10.1. Davlat investitsiya siyosatining milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishdagi roli.
O’zbekiston o’z iqtisodiy siyosatini yuritishda bozor munosabatlariga o’tishning o’z modelini tanlagan bo’lib, u davlat tomonidan muvofiqlashtirib turiladigan ijtimoiy yo’naltirilgan xo’jalikdan iborat.
Davlat investitsiya siyosatining bosh maqsadi xo’jalik sub’ektlarining manfaatdorligini oshirish, moliyalashtirish manbalari tuzilmasini takomillashtirish, xorijiy sheriklar bilan birga qo’shma korxonalar tashqil qilish va hokazolar asosida mamlakatning investitsiya salohiyatini oshirish va undan samarali foydalanishni ta’minlashdir36.
U, birinchi navbatda, investitsiya jarayonlarini davlat tomonidan boshqarilishi va qo’llab-quvvatlanishining ta’sirchan tizimini shakllantirish orqali respublika iqtksodiy mustaqilligining moddiytexnikaviy bazasini mustahkamlashga ko’maklashishi darkor. Shu munosabat bilan investitsiya siyosati xam mahalliy, xam xorijiy sarmoyadorlarning xo’jalyk faoliyatini yuritish uchun qulay sharoit yaratishi kerak. Bunda korxonalar va aholining investitsiya faolligini rag’batlantirishga, respublika iqtisodiyotiga xorijiy kapitalni keng jalb qilishga muxim axamiyat qaratilmovda.
Investitsiya siyosatini shakllantirishda ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari rivojlanishining xususiyatlari va darajasini, jamiyatning birinchi navbatdagi vazifalari va davlatning real iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olish zarur.
Davlatning investitsiya siyosati O’zbekistonda islohotlarning ilk bosqichida iqtisodiyotni chuqur tarkibiy o’zgartirishga, tarmoqlarga va ishlab chiqarishga kapital kiritmalar tuzilmasini o’zgartirishga yo’naltirilgan edk. Shu maqsadda Davlat investitsiya dasturlari ishlab chiqildi va joriy etildi. Ushbu dasturlarga kiritilgan loyihalarning amalga oshirili-shi iqtisodiy rivojlanish sur’atlarini barqaror-lashtirish va ularning islohotlardan oldingi darajasini asta-sekin tiklashga yordam berdi.
So’nggi yillarda olib borilgan investitsiya siyosati mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va strategik maqsadlarini belgilash, O’zbekistonning xalqaro iqtisodiy hamjamiyatdagi roli va o’rnini aniqlash imkonini berdi.
Shulardan kelib chiqib aytish mumkinki, ayni paytdagi investitsiya siyosatining makrodarajadagi bosh maqsadi qayta ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, mamlakat moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlash, uning iqtisodiy salohiyatini yuk-saltirish, umumiqtisodiy taraqqiyotga erishish (yalpi ichki mahsulot, yalpi ichki mahsulot hajmining usishi, yangi ish joylari sonini ko’paytirish, kiritilgan mablag’lar samaradorligini oshirish)ga qaratilgan investitsiya jarayonlarini davlat tomonidan tartibga solinishi va qo’llab-quvvatlanishining ta’sirchan ti-zimini yaratishdir. Mikrodarajada u xo’jalik sub’ektlari tomonidan foyda (daromad) olinishi maqsadiga bo’ysundiriladi.
Iqtisodiy o’zgarishlar yillarida elektroenergetika, neft-gaz majmuasi, metallurgiya, kimyo, neftni qayta ishlash tarmoqlari, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalarini modernizatsiyalash va texnik qayta jixozlash dasturlari bosqichma-bosqich amalga oshirildi.
Mikroiqtisodiy darajada ishlab chiqarish jarayonlarining faollashuvi, korxonalar moliyaviy axvolining barqarorlashuvi ko’zatildi, natijada ushbu korxonalarning o’z mablag’larini jamg’arish imkoniyati paydo bo’ldi. Bu, o’z navbatida, ichki investitsiya faoliyati doirasining kengayishiga, ham yangi qurilish ob’ektlariga, ham amaldagi ishlab chiqarish ti-zimini yangilashga, kapital quyilmalar hajmlarining ortishiga yordam berdi.
Hozirgi paytda xorijiy investitsiyalar O’zbekiston uchun, birinchi navbatda, qayta ishlovchi tarmoqlardagi aksariyat sanoat korxonalarining texnik va texnologik qoloqligini yengish; sanoat sohasida moddiy va energetik resurslar sarfini qisqartirish maqsadida moddiy-xomashyo resurslaridan kompleks va tejamkorlik bilan foydalanishni ta’minlash; mahsulotning yuqori texnologik turlari ulushini sezilarli ko’paytirish va sanoat ishlab chiqarishining eksport imkoniyatlarini kengaytirish uchun zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |