Qaydlar uchun
Qaydlar uchun
Qaydlar uchun
Qaydlar uchun
Talaba bilimini nazorat qilish hamda mustahkamlashga oid savol va topshiriqlar
O’zbekistonda kadrlar tayyorlash tizimining asosi sifatida, o’zluksiz ta’limning qanday turlari mavjud
Insoniy kapitalni takror barpo qilishning zamonaviy kontseptsiyalari nimalarga asoslanadi?
Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish xarajatlari qanday manbalar hisobiga shakllanadi?
Korxona (firmada) SWOT analizini qo’llash sxemasini tushuntirib bering.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
5. Insoniy kapital tushuntirib bering.
|
rivojlanishining
|
ijtimoiy
|
kursatkichlarini
|
7-mavzu
|
Raqobatbardoshlikni oshirishda narx siyosatidan foydalanish va narx shakllanishining boshqarish usullari.
|
Reja:
Raqobatning turli ko’rinishlari sharoitida
raqobatbardoshlikni oshirishda narx omilidan foydalanish
Raqobatlik narxlar shakllanishida davlat narx siyosatining o’rni
Narx shalklanishining makro va mikroiqtisodiy shart-
sharoitlari
Monopol bozorlarida narx shakllanishini boshqarish usullari
Mashg‘ulot maqsadi: Raqobatbardoshlikni oshirishda narx siyosatidan foydalanish va narx shakllanishining boshqarish usullari haqida umumiy tasavvurlarni shakllantirish.
Mavzuni o‘rganish natijasida talaba:
Raqobatning turli ko’rinishlari sharoitida raqobatbardoshlikni oshirishda narx omilidan foydalanish muammolarning paydo bo‘lishini aytadi;
Raqobatlik narxlar shakllanishida davlat narx siyosatining o’rnini izohlaydi;
Narx shalklanishining makro va mikroiqtisodiy shart-sharoitlarini bayon etadi;
Monopol bozorlarida narx shakllanishini boshqarish usullarini mazmunini aytadi.
Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro‘yxati:
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi (2017 yil 22 dekabr);
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Mustaqil
Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi majlisidagi nutqi (2017 yil 12 oktyabr);
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev BMT Bosh
Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi (2017 yil 20 sentyabr);
Ikramov M.A., Yodgorov M.X. «Global marketing». O‘quv qo‘llanma. T.: 2013;
Xodiyev B.Y.,Shodmonov Sh.Sh. “Iqtisodiyot nazariyasi”. Darslk.- Т.: IQTISOD-MOLIYA, 2017.-783b. Toshkent. “Barkamol fayz media” 7. Alimov R.O., Rasulev A.F., Qodiro A.M. “O‘zbekiston iqtisodiyotinng raqobatbardoshligini oshrish muammolari:nazariya va amaliyot” monografiya Т.:CONSAUDITINFORM -NASHR, 2006. –
438b.
8. Майкл Портер. Международная конкуренция. Конкурентные преимущества стран. Издательство-Альпина Паблишер, 2017 г. 947 с. 9. Michael E. Porter. Competitive strategy: Techniques Analyzing Industries and Competitors. The free press. New York London Toronto Sydney Singapore. 2017 y. 840 p.
Чиркунов Олег Анатольевич Государство и конкуренция; Новое литературное обозрение (НЛО) - М., 2016. - 277 c.
Кулешова А. Б. Конкуренция в вопросах и ответах; ТК Велби, Проспект - М., 2016. - 256 c.
Овчинников, В. В. Глобальная конкуренция. М.: Институт экономических стратегий, 2016. - 360 c.
www.stat.uz– O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi sayti.
www.mineconomy.uz – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi sayti.
www.lex.uz– O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi sayti.
www.webofscience.com – Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi.
7.1. Raqobatning turli ko’rinishlari sharoitida raqobatbardoshlikni oshirishda narx omilidan foydalanish Narx bo’yicha raqobatga iqtiosdiyot nazariyasi darsliklarda “…ishlab chiqaruvchilarning o’z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday mahsulotlarni narxiga nisbatan pasaytirish asosidagi kurash”28 deb ta’rif berilgan. Globallashuv iqtisodiyotning rivojlanishi uchun ham ijobiy, ham salbiy ahamiyatga ega. Agar mamlakatda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish uchun sharoitlar mavjud bo’lsa, bu holatda mamlakat uchun globallashuv jarayoni foydali hisoblanadi. Agar mahalliy korxonalar qo’shimcha (ustama) qiymatning yuqori ulushiga ega yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarsa, vaziyat, ayniqsa, ijobiy ta’sir kursatadi. Bunda ishchilarning bandligi ortadi, byudjet daromadi ko’payadi, xom ashyodan oqilona foydalaniladi. Agar iqtisodiyotda o’zoq vaqt davomida ishlab chiqarishning xom ashyoga yo’naltirilganligi bartaraf etilmasa, demak, iqtisodiyotni tartibga solish mexanizmlari kam samarali hisoblana-di. Bunday holatda jamiyat cheklangan resurslarni oddiy tarzda sarflab, kelgusi rivojlanish to’g’risida qayg’urmaydi. Ishlab chiqariladigan tovarlar sifatini oshirish jamiyatning eng muxim vazifasidir. Maxsulot sifatini oshirish ko’plab omillarga bog’liq. Birinchidan, yuqori sifatli mahsulot tayyorlash uchun yuqori malakali ishchi kuchlari zarur bo’la-di. Ikkinchidan, korxona yaxshi, zamonaviy jihozlarga ega bo’lishi kerak. Uchinchidan, raqobatbardosh maxsulotlarning ma’lum miqdoriga ega savdo bozorlariga kira olish uchun yetarli darajada tajribaga ega bo’lish kerak. Bundan tashqari, sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun o’zoq muddatli rag’bat (foyda, dividend va boshqalar) zarur. Shuningdek, mamlakatda "sifatga yuqori darajada e’tibor qaratish" muhiti bo’lishi, ya’ni iqtisodiy munosabatlarning xar bir ishtirokchisi mahsulot ishlab chiqarishning har bir bosqichida uning yuqori sifatiga erishishni maqsad qilib qo’ygan bo’lishi shart. Mehnatga sifatli munosabatda bo’lishni insonda yillar davomida qaror toptirish mumkin. Shu sababli, bu vazifalarni tez sur’atlarda bajarib bo’lmaydi, ko’pgina mamlakatlar isloh qilishning dastlabki bosqichlarida, eng avvalo, tovarning raqobatbardosh narxiga eri-shishga harakat qilganlar, mahsulot "sifati" esa raqobatbardoshlikni rivojlantirish jarayonida oshirib boriladi. Narx raqobatbardoshligiga erishishning muximligi, shuningdek, xozirgi zamon dlshyosida ko’pgina iste’molchilar yuqori sifatli tovarlarni yuqori narxlarda sotib olish uchun yetarli daromadga ega emasliklari bilan ham tushuntiriladi.
Xarajatlarni kamaytirishga muvofiq ravishda, narx bo’yicha raqobatbardoshlikka erishishga arzon tabiiy va inson resurslariga ega bo’lish, energiya va transport xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, ishlab chiqarishga davlat tomonidanyordam kursatilishi - imtiyoz va dotatsiyalar berish kabilar ta’sir kursatadi.
Integratsiya jarayonlari kuchaygan sharoitlarda, hatto, nisbatan yuqori raqobatbardosh resurslar ustunliklariga ega davlatlar iqtisodiyoti xam narx raqobati ta’siri ostida juda zaiflashib qoladi.
Ko’pgina rivojlanayotgan mamlakatlar chiqarayotgan tovarlarining narx bo’yicha raqobatbardoshligida ko’p jixatdan mehnatga kam xaq to’lash oqibatida katta muvaffaqiyatlarga erishdilar.
Offshor IT-autsorsingining jadal rivojlanishiga bog’liq ravishda AQSh va Yevropada yuqori darajada haq to’lanadigan ish joylarining qisqarishi kuchaydi. Bu mamlakatlar kompaniyalari ish joylarini Hindiston, Braziliya, Filippin va Malayziya va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarga ko’chirib, mehnatga haq to’lashda katta mablag’larni tejamoqdalar.
Narx raqobatbardoshligining boshqa muxim omili moddiy resurslarning, shu jumladan, energiya manbalarining bahosi hisoblanadi. Energiya manbalari narxining o’sishi jahon narxlarini oshirgan holda ko’pgina mamlakatlar sanoatiga kuchli ta’sir kursatadi. Bu, ayniqsa, juda ko’p elektr energiyasi talab etadigan rangli metallar olish va qayta ishlash soxasida yaqqol ko’zga tashlanadi. Alyuminiy ishlab chiqarishda iste’mol qilinadigan elektr energiyasi bahosi umumiy xarajatlarning 1/3 qismini tashqil etadi. Shu sababli, alyuminiy bozoridagi raqobatbardoshlikka turli mamlakatlarda nafaqat xom ashyoning mavjudligi, balki elektr energiyasining arzonligi xam o’z ta’sirini kursatadi.
Xalqaro savdoni faollashtirish sharoitlarida boshqa mamlakatlar bozorlariga chiqish uchun ishlab chiqaruvchilar tomonidan narx omilidan foydalanish strategiyasi juda ko’p miqdordagi savdo tortishuvlarini keltirib chiqardi, nisbatan keng tarqalgan ko’rinishi - demping ularning eng muhim ob’ektidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |