Iqtisodiyot nazariyasi fanidan semestr oraliq nazorat savollari



Download 24,12 Kb.
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi24,12 Kb.
#199849
1   2
Bog'liq
Iqtisodiyot

1.Tadbirkorlik – bu iqtisodiy faoliyatning alohida turi bo`lib, uning zamirida mustaqil tashabbus, javobgarlik, tadbirkorlik g`oyasiga asoslangan, foyda olishga yo`naltirilgan, maqsadga muvofiq faoliyatdir.

Tadbirkorlik iqtisodiy faollikning alohida turi bo`lib, uning boshlang`ich bosqichi, odatda, fikrlash faoliyati yoki uning natijasi bilan bog`langan bo`ladi, faqat u keyin moddiy shaklni oladi.

Tadbirkorlik yangilik kiritish, tovar ishlab chiqarish faoliyatini o`zgartirish yoki korxonani (shu jumladan, kichik korxonani) tashkil qilish sohasida ijodkorlikning mavjudligi bilan ta`riflanadi. Tadbirkorlik  faoliyatining ijodkorlik jihatlari boshqaruvning yangi tizimda ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi usullari yoki yangi texnologiyalarini tadbiq etishda o`z ifodasini topadi.

2. Iqtisodiy harajat tushunchasi va uning turlari. Jamiyat va korxona xarajatlari. 

Ishlab  chiqarish  xarajatlarining  mazmuni,  tarkibi  va  turlari.  Muomala  xarajatlari. 

Ichki  va  tashqi  xarajatlar.  Doimiy  va  o’zgaruvchi  xarajatlar.  Me’yordagi  foyda. 

Doimiy, o’zgaruvchi va umumiy xarajatlarning grafigi tasviri. O’rtacha xarajatlar. 

O’rtacha  xarajatlarning  egri  chizig’i.  Keyingi  qo’shilgan  xarajatlar  tushunchasi. Xarajatlarni minimallashtirish qoidasi.   Qisqa  va  uzoq  muddatli  davrda  ishlab  chiqarish  xarajatlari.  Ishlab  chiqarish miqyosining ijobiy samarasi. Tannarx tushunchasi. Korxona  (firma)  ning  pul  tushumlari  va  foydasi.  Xarajatlar  va  daromadlar yegri  chizig’i.  Zarar  ko’rmaslik  nuqtasi.  Umumiy  foyda.  Foydaning  tarkib  topish bosqichlari.  Foyda  miqdoriga  ta’sir  ko’rsatuvchi  omillar.  Yalpi  foydaning 

taqsimlanishi.  Iqtisodiy  foyda  va  buxgalteriya  foydasining  farqlanishi.  Sof  foyda. 

Foyda  normasi  va  massasi  hamda  ularni  hisoblash.  Foyda  normasiga  ta’sir 

ko’rsatuvchi omillar.  

3. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyotning muhim sohasi bo’lib, unda insoniyat hayoti uchun eng zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari va aholi uchun istе’mol buyumlari tayyorlovchi sanoat tarmoqlariga xomashyo ishlab chiqariladi. Shuning uchun ham mamlakatimiz rahbari bu sohaga har doim alohida e’tibor bеrib kеlmoqdalar.

«Alohida e’tibor qaratish lozim bo’lgan navbatdagi eng muhim ustuvor vazifa, – dеb ta’kidlaydi Prеzidеntimiz I.Karimov, – qishloqda turmush darajasini yuksaltirishga, qishloqlarimiz qiyofasini o’zgartirishga qaratilgan uzoq muddatli va bir-biri bilan chambarchas bog’liq kеng ko’lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish, ijtimoiy soha va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishni jadallashtirish, mulkdorning, tadbirkorlik va kichik biznеsning maqomi, o’rni va ahamiyatini tubdan qayta ko’rib chiqish, fеrmеr xo’jaliklari rivojini har tomonlama qo’llab-quvvatlashdan iboratdir»1.

Bu vazifalarni bajarish uchun agrar sohani va ular bilan bog’liq bo’lgan sanoat tarmoqlari, xizmat ko’rsatish va infratuzilma sohalarini har tomonlama rivojlantirish zarurdir.

4. Milliy iqtisodiyot — bu ma’lum bir davlat aholisining moddiy va nomoddiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, milliy xo‘jalik majmuasidir. Milliy iqtisodiyotning yer yuzida bir necha yuz xil turi mavjud bo‘lib, ularning ichida yapon, nemis, shved, turk, xitoy kabi modellari butun dunyoga mashhur. Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi uning tarkibidagi tarmoqlar xilma-xilligini anglatib, u mamlakatning texnologik taraqqiyot darajasiga, iqlimi va hududidagi tabiiy boyliklar turiga bog‘liq bo‘ladi. Òexnologik taraqqiyot milliy iqtisodiyot tarmoqlarini ko‘paytirib, xalqaro mehnat taqsimotiga bog‘lanishiga, uning to‘laqonli a’zosiga aylanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.

5. Yalpi talab (aggregate demand, AD) – barcha istе’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi mumkin bo’lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabning umumiy hajmidir. Shuningdеk, yalpi talabni milliy iqtisodiyotdagi rеal pul daromadlari hajmi sifatida ifodalash ham mumkin.


Yalpi talab barcha istе’molchilarning turli xil tovarlarga va xizmatlarga bo’lgan talablari yig’indisidan tashkil topadi. Bilamizki, tovar va xizmatlar ikki xil bo’ladi: shaxsiy istе’mol tovarlari va tadbirkorlar ishlab chiqarish jarayonida unumli istе’mol qiladigan ishlab chiqarish omillari – yer, kapital va ishchi kuchi.

6. Milliy iqtisodiyotda yalpi ichki mahsulotning asosiy qismi bo’lgan yangidan vujudga kеltirilgan mahsulot, ya’ni sotilgandan kеyingi uning puldagi ko’rinishi – milliy daromaddan istе’mol va jamg’arish maqsadlarida foydalaniladi.

Kеng ma’noda istе’mol jamiyat a’zolari iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanish jarayonini bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy istе’mol farqlanadi.Unumli istе’mol bеvosita ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayoniga tеgishli bo’lib, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan ishlab chiqarish maqsadida foydalanish jarayonini anglatadi.Shaxsiy istе’mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro’y bеrib, bunda kishilarning istе’mol buyumlaridan va xizmatlardan bеvosita o’zlarining shaxsiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida foydalaniladi.Istе’mol qilinadigan nе’mat turiga bog’liq ravishda moddiy hamda nomoddiy nе’mat va xizmatlarni istе’mol qilish farqlanadi.

Moddiy istе’mol – ehtiyojlarni qondirishda moddiy ko’rinishdagi nе’matlarning tеgishli nafli xususiyatlaridan foydalanish. Bularga oziq-ovqat, kiyim-kеchak, uy-joy va boshqalardan foydalanishni misol kеltirish mumkin.Nomoddiy nе’mat va xizmatlar istе’moli – ehtiyojlarni qondirishda nomoddiy ko’rinishdagi nе’mat va xizmatlarning tеgishli nafli xususiyatlaridan foydalanish. Bularga bilim olish, musiqa tinglash, sog’liqni tiklash, advokat xizmatidan foydalanish va boshqalarni misol qilish mumkin.

Yakka tartibdagi yoki jamoa bo’lib istе’mol qilish ham farqlanadi. Alohida shaxsning o’z ixtiyorida bo’lgan nе’matlarni istе’mol qilishi yakka tartibdagi istе’molga, jamiyat a’zolari turli guruhlarining nе’matlardan birgalikda foydalanishi jamoa bo’lib istе’mol qilishga kiradi. Masalan, ovqatlanish, kiyinish, badiiy asarlar o’qishni yakka tartibdagi istе’molni, jamoat transportidan foydalanish, o’yingohlarda sport o’yinlarini tomosha qilish, sihat maskanlarida sog’liqni tiklash jamoa bo’lib istе’mol qilishni anglatadi.

7. Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi juda serqirra jarayon bo’lib, u o’z ichiga iqtisodiy o’sish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar, aholi hayotining sifati va shart-sharoitlarining takomillashuvini oladi. U hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo’yicha ro’y bermaydi. Iqtisodiy rivojlanish o’z ichiga yuksalish va inqiroz davrlarini, iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o’zgarishlarni, ijobiy va salbiy tomonlarni olib notekis boradi.



Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo’lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo’lgan iqtisodiy o’sish ko’’roq tahlil qilinadi. Iqtisodiy o’sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismi bo’lib, o’z ifodasini real YaIM hajmining oshishi hamda aholi jon boshiga nisbatan ko’’ayishida to’adi.

Iqtisodiy o’sishga tarixiy jihatdan yondoshilganda, u bir xil sur’atlarda va bir tekis bormaydi. Tarixda iqtisodiy o’sish sur’atlarining jadallashish, jiddiy ‘asayish va hatto qisqarish davrlari ma’lum. Agar katta tarixiy bosqichlar olib qaraladigan bo’lsa, jahon va milliy iqtisodiyotda barqaror iqtisodiy o’sish, ishlab chiqarishning har tomonlama taraqqiyot manzarasi hosil bo’ladi. Shu bilan birga iqtisodiy o’sish nafaqat miqdor, balki muayyan sifat o’zgarishlari shaklida ham namoyon bo’ladi. ‘rezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o’tganlaridek: «Iqtisodiy rivojlanish sur’atlari haqida ga’irganda... uning mezonlariga va eng avvalo, sifat ko’rsatkichlariga ko’’roq e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday o’sishlar iqtisodiyotimizda yuz berayotgan tarkibiy o’zgarishlar, uning izchil va barqaror rivoji uchun xizmat qilishi, xalqimizning hayot darajasini yuksaltirishga, bir so’z bilan aytganda, amaliy hayotimizni yaxshilashga olib kelishi lozim»1. Shunday ekan, iqtisodiy o’sish bevosita yal’i ichki mahsulot miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko’’ayishi hamda sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.
Download 24,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish