Tovar-pul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga egadir. Tovarga ta’rif berishda ham iqtisodchilar tomonidan turlicha yondashuvlar mavjud. Jumladan, ye.F.Borisov ta’rifiga ko‘ra «Tovar – bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida ayirboshlashga mo‘ljallangan, mehnat orqali yaratilgan ijtimoiy naflikdir».3 Bundan ko‘rinadiki, u tovarga inson mehnati mahsuli sifatida qaraydi.
V.I.Vidyapin va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda «ne’mat» va «tovar» tushunchalariga keng izoh berilgan. Unda tovar iqtisodiy ne’matning maxsus shakli bo‘lib hisoblanishi ko‘rsatib berilgan: «Tovar – bu ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy ne’mat».4 Bu va boshqa qator olimlarning fikrlari asosida ta’kidlash mumkinki, tovar – bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo‘lgan ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsuli.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida mamlakatlarda ishlab chiqarilayotgan millionlab turdagi mahsulotlar va ko’rsatilayotgan xizmatlar tovar shaklini olgan. Jumladan, O’zbеkistonda ham ishlab chiqarilayotgan ko’plab turdagi tovarlardan ba’zilarini misol kеltirish mumkin (4.2-jadval).
Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida tovar ishlab chiqarishni rivojlantirish iqtisodiyotni modеrnizatsiyalash va divеrsifikatsiyalash jarayonlarini kuchaytirishni taqozo etib, bu mamlakatimizdagi 2009-2012 yillarga mo’ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturida ham o’z ifodasini topgan5. Ishlab chiqarishni zamonaviy tеxnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan tеxnik va tеxnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o’z ichiga oluvchi ishlab chiqarishni modеrnizatsiyalash jarayoni pirovardida tovarlar miqdorining oshishi, sifatining takomillashuvi va turlarining ko’payishiga imkon yaratadi. Ayniqsa, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni sotish bozorlarini kеngaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalarini kеngaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimеntlarini ko’paytirish, ularning sifatini takomillashtirishdan iboratdivеrsifikatsiya jarayoni tovar ishlab chiqrishni kеngaytirishning muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.
1-jadval
O’zbеkistonda 2007-2008 yillarda ishlab chiqarilgan ba’zi tovar turlari
Do'stlaringiz bilan baham: |