Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi “hozirgi zamon raqobat nazariyalari” fanidan ishchi daftar toshkent – 2019


Monopol bozorlarida narx shakllanishini boshqarish usullari



Download 3,32 Mb.
bet34/83
Sana22.06.2022
Hajmi3,32 Mb.
#692768
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   83
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi “hozirgi zamon raqobat nazariy

7.4. Monopol bozorlarida narx shakllanishini boshqarish usullari.
Davlat mustaqilligi yillarida O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotda va narxni shakllantirishda me’yoriy-huquqiy asosni qaror toptirish borasida katta ishlar qilindi. Monopoliyaga qarshi tartibga solish turli qonun va qonunosti hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Narxlarning asoslanganligini baxolash uchun moliyaviy idoralar tomonidan qo’llaniladigan asosiy mezonlar ishlab chiqarish tannarxi va rentabellik darajasining asoslanganligidir. Ishlab chiqarish tan-narxining asoslanganligini ob’ektiv aniqlash maqsadida uning tarkibi qismlarga ajratilib o’rganiladi, u yoki bu xarajatlarning ishlab chiqarish tan-narxiga to’g’ri yoki noto’g’ri kiritilgani aniqlanadi.
M onopolistlar mahsulotlari narxlarini tartibga solish amaliyoti shuni kursatmoqdaki, amaldagi usullar sezilarli ijobiy natijalar berayotgani yo’q. Iqtisodiyot tarmoqlaridagi, jumladan, bozorlarning yuqori darajada monopollashuvi sharoitidagi narx indekslari bo’yicha statistika ma’lumotlari ham shu haqda dalolat
bermoqda. Aynan monopolistlar maxsu-loti (neft, gaz, elektr energiyasi, paxta tolasi va xokazolar) narxlarining o’sishi boshqa korxonalar mahsulotlarining ham qimmatlashuvi omilidir.
Biroq, har qanday sharoitlarda jamiyat maqsadlarini bekamu-ko’st ta’minlay oladigan shakl eng kam chiqimlar bilan zarur hajmlarda mahsulot ishlab chiqarish shakli mavjud emas. Odatda, xususiy mulk va davlat nazoratini uyg’unlashtirgan holda samarali narx hosil qilish qoidalarini o’z ichiga oluvchi choralar eng oqilona hisoblanadi.
Shu munosabat bilan, antimonopol boshqaruv samaradorligini oshirish maqsadida davlat narx shakllanishi bo’lishi jarayoniga ta’sir kursatish mexanizmini yaxshilashi lozim. Buning uchun quyidagi tamoyillarning amalga oshirilidga talab etiladi;

  • me’yoriy-maqsadli, tizimli yondashuv asosida monopol mahsulot xarajatlari va rentabelligi darajasini tartibga solishning samarali mexanizmini ishlab chiqish;

  • iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida monopoliyadan chiqarish, xususiylashtirish va raqobat muxitini yaratish jarayonlarini chuqurlashtirish;

  • bozorlar axvolining doimiy monitoringi yuritishning qimmatta tushadigan tizimini yaratish va saqlab turishdan bozor ishtirokchilarining o’zini aksilraqobat harakatlar bo’yicha murojaat etishlari-ni rag’batlantirishga o’tish.

Monopolistlar faoliyatini davlat tomonidan xuquqiy tartibga solinishining maqsadi monopoliyalar va iste’molchilar manfaatlari balansini muvofiqlashtirishdan iborat ekanini hisobga olish lozim. Monopoliyaning yuqori iqtisodiy samarasi ularning bo’linib ketishiga yo’l qo’ymaydi, ammo boshqa tomondan ularning nazoratsiz faoliyati katta zarar keltirishi mumkin, shu bois davlat monopolistlar faoliyatini tartibga solishdan chekina olmaydi.
Strategik nuqtai nazardan tabiiy monopoliyalar va monopolistkorxonalar mahsulotlari va xizmatlari narxini tartibga solishning shunday usullarini tatbiq etish lozimki, ular xarajatlarni kamaytirish mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutishi kerak. Davlat maxalliy tovar ishlab chiqaruvchilariga raqobat imtiyozlarini qo’lga kiritishi uchun qulay iqtisodiy sharoitlar yaratish maqsadida narxlarni oshirish xisobiga xarajat va daromad miqdorlarini oshirishga yo’l qo’ymasligi kerak.
Davlatning ham monopolistlar, ham boshqa xo’jalik sub’ektlari mahsulotlariga narxlarning shakl-lanishi jarayoniga ta’siri choralarini ishlab chiqishda quyidagi uslubiy yondashuvlarni xisobga olish maqsadga muvofiqdir:

  1. Qishloq xo’jaligi va sanoat, shuningdek, moddiy ishlab chiqarishning boshqa sohalari mahsulotlarining savdoni shakllantirish maqsadida paritet (xo’jalik hisobi) narxlari asosida narx shakdlanishi qoidalarini boshqarish.

  2. Iqtisodiyotning real tarmog’idagi barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun bir xil darajada eng maqbo’l soliq yukini belgilash va soliq imtiyozlari berilishini to’xtatish. Korxona tabiiy xomashyo, elektr energiyasi, shuningdek, qator boshqa resurslardan foydalanganda belgilangan me’yorlardan oshib ketgandagina undirishlarning Mazkur darajasini ko’tarish mumkin.

  3. Jismoniy shaxslar daromadi solig’ining yagona optimal stavkasini belgilash.

  4. "Iste’mol xaltasi"ning haqiqiy qiymatidan kelib chiqib ish xaqining minimal soatbay stavkasini tasdiqlash. Shunday qoida qabul qilish kerakki, unga ko’ra korxona band xizmatchilarning bir soatlik mehnatiga minimal soatbay stavkadan past haq to’lay olmaydi.

  5. Ma’muriy-boshqaruv xodimlar va asosiy ishlab chiqarishdagi ishchilar mehnatiga haq to’lash bo’yicha korxona xarajatlari summasi o’rtasidagi chegaraviy nisbatni belgilash.

  6. Qazib oluvchi va xom ashyo korxonalari, tabiiy monopoliyalar, monopolist-korxonalar va boshqa ayrim ijtimoiy muxim faoliyat sohalari maxsulotlari narxlari ustidan nazoratni kuchaytirish (narx-larning asossiz oshishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida).

  7. Renta to’lovlarining o’sishi asosida soliq yukini bosqichmabosqich oshirish (er osti boyliklari, suv, yer, insoniy kapitaldan foydalanganlik uchun), shuningdek, sof fiskal to’lovlar miqdorini kamaytirish barobarida atrof-muhitni ifloslaydigan moddalarni tashlash uchun to’lovlarni ko’paytirish (QQS, aktsizlar, boj to’lovlari, daromaddan chegirmalar va hokazo).

Monopoliyalarni tartibga solish choralari hamda raqobatbardoshlikni oshirishga yo’naltirilgan boshqa mexanizmlarni ishlab chiqishni davlat narx siyosati talablari va yo’nalishlariga tayangan holda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.

Download 3,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish