Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usllari


Ehtiyojlarning cheksizligi. Ehtiyojlarning yuksalib borish qonuni



Download 26,35 Kb.
bet2/4
Sana29.12.2021
Hajmi26,35 Kb.
#81976
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu

2. Ehtiyojlarning cheksizligi. Ehtiyojlarning yuksalib borish qonuni
Ishlab chiqarishning pirovard maqsadi iste’mol, ya’ni ehtiyojni qondirish hisoblanadi.

Insonning yashashi va kamol topishi, jamiyatning ri­voj­lanishi uchun kerak bo‘lgan hayotiy vositalar va iqtisodiy resurslarga zaruriyat «ehtiyoj» deb ataladi.

Jamiyat ehtiyojlari kishilar, ya’ni ja­miyat a’zolari, korxonalar va davlat ehti­yojlarining birligidan iborat. Ehtiyojlarning bu barcha turlari uchun umumiy bo‘lgan xususiyat – ular cheksiz va chegarasizdir. Jamiyat ehtiyojlarida kishi­larningehtiyoj­lari asosiy va belgilovchi rol o‘ynaydi. Кishilarning barcha hayotiy ehtiyojlari (iq­ti­sodiy, ijti­moiy, madaniy, ma’naviy, siyo­siy ehti­yojlar) orasida ijtimoiy-iqti­sodiy ehtiyojlar alohida o‘rin tutadi. Bu ehtiyojlar kishi­larning yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy ne’matlardan hamda xizmatlardan iborat bo‘ladi. Shu jihatdan olganda ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi.

Moddiy ehtiyojlar, bu avvalo, kishilarningo‘zlariga foy­dali bo‘lgan ne’matlarni iste’mol qilishga bo‘lgan xohishla­ridir. Bular iste’mol uchun zarur bo‘lgan ko‘plab hayotiy predmetlarni (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy) va zeb-ziynat buyumlarini (taqinchoq, atir-upa, yengil avtomobil va h.k.) o‘z ichiga oladi. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash lozimki, bir necha yil oldin zeb-ziynat dabdaba hisoblangan buyum bugungi kunda eng oddiy hayotiy zarur predmetga aylanishi mumkin. Xizmatlar ham moddiy ne’matlar kabi ma’lum ehtiyojlarni qondiradi. Masalan, shaxsiy avtomashinani remont qildirish, soch oldi­rish, huquqshunos maslahatidan foyda­lanish kabi xizmatlar moddiy tovarlar bilan bir qatorda kishilarning ularga bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradi. Ma’naviy ehtiyojlar moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish, ma­laka-mahoratiga ega bo‘lish, har xil xiz­mat­lardan bahramand bo‘lish kabi ko‘plab ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Ehtiyojlar yakka tarzda va birgalikda qondirilishi mumkin. Bu esa ehtiyojning tabiatiga va uni qondiruvchi obyektlari xususiyatiga bog‘liq.

Ijtimoiy ehtiyojlar umumlashgan iste’mol faoliyatining turli shakl­larida qatnashish orqali qondiriladi hamda uni kishilarning birgalikda, hamkorlikda mavjud bo‘lishi zarurligini taqozo qiladi. Shunday buyum va xizmat turlari borki, ulardan faqat birgalikda foydalanish mumkin. Masalan, ta’lim olish, sog‘liqni saqlash, dam olish joylaridan bahramand bo‘lish, sport o‘yinlari va ko‘ngilochar tomoshalarni birgalikda ko‘rish kabilar shular jumlasidandir.

Jamiyat ehtiyojlarida korxona va davlat ehtiyojlari ham o‘z o‘rniga ega. Кorxonalarga ishlab chiqarish maqsadlarini amalga oshirish, ya’ni tovarlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi kerak bo‘ladi. Davlat, butun mamlakat aholisining umumiy ehtiyojlarini aks ettirib, avtomobil va temir yo‘llar, maktablar, kasalxonalar qurilishiga ijtimoiy ne’matlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun davlatga ham zaruriy ne’matlar va iqtisodiy resurslar kerak bo‘ladi.

Jamiyat ehtiyojlariga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bular quyidagilar:

jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi. Iqtiso­diyoti rivojla­nishdan orqada qolgan mamlakatlarda ehtiyojlar doirasi tor bo‘lsa, aksincha, iqtisodiyoti gurkirab rivojlangan mamlakatlarda kengva xilma-xil bo‘ladi;

jamiyatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tizim. Agar jamiyatdagi tizim bozor iqtisodiyoti tartiblari asosida q­urilgan bo‘lsa, undagi ijtimoiy guruhlar boylar va kamba­g‘allar, mulkdor va mulksizlarga bo‘linib, ularga mansub kishi­lar ehtiyojlari o‘rtasida katta farq mavjud bo‘ladi. Yuqori da­ro­mad oluvchilar juda sifatli, noyob mahsulotlar va xizmatlarga ehtiyoj bildirsa, kambag‘allarningehtiyojlari o‘z hayotini saq­lash uchun juda zarur mahsulotlar va xizmatlar bilangina chek­lanadi;

tabiiy-geografik sharoitlar. Bu omil ham ehtiyojlar­ning miqdori va tarkibiga ta’sir qiladi. Masalan, nisbatan sovuq iqlim sharoitida, issiq sharoitdagilarga qaraganda hayot kechirish uchun oqsil va yog‘ga boy oziq-ovqat, issiq kiyim-kechak, uy va transport vositalariga ko‘proqehtiyoj bo‘ladi;

tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar, tarixan shakllangan milliy va diniy marosimlar. Jum­ladan, Navro‘z bayrami, ro‘za va hayitlar o‘ziga xos ehtiyojlarni yuzaga keltiradi;

aholi soniningo‘sishi, uning tarkibidagi o‘zgarishlar;

xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar, ayniqsa, ular o‘rtasidagi mahsulot va axborot ayriboshlashning rivojlanishi.

Alohida kishilarningehtiyojlari ularning yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, kasbi, mehnatning tabiati kabi omillarga bog‘liq. Masalan, keksa kishilar yoshlardan farqqilib, yengil hazm bo‘ladigan ovqatga, dori-darmonga, shovqin-suronsiz yashash muhitiga ko‘proqehtiyoj sezadi. Кo‘p bolali oilalarda bolalar kiyimi, o‘yinchoqlarga ehtiyoj yuqori bo‘lsa, farzandsiz oilalarda bunday ehtiyojlar bo‘lmaydi. Murakkab, og‘ir va yengil mehnat turlari bilan shug‘ullanuvchi kishilar ehtiyojlari ham bir-biridan tubdan farqqiladi.

Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to‘liqqondirish mumkin emas. Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko‘plab qondirilmagan ehtiyojlar bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan yangi buyumlarning paydo bo‘lishi, reklamaning ta’siri va bozorlarning rivojlanishi natijasida ehtiyojlar tarkiban o‘zgaradi va miqdoran o‘sib boradi.

Ehtiyojlar tur­­lari. Ehti­yoj­lar ni­hoyatda turli - tu­man bo‘­lib, ularni tur­kum­lash­ga turli jihat­dan yon­da­shish mumkin.

Ehtiyojlarga turli mezonlar orqali yondashib, uni har xil guruhlarga ajratish mumkin:

Ehtiyojlar subyektlariga ko‘ra: individual, jamoa va umum­jamiyat ehtiyojlariga bo‘linadi.

a) Individual ehtiyoj – har bir insonningehtiyojini ifodalaydi. U fiziologik ehtiyojlar, o‘zininghar tomonlama kamol topishiga bo‘lgan ehtiyojlar va boshqa shu kabilarni o‘z ichiga oladi.

b) Guruhiy ehtiyoj – bu oilaviy yoki kishilarning biron maqsadda birlashgan guruhlari (mehnat jamoasi, turli uyushmalar) ehtiyojlari bo‘lib, birgalikda yashash, faoliyat yuritish jarayonida vujudga keladigan umumiy ehtiyojlardir.

d) Umumjamiyat ehtiyoji – bu mamlakat miqyosida, inson­larning bir butun bo‘lib tarkib topgan ehtiyojlaridir. U o‘z ichiga birinchidan, barcha turdagi individual va guruhiy ehti­yoj­larni olsa, ikkinchidan jamiyatni yaxlit organizm sifatida yashab turishi uchun zaruriy ehtiyojdir. Bularga tabiiy resurs­larni asrash, mudofaa, jamiyatni boshqarish kabilarni kiritish mumkin. Jamiyatningehtiyoji turli ijtimoiy toifa va guruh­larga mansub kishilar ehtiyojining yaxlitligi sifatida namoyon bo‘ladi.

Ehtiyojlar obyektga ko‘ra moddiy, ijtimoiy-ma’naviy ehtiyoj­larga bo‘linadi.

Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan. Ular tabiiy ehtiyojdir. Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayotiy ehtiyojlardir. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joylarga bo‘lgan ehtiyojlarningqondirilishi yashashning bir­lamchi shartidir. Moddiy ehtiyojlar albatta moddiy ko‘rinishga ega, masalan, oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyoj: un, guruch, yog‘, go‘sht, shakar va boshqalar aynan shunday ko‘rinishga ega. Ijtimoiy-ma’naviy ehtiyoj azaliy bo‘lmay jamiyat taraq­qiyotining ma’lum bosqichida, sivilizatsion rivojlanish nati­jasida yuzaga keladi. Jamiyat rivojlanishi bilan ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlar tabiiy zaruratga aylanib bo­radi. Ij­timoiy-ma’naviy ehtiyojlar asosan turli xizmatlardan foyda­lanishga bo‘lgan ehtiyojlar tarzida yuzaga chiqadi. Кishilar ijtimoiy-ma’naviy xizmatlardan foyda­lanib, axloqiy, ma’­na­viy, estetik, jismoniy jihatdan tarbiya­lanadi, bilim oladi, kasb egallaydi, har tomonlama kamol topadi.

Ehtiyojlar tizimida mehnat qilish, dam olish, ish qobi­liyatini tiklashga bo‘lgan ehtiyojlarga ajratiladi.

Mehnat ehtiyoji insonningo‘zida mujassamlashgan. Meh­natsiz inson yashay olmaydi, Chunki mehnatsiz nozu-ne’matlarni yaratib bo‘lmaydi va inson shaxsi kamol topa olmaydi. Mehnat ehtiyoji insonda jismoniy mehnat qilish va aqliy qobiliyati borligidan kelib chiqadi. Inson mehnatda o‘z o‘rnini topib va qobilyatini ishga solib, obro‘-e’tibor qozonishga harakat qiladi. Inson mehnat qilar ekan, albatta ish qobiliyatini tiklash uchun dam olishi va turli ko‘ngilochar tadbirlarda qatnashishiga ehtiyoj sezadi.

Ehtiyojlar qondirilishi jihatidan yakka tartibda va bir­galikda qondiriladigan ehtiyojlarga bo‘linadi. Har bir inson o‘ziningehtiyojlarining bir qismini yakka tartibda, ikkinchi qismini esa boshqalar bilan birgalikda qondiradi. Yakka tartibda qondiriladigan ehtiyojga yagona o‘lchov bilan yondashib bo‘lmaydi. Moddiy ehti­yojlarning ko‘pchiligi odatda yakka tartibda qondiriladigan ehtiyojlarni tashkil etsa, ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlar ko‘proq birga­likda qondiri­ladigan ehtiyoj­lardan iborat. Masalan, kiyim kiyishga bo‘lgan ehtiyoj yakka tartibda, bilim olishga bo‘lgan ehtiyoj birgalikda qondiriladi.

5. Кo‘zlangan maqsadiga qarab shaxsiy va unumli, ya’ni ishlab chiqarish ehtiyojlari farqlanadi. Iste’mol tovarlari va iqtisodiy resurslarga bo‘lgan ehtiyoj shular jumlasidandir. Birinchisi insonning bevosita ehtiyojlari bo‘lib, uninghayot kechirishi, har tomonlama kamol topishiga qaratiladi. Ishlab chiqarish ehtiyojlari esa kishilar uchun bilvosita ehtiyojlar hisoblanib, uning yordamida inson yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan turli ne’matlar ishlab chiqarish uchun zarur ishlab chiqarish vositalari unumli iste’mol qilinadi.

Qaydqilingan ehtiyojlarning barchasi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, biri ikkinchisini taqozo qiladi hamda yagona umumjamiyat ehtiyojlari tarzida shakllanadi.

Jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi kishilar va davlat ehtiyojlarining cheksizligi, ularning to‘xtovsiz yangilanib va ortib borishi ehtiyojlarningo‘sib borishi iqtisodiy qonunda o‘z ifodasini topadi. Mazkur qonun nafaqat ehtiyojlarning miqdoran o‘sib borishini, balki ularning tarkiban yangilanib turishini, eskilariningo‘rniga yangilarining kelishini bil­diradi. Ehtiyojlarningo‘sib borishi qonuni ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o‘rtasidagi uzviy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni aks ettiradi. Ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirishga qara­tiladi va uning rivojlanishi yangi ehtiyojlarni yuzaga kel­tiradi. Ishlab chiqarish baynalminal tus olishi bilan ishlab chiqarish va ehtiyoj o‘rtasidagi bog‘liqlik xalqaro miqyosda aks etadi. Ma’lum bir mamlakatda paydo bo‘lgan ehtiyoj boshqa­lariga tarqalib, xalqaro mazmunga ega bo‘ladi. Xalqaro aloqa­lar rivojlanib borgani sari ehtiyojlarning milliy xusu­siyatlari bilan bir qatorda uning millatlararo, baynalminal belgilari rivoj topib boradi.

Ehtiyojlar o‘zaro bir-birini taqozo qilishi sababli bir ehtiyoj o‘z orqasidan boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kom­pyuter texnikasiga ehtiyojning paydo bo‘lishi, o‘z navbatida uni ishlatish, o‘rganish, xizmat ko‘rsatish va dastur tuzishga ehtiyojlarni keltirib chiqaradi.

Ehtiyojlarningo‘sib borishi bir tekis, uzluksiz bo‘lmaydi. Uningo‘sishiga qarshi ta’sir qiluvchi omillar ham mavjud bo‘ladi. Ishlab chiqarish holati, jamiyatdagi hukmron munosa­batlar, favqulodda yuz beradigan hodisalar (urushlar, iqtiso­diy tizim almashishi) va tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, yong‘in kabilar) ehtiyojlarningo‘sib borishiga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi omillardir. Shunday qilib,ehtiyojlarningo‘sib borish qonuni mavjudehtiyojlarning miqdoran o‘sib borishida, mutlaqo yangilarining paydo bo‘lishida, muayyan ehtiyojlar doirasida uning turlari nisbatiningo‘zgarishida va bir ehti­yoj­ning boshqasi bilan almashinishida namoyon bo‘ladi. Ehtiyoj­larningo‘sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o‘sib borgan taqdirda ham uni ta’minlash uchun zarur bo‘ladigan iqtisodiy resurslar cheklan­gandir.

Кishilik jamiyati taraqqiyoti tarixiga nazar tashlansa ehtiyoj­larning miqdoran o‘sib, tarkiban takomillashib borishi aniq namoyon bo‘ladi. Ehtiyojlarning uzluksiz o‘zgarib turishi har qanday jamiyatga xosdir. Qondirilgan ehtiyoj yangi ehtiyojlarni keltirib chiqarishi xalqda «Insonning ko‘zi tuproqqa to‘lganda to‘yadi» degan naql kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Hozirgi zamon fanida ehtiyojlar cheksiz, ular o‘sishining to‘xtashi, jamiyat hayotini to‘xtashini bildiradi deb e’tirof etishadi. Ehtiyoj o‘sib bormaganda ishlab chiqarishning taraqqiy etishiga ham zarurat bo‘lmas edi.

Ehtiyojlarning yuksalishi ikki yo‘nalishda amalga oshadi.

1. Кishilarningehtiyoji miqdoran o‘sib boradi. Bu bir tomondan aholi sonining ko‘payib borishi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, iste’molning ortishi bilan bog‘liq.

2. Ehtiyojlar tarkibi o‘zgarib, yangilanib va ko‘payib boradi. Ayrim ehtiyojlar yo‘qolib, o‘rniga yangisi keladi. Ishlab chiqarish­ningo‘zi ehtiyojlarningo‘sishiga va tarki­biningo‘zgarishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Shuning uchun ehtiyojlar borgan sari tarkiban yangilanib, ko‘payib sifat jihatdan o‘zgarib boradi. Ishlab chiqarish ta’sirida mutlaqo yangi ehtiyojlar vujudga keladi va ayni vaqtda eskilari yo‘qolib boradi.

Chunki, ishlab chiqarish orqaligina turli ne’matlar yaratiladi va muayyan ehtiyojlarni qondirishga imkoniyat ham vu­judga keladi. Mavjudehtiyojningqondirilishi o‘z navbatida yangi ehtiyojlarni vujudga keltiradi. Masalan, avtomobil sotib olib ehtiyojningqondirilishi o‘z navbatida qator yangi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi: mashina turadigan joyga, yonilg‘i, ehtiyot qism, sug‘urta qildirish, soliqlar to‘lash va hokazolarga ehtiyojlar shular jumlasidandir.

Fan-texnika taraqqiyotining tezlashuvi, aholi turmush tarzi o‘zgarishi ham ehtiyojlarni tubdan o‘zgartiradi. Yangi ixtirolarni ommaviy ishlab chiqarish o‘z navbatida ularga xos ehtiyojlarni vujudga keltiradi. Masalan, kir yuvish mashinasi, planshetva boshqalarga ehtiyoj.

Ishlab chiqarishning rivojlanishi kishilar hayotining ijtimoiy-maishiy va madaniy sharoitlariga ham ehtiyojlarni shakllantiradi. Bunga oddiygina misol, dastlabki ibtidoiy odamlarning ovqatlanishi bilan hozirgi zamon ovqat tayyorlash texnologiyasi tubdan farqqiladi.

Ishlab chiqarish ehtiyojlarni shakllantirar ekan, o‘z nav­batida ehtiyojlar ham ishlab chiqarishga ta’sir etadi. Birin­chidan, ehtiyojlar yaratuvchanlik faoliyatining aniq yo‘nalishiga asos bo‘ladi, ikkinchidan inson ehtiyojlarining miqdor va sifat jihatdan tez o‘zgarishi ishlab chiqarishning unga mosla­shishini taqozo etadi.

Bu qonun ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o‘rtasida o‘zaro uzviy bog‘liqlik va ehtiyojlarning yuksalishi murakkab tarzda kechishini ko‘rsatadi. Ehtiyojlarning cheksizligi nisbatan ko‘proq ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlarga taalluqli. Shu sababli, A.Smit «ovqatga intilish har bir odamda kishi oshq­o­zonini kichik sig‘imi bilan cheklanadi, lekin qulayliklarga hamda uy-joy, kiyim-kechak, uy sharoiti va anjomlarni bezashga intilish aftidan cheksiz yoki muayyan chegaralarga ega bo‘lmasa kerak» deb ta’kidlagan.

Ehtiyojlarni qondirilish darajasi (EQD) har bir davrda haqiqiy iste’mol (HI)ni ehtiyojlarning umumiy darajasi (EUD)ga nisbati orqali aniqlanadi, ya’ni


Download 26,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish