Iqtisodiyot nazariyasi ” kafedrasi


Boylik va pul nazariyalari



Download 137 Kb.
bet4/18
Sana01.01.2022
Hajmi137 Kb.
#283658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
1111111111111111111SHAVKAT

Boylik va pul nazariyalari

Merkantilistlardan farqli ravishda, U.Petti fikri bo‘yicha, nafaqat qimmatli metall va toshlar hamda pul boylik hisoblanadi, balki mamlakatning yeri, uylar, kemalar, tovarlar va xatto uy jihozlari ham boylikni tashkil etadi. Bu masala bo‘yicha o‘z fikrini rivojlantirib bizning davrda keng tarqalgan «Mehnat boylikning otasi, yer esa uning onasi» degan iborani ishlatdi. Mamlakat boyligini ko‘paytirish uchun U.Petti qamoq jazosi o‘rniga pul jarimasini joriy etish zarurligini, pul to‘lashga «qurbi etmagan o‘g‘rilarni» esa «qullikka» mahkum etishni, ishlashga majbur qilishni tavsiya etadi. Bu merkantilistlarga qarama-qarshi tarzda, boylik, eng avvalo, mehnat bilan yaratilishini bildiradi, ya’ni xo‘jalik hayotidagi pulning «asosiy» rolini inkor etadi. U.Petti bu fikrni rivojlantirib chetga pul chiqarishni ta’qiqlash bema’ni narsa ekanligini ko‘rsatib o‘tadi. Davlatning bunday hatti-harakati, uning fikri buyicha, mamlakatga chetdan tovar keltirishni man etish bilan bir narsadir. U.Petti bu fikrlari bilan o‘zini pulning miqdoriy nazariyasi tarafdori ekanligini ko‘rsatdi va muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori to‘g‘risidagi qonuniyatni tushunganligini namoyish etdi. Ammo shu bilan birga uning iqtisodiyotdagi pulning rolini yuzaki tushunganligi aniq ko‘rinadi. Bir tomondan, pulning miqdoriy nazariyasi haqiqatdan ham «pul o‘z- o‘zidan boylik mazmunini anglatmasligini» ko‘rsatdi, ikkinchi tomondan esa U.Petti va undan keyingi boshqa klassik iqtisodiy nazariya mualliflari, M.Blaug so‘zi bilan aytganda, u (pulning miqdoriy nazariyasi) asosiy e’tiborni pulning muomala vositasi sifatidagi roliga qaratgan holda, tovar va pul bozorlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni keltirib chiqaruvchi pulning qimmatni saqlash vositasi sifatidagi funktsiyasini inkor etdi. Shuning uchun merkantilizmga nisbatan to‘g‘ri tanqidlari bilan birga, U.Pettining bu borada noto‘g‘ri tushunchalari ham bo‘lgan. Masalan, u savdo va savdo kapitalining milliy boylik yaratishdagi ishtirokini inkor etdi va hatto savdogarlar sonini ancha kamaytirishni qattiq turib ma’qulladi. U.Petti savdogarlarni davlatning «qonini» taqsimlash bilan shug‘ullanuvchi «o‘yinchilar»ga o‘xshatadi. U «qon» deganda qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlarni nazarda tutadi.




Download 137 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish