotgani yo’q. Negaki, milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini ta’minlash strategiyasini umumdavlat rivojlanish strategiyasiga tartibli tarzda kiritish sharti bilan jahon xo’jaligiga mavjud sharoitlarga mos integratsiyalashish yo’llarini izlab topish vazifasi keskin turibdi.
O’zbekistonda modernizatsiya jarayonining o’ziga xosligi xam bir qator xususiyatlarni oldinga surmoqda. Jamiyatimizda so’z faqat iqtisodiyotning ra-qobatbardoshligini oshirish tomoniga o’zgarish haqida emas, balki milliy iqtisodiyotni erkinlashtirish va uning vazifalarini markazlashishdan xolis qilish, ya’ni iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlab bera ola-digan yangi davlatchilikni va samarali iqtisodiyotni yaratish to’g’risida ham bormoqda.
Globallashuv jarayonlari bilan birga ko’zatiladigan iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar bir tekis bo’lmagan tavsifga ega. Bunda moliya va tovar bozorlari, mehnat va kapital bozorlari tubdan o’zgaradi. Bo’larning barchasi esa, o’z navbatida, kommunikatsiya oqimlari tuzilmalari va institutlarning o’zaro munosabatlari bo’yicha yuzaga kelgan xususiyatlarini xam sezilarli tarzda o’zgartirib yuboradi.
Globallashuv jarayonlarining talablarini korxona, mintaqa va davlatlar raqobatbardoshligini oshiribgina belgilab olish mumkin. Shuning uchun, raqobat ustunliklari shakllanayotgan bir paytdagi iqtisodiy tizimning faol xolati - raqobatbardoshlik - jamiyat rivojlanishining asosi hisoblanadi, bunda u alohida iqtisodiy sub’ektlar (tadbirkorlar)ning birlashmasi emas, balki xo’jalik yurituvchi sub’ektlar - korxonalar bilan bir qatorda davlat va ijtimoiy institutlar ham iqtisodiy agentlar xisoblanib, yagona va bir butun organizm sifatida shakllanadi.
O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonlari va uning makroiqtisodiy dinamikaga ta’sirini taxlil qilish natijasida o’tish davri mobaynida milliy iqtisodiyot rivojlanishining uchta asosiy bosqichi aniqlandi.
bosqich. Bozor asoslarini yaratish va iqtisodiyotning bosqichmabosqich o’zgarishi (1991 yildan 1996 yil oxirigacha). Bunda O’zbekistonning Sharqiy Yevropa va MDHning boshqa mamlakatlaridan farq etuvchi o’ziga xosligi - iqtisodiy islohotlarning tadrijiy xarakteri va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolinganligidadir. Isloxotlarning dastlabki yillarida hukumatning asosiy kuchi bozor iqtisodiyotining me’yoriy-huquqiy bazasi va institutsional asoslarini yaratishga safarbar etildi, davlat boshqaruv organlarining vazifalari tubdan o’zgartirildi va kichik hamda xususiy biznesni rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratib berildi.
bosqich. Tashqiliy-huquqiy bazaning yaratilishi, davlatning tuzilmaviy-investitsiya siyosatini o’tkazishdagi ishtiroki, bozor islohotlarining bosqichma-bosqichligi. O’zbekistonda bir vaqtda uchta yirik va murakkab muammo hal etildi. Bu - iqtisodiyotda institutsional va tuzilmaviy qayta qurishlar makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash (1996-2000 yillar).
bosqich. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish (2001 yildan hozirgacha). Bu bosqich boshqalaridan, eng avvalo, valyuta bozorini erkinlashtirish va soliq jarayonlarining kamaytirilishi bo’yicha tashlangan katta qadamlari bilan ajralib turadi.
Bunda tovarlar eksporti va importi bilan shug’ullanuvchi
tadbirkorlarni qayd qilish tadbirlarining soddalashtirilishi; Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligida import bo’yicha bitimlarni avvaldan ro’yxatdan o’tkazish tadbirining bekor qilinishi; raqobatbardosh tayyor iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi, xorijiy investitsiyalar kiritilgan, qo’shimcha qiymat solig’idan tashqari byudjetga ajratiladigan barcha turdagi soliq va to’lovlardan ozod qilingan korxonalarning ishlab chiqarishini rag’batlantirish bo’yicha qo’shimcha tadbirlarning qabul qilinishi; turli operatsiyalar va axborot almashinuvi yago-na elektron tizimining yaratilishi ayniqsa muxim.
Do'stlaringiz bilan baham: |