Kredit turlari:
Bank krediti - kreditning asosiy va etakchi shakli bo'lib, u pul egalari - banklar, mahsus kredit muassasalari tomonidan - tadbirkorlar, davlat, xonadonlarga ssuda shaklida berilgan qarz.
Xo'jaliklararo kredit - bir firma (muassasa) tomonidan ikkinchisiga qarz berilishi bo'lib, bu ichki ho'jalik hisobi bo'g’inlariga hizmat qiladi.
Tijorat krediti - korhonalar, (firmalar) birlashmalar va boshqa ho'jalik subektlarining bir-biriga beradigan qarzlari. Bu holda ko'proq tovarlar qarzga beriladi, tovarlar sotilgach uning puli to'lanadi. Tovarni qarzga oluvchi qarzdorlik guvohnomasi - vekselni shu qarzga olgan tovar egasiga beradi va qarz to'langach veksel, o'z egasiga qaytariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |