Shartnomaviy narxlar – bu sotuvchi va xaridorning kelishuvi bilan
belgilanadi, ya’ni faqat ushbu tovarga bo‘lgan talab va taklifni hisobga oluvchi
narxlardir. Shartnomaviy narxlarning solishtirma og‘irligi ushbu mamlakat
iqtisodiyotining, «bozoriylashganlik» darajasini belgilab boradi.
Jahon baholari mintaqaning o‘ziga
xosligini, sharoitlarini va tijorat bitishuvlari
vaqtini aks ettirib, xalqaro savdoda qo‘llaniladi. Shuning uchun jahon narxlarining
hisob-kitobi eng yirik eksport-import amallari bazasida (asosida) o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: