Auditoriya mashg‘ulotlarida:
o‘quv mashg‘ulotida diqqatingizni jamlashga harakat qiling;
ishchi daftardagi mavjud matnni seminar-amaliy mashg‘ulotlarda foydali va muhim bo‘lgan yangi materiallar bilan to‘ldiring (slaydli prezentatsiya, o‘qituvchining ma’ruzasi hamda talabalarning chiqish va prezentatsiyalari asosida);
nafaqat o‘qituvchi, balki o‘zingizni ham tinglashga o‘rganing: ishchi daftardagi matnni to‘ldiring va mustaqil fikringizni bildiring. Har bir mavzuni o‘zlashtirishdan oldin o‘rganing:
ishchi daftarda bayon etilgan mavzuning axborot majmuini;
tavsiya etilayotgan adabiyot va manbalar hamda extiyoj sezganda normativ-huquqiy norma va instruksiyalar yordamida quyidagilarga tayaning:
nazariy savollarga javob bering;
masalalarni eching va mashqlarni bajaring;
mustaqil amaliy vazifalarni bajaring.
Do'stlaringiz bilan baham: |