3.O’zbekistonda mulkchilik tizimini rivojlanishining fundamental
asoslari.
O‘zbekiston Fuqarolik Kodeksiga muvofiq, davlat mulki Respublika
mulkidan va ma‘muriy xududiy tuzilmalar mulkidan (munitsipal mulkidan)
iboratdir. Yer-suv, yer osti boyliklari, havo bo‘shligi, o‘simlik va hayvonot
dunyosi, hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika hokimiyati va boshqaruv
tuzilmalari, oltin zaxirasi, valyuta fondiva boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi.
Mulchilik o‘zlashtirish borasidagi munosabat bo‘lar ekan, u egalik qilish,
foydalanish va tasarruf etishning yaxlitligini taqozo etadi. Mana shu uch jihat
mulchilikning ajralmas unsurlaridir.
Egalik qilish — mulkdorlik huduqini mulk egasi qo‘lida saqlanib turishidir. Egalik sharoitida mulk bo‘lgan boylik qisman o‘zlashtirilada. Mulkka egalik saqlangan holda, uni amalda ishlatish o‘zga qo‘lida bo‘ladi. Buning oqibatida mulkdan kelgan naf ikki qismga ajraladi: bir qismini mulkdor, ikkinchisini mulkni amalda ishlatuvchi o‘zlashtiradi. Masalan, bino ijaraga berilganda egalik qilish mulkdor qo‘lida qoladi va u mulkdan kelgan nafning faqat bir qismini ijara haqi shaklida o‘zlashtiradi, Boshqa qismni esa ijarachi o‘zlashtiradi. Xullas, egalik qilish qisman, cheklangan o‘zlashtirishni bildiradi.
Foydalanish, ishlatish — mulk bo‘lgan boylikni iqtisodiy faoliyatda qo‘llab,
xo‘jalik jarayoniga kiritib, undan natija olishdir. Foydalanish yuz berganda boylik daromad topish yoki shaxsiy ehtiyojni so‘ndirish uchun ishlatiladi. Mulkdor o‘z mulkini o‘zi ishlatganda egalik qilish va foydalanish bir qo‘lda bo‘ladi, olingan natijani mulkdor tanho o‘zi, boshqa bilan baham ko‘rmagan holda o‘zlashtiradi. Egalik qilish va fovdalanish ajralganda mulk keltirgan naf ham taqsimlangan holda o‘zlashtiriladi.
Tasarruf etish - mulk bo‘lgan boylik taqdirini mustaqil hal etish, ya‘ni mulkni sotib yuborish, ijaraga berish, merosga qoldirish, asrab-avaylab ko‘paytirish yoki uni yo‘qotib yuborishdan iborat xatti-harakatlarni amalga oshira bilishdir. Mulkchilik munosabatga ega albatta, uning ob‘ekti va sub‘ekti bo‘lishi shart. Mulkchilik xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqariladi.
Fuqarolik huquqlari obyektlari (FHO) o‘zlarining xossalari bilan bog‘liq
funksiyalarini mulkiy munosabatlarda to‘liq bajarishida va uni bir mulkiy huquq
subyektidan boshqasiga qonuniy ravishda shaffof o‘tishida optimal proporsiyali
tuzilmaga ega mulkchilik shakllariga asoslangan samarali mulkchilik tizimining
modeli muhim ahamiyatga ega. Bunda mulkchilik tizimning tarkibiy qismlari bo‘lgan mulkdorlik institutlari, ularning mulkiy munosabatlari uchun mulk turlari bilan bog‘liq professional xizmatlar bozori va mulk narxi shakllanuvchi mulk bozori faoliyatlari samaradorligiga ham da davlatning samarali regulyativ siyosatiga erishish dunyoning barcha mamlakatlari ijtimoiy-iqisodiy rivojlanishida muhim aha- miyat kasb etadi. Demak, mulkiy munosabatlar samarali bo‘lishi uchun davlat mulkiy huquq subyektlari (MHS) uchun samarali bo‘lgan mulkchilik tizimini, ayniqsa, hususiy mulkchilik tizimini, shakllantirishi zarur. Zero, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati- ning samaradorUgi mulkchilik tizimining samaradorligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq, bunda hususiy mulkchilik tizimi esa xalq farovonligini va biznes samarasini
belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |