II Milliy boylik.
Iqtisodiy o‘sishning asosi moddiy ishlab chiqarishdir. U jamiyatda nafaqat axolining joriy extiyojlarini qondliribgina qolmasdan, shu bilan birga milliy boylikning ko‘payib borishi manbai xamdir.
Milliy boylik nima?
Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida inson mexnati bilan yaratilgan va butun tarixiy taraqqiyot moboynida jamg‘arib kelinayotgan moddiy va ma'naviy ne'matlar, iste'mol qiymatlarining yig‘indisidir. Millyi boylik jamiyatda axoli turmushi va ma'naviy darajasining negizi, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning moddiy asosi va pirovad natijasidir.
Millyi boylikni tashkil etadigan moddiy ne'matlarning xosil bo‘lishi jixatidan
a) bir qismi inson mexnatining natijasi bo‘lsa,
b) ikkinchi qismi ishlab chiqarish jaaryoniga jalb etilgan tabiiy boylik resurslaridan iborat.
Tabiiy resruslar jamiyat tasarrufidagi yer, o‘rmon, suv, foydali qazilmalardan iborat. Ular milliy boylik moddiy ne'matlar qismining yaratilishi uchun asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Millyi boylikning moddiy qismi jamityada avlodlar mexnati, ya'ni ishlab chiqarish va unumli mexnatning natijasidir.
Milliy boylikning o‘ziga xos xususiyatlari:
A) uning mexnat maxsuli ekanligi va ko‘payib borishi.
B) jamg‘arila borish va takror xosil bo‘lishi.
G) muayyan mol-mulk sifatida kishilar tasarrufio‘da bo‘lishidir.
Milliy boylik va uning tarkibiy tuzilishi, uni tashkil etgan qismlarning sifati, ijtimoiy takror ishlab chiqarishning muxim omilidir, mamlakat iqtisodiy qudratining eng muxim ko‘rsatkichidir. Milliy boylik xajmining ko‘payishi xaq turmush darajasining oshirishi uning muxim shartidir. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida milliy boylik faqat o‘sibgina qolmasdan, yangidan yaratilgan maxsulotlar xisobiga to‘ldirilib va doimo yangilanib boradi. Shu tariqa iqtisodiy taraqqiyotning natijasi yuzaga keladi.
Milliy boylikning bir qismi ishlab chiqarish resurslari sifatida sarflansa, ikkinchi qismi iste'mol vositasi sifatida sarflanadi.
Jamiyat ixtiyoridagi milliy boylik, uning ishlab chiqarish resurslari shu jamiyatning iqtisodiy kuch-quvvatini, ularning iqtisodiy saloxiyatini tashkil qiladi. Iqtisodiy potensial jamiyatning ishlab chiqara olish qobiliyatidir.
Bunday qobiliyat yaratilgan yalpi milliy maxsulotda ishlab chiqarishning pirovard natijasida o‘z ifodasini topadi. Erishilgan iqtisodiy saloxiyat aloxida ishlatilgan saloxiat bo‘lib, uning ishlab chiqarish darajaini bildiradi. Kelajakdagi saloxiyat esa to‘la to‘kis ishlatiladigan saloxiyat bo‘lib, resurslardan maksimal darajada foydalanishni taqazo etadi. Bo‘ljak saloxiyat aloxida erishilgan saloxiyatdan ortiq bo‘ladi. Iqtisodiy potensial quiydagi usullardan iborat: mexnat potensiali , texnika-texnologiya potensiali, ilm-fan (intelektual) va tabiiy saloxiyat mexnat potensiali axolining ishlab chiqarishga layoqatli qismi bo‘lib, uning miqdorini ishga yaroqli kishilar soni tashkil etadi. Sifati esa axolining bilish darajasni, kasbiy va malka tajribasiga bog‘liq. Rivojlangan mamlakatlarda bu usul iqtisodiy o‘sishning ta'minlashdagi xissasi 20-25% ni tashkil etadi.
Texnika-texnologiya potensiali jamiyat ixtiyoridagi mashinalar, asbob uskulnalarning miqdori, ularning texnik va texnologiya darajasi va tarkibidan iborat.
Tabiiy potensial cheklangant bo‘lib, u yer, suv zaxiralari, o‘rmon va yer osti boyliklari, suv boyliklari, iqlimiy qulayliklardan iborat. Tabiiy resurslarning kamyobligi tufayli vujudga keladigan qiyinchilik va to‘siqlarni texnik – texnologik potensial yordamtda bartaraf etish mumkin. Masalan: Yaponiya tabiiy resusrlarining kamyobligini o‘zining yuksak texnik-texnologik potensiali yordamtda qoplaydi. O‘zbekiston boy tabiiy moddiy va mexnat resurslariga ega. Vazifa bu resurslardan oqilona, tejamkorona va samarali foydalanish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |