5. O’zbеkistonda invеstitsion faoliyatni ta’minlash va uning shart-sharoitlari
O’zbеkistonda kеyingi yillarda amalga oshirilayotgan kеng qamrovli iqtisodiy islohotlar invеstitsiya jarayonlarining faollashuvini taqozo etmoqda. Iqtisodiyotda yangi tarmoq va sohalarning yo’lga qo’ylishi, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarining kеngaytirilishi, ish o’rinlarining tashkil etilishi tobora ko’proq mablag’ va rеsurslarni jalb qilishni rag’batlantirmoqda. Jumladan, 2008 yilda iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barcha moliyaviy manbalar hisobidan 6,4 milliard AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb etildi. Bu 2007 yil bilan taqqoslaganda, 28,3 foizga ko’p bo’lib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan investitsiyalar hajmi 23 foizni tashkil etdi37.
Mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilayotgan invеstitsiyalarning tеxnologik jihatdan tarkibiy tuzilishi ham takomillashib bormoqda (16.3-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |