Yerga egalik jismoniy va huquqiyshaxslarning ma’lum yer uchastkasiga tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi egalik huquqini tan olishini bildiradi. Yerga egalik deganda avvalo yerga bo’lgan mulkchilik huquqi va uni iqtisodiy jihatdan realizatsiya qilish ko’zda tutiladi. Yerga egalikni yeri bo’lgan mulkdor (bizda davlat) amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasining Yer kodeksida ta’kidlanganidek «Yer uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatliegalik qilish hamda ulardan foydalanish uchun berilishi mumkin».
Do'stlaringiz bilan baham: |