Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi “hozirgi zamon raqobat nazariyalari” fanidan ishchi daftar toshkent – 2019


Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini davlat tomonidan tartiblashni sababalari



Download 3,33 Mb.
bet59/100
Sana31.12.2021
Hajmi3,33 Mb.
#240442
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   100
Bog'liq
Hujjat (2)

9.1. Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini davlat tomonidan tartiblashni sababalari

Davlatning asosiy vazifasi resurslardan foydalanish samaradorligiga, shuningdek, davlat boshqaruvining samaradorligiga erishishdan iborat. Shuning uchun iqtisodiyot fani doirasida ushbu muxim va ko’p qirrali muammoga bag’ishlangan tadqiqotlar doimiy ravishda olib boriladi.

Sog’lom raqobat muxitini shakllantirishning davlat tomonidan tartibga solinishi respublika bozorlarida raqobatni rivojlantirish uchun zarur tashqiliy-huquqiy va iqtisodiy sharoitlarni yaratish, bozorlarning monopollashtirishga urinishlarga yo’l qo’ymaslik, bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi monopoliyaga qarshi tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, iste’molchilar huquqlarini himoyalash chora-tadbirlarini o’z ichiga oladi.

Bozorga o’tish bosqichida davlat tomonidan tartibga solishning roli shakllangan bozor xo’jaligidagiga qaraganda katta ahamiyatga ega. Bunga ikkita asosiy sabab bor. Birinchidan, o’tish bosqichida bozor shakllanish bosqichida bo’ladi va uning tartibga soluvchi imkoniyatlari unchalik yuqori emas, bu davlatning iqtisodiy jarayonlarga jadal aralashuvi zaruratini belgilab beradi. Ikkinchidan, rejali xo’jalikdan bozorga o’tish avtomatik tarzda va stixiyali kechadi. Davlat o’tish jarayonini tartibga solishga, bozor infratuzilmasining barpo etilishini rag’batlantirishga, uning normal faoliyat kursatishi uchun sharoitlar yaratishga da’vat etilgan.

Davlatning iqtisodiyotdagi roli "uning funksiyalari da muayyanlashadi. Davlatning o’tish iqtisodiyotidagi barcha funksiyalari bozor munosabatlarini shakl-lantirish va rivojlantirish bilan bog’liq. Ushbu bog’liqlikning xususiyatiga qarab davlatning tartibga soluvchi funksiyalari ning ikkita guruxini ajratish mumkin. Birinchidan, bu bozorning samarali faoliyat kursatishi uchun shart-sharoitlar yaratish funktsiyasi. Ikkinchidan, bu bozorning o’z tartibga so-luvchilarini ta’sirini to’ldirish va unga tuzatishlar kiritish.

Birinchi guruxga bozor xo’jaligi faoliyat kursatishining huquqiy bazasini ta’minlash funktsiyasi hamda bozor muxitida asosiy harakatlantiruvchi kuch sifatida raqobatni rag’batlantirish va himoyalash funktsiyasi kiradi.

Ikkinchi guruxga esa daromadlarni qayta taqsimlash, resurslarni taqsimlashga tuzatishlar kiritish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish funksiyalari kiradi35.

Hozirgi zamonda davlat milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish siyosati bilan shug’ullanishi mumkin va lozim bo’lgan yagona institutdir. Har yillik Jahon iqtisodiy forumi (Davos) tomonidan 161 ta asosiy kursatkich bo’yicha raqobatbardoshlikning integral indeksi ishlab chiqilgan bo’lib, ular quyidagi sakkizta blok bo’yicha guruxlangan: ochiqlik, davlat (davlat siyosatining samaradorligi), moliya, infratuzilma,





35 1 Портер М.Э. Конкуренция.: Пер. с англ. - М: Издат. дом "Виль-ямс", 2002. С. 207.

texnologiya, boshqaruv, mehnat va institutlar.

Jahon iqtisodiy forumining ma’lumotlariga asoslangan hisob-kitoblar shuni kursatmoqdaki, tadbirkorlik muxitining omillari umuman mamlakatlar bo’yicha iqtisodiy o’sish dinamikasiga eng katta ta’sir kursatdi (60 foiz).

Tadbirkorlik muxiti tomonidan raqobatbardoshlikning eng muxim omillari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: ichki bozorda raqobatning jadalligi, axborot infratuzilmasining rivojlanishi, talab xususiyat-larining murakkablashuvi va ichki taklifning miqdor va sifat bo’yicha talabga mosligi.

Raqobatbardoshlik kursatkichlari va bozor institutlarini shakllantirish hamda rivojlantirish jarayonlari bo’yicha orqada qolnsh O’zbekistonda ham ko’zatilmoqda. Bunga barham berishda innovatsion tad-birkorlikni tashqil etish va rivojlantirishga davlat tomonidan kursatiladigan ko’mak asosiy rolni o’ynashi mumkin.

Sarmoyaning yetishmasligi muammosini xal etish uchun samarali fond bozorini shakllantirish, ishonchli investitsiya jarayonini yo’lga qo’yish zarur. Omonatlarni investitsiyalarga aylantirish mexanizmi ishlamayapti. Buning ustiga sarmoya tarmoqlararo harakatlanmaydi. Bunday ahvolda mamlakat uchun hayotiy zarur bo’lgan iqtisodiyotdagi tarkibiy siljishlar, tayyor mahsulotlar va xizmatlar bozorlarida mavqelarni egallash, ya’ni ishlab chiqariladigan mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish haqida gap-so’z bo’lishi mumkin emas.

Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshi-rish vazifalarini hal etish uchun o’zoq muddatli rejada, jahon tajribasi kursatib turganidek, kadrlarni tayyorlash va ular malakasini oshirishga, bi-limlarni baham ko’rish va ITTKIni qo’llab-quvvatlashga hamda infratuzilmani rivojlantirishga in-vestitsiyalar davlat tomonidan tartibga solishning eng samarali choralari hisoblanadi.


Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish