Mulkchilik
shakllari
Davlat mulki
Aralash mulk
Jamoa mulki
Xususiy mulk
Shaxsiy mulk
Davlat mulki – bu mulkka egalik qilish, foydalanish, o’zlashtirish
va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo’lgan barcha mulk ob‘ektlaridan iborat.
Bu mulk asosan ikki yo’l bilan hosil bo’ladi:
- birinchisi, xususiy mol-mulk milliylashtirilib, davlat ixtiyoriga o’tkaziladi,
- ikkinchisi, davlat mablag’lari hisobidan korxonalar
qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarga investitsiyalar kiritish.
Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib bo’lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshoatlar va transport vositalari, yo’llarni ko’rsatish mumkin.
O’zbekiston Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika mulkidan va ma‘muriy-xududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkidan iborat bo’ladi.
Yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo’shlig’i, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda
boshqa tabiiy resurslar, respublika hokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol
mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablag’lari, oltin zahirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi.
Ma‘muriy-xududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkidan davlat hokimiyati mahalliy organlar mol-mulki, mahalliy byudjet mablag’lari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo’jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualari, xalq ta‘limi, madaniyat, sog’liqni saqlash muassasalari kabi mol-mulki bo’ladi.
Jamoa mulki – bu ixtiyoriy ravishda jamoaga birlashgan kishilar tomonidan
moddiy va ma‘naviy boyliklarni yaratish va uni hamjihatlik bilan o’zlashtirilishidir. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to’lab korxona qurishi, aksiya chiqarib uni sotish yo’llari bilan shakllanadi.
Jamoa mulkiga kooperativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, aksionerlar
jamiyatlari, xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarning, jamoa tashkilotlari va diniy
tashkilotlarining mulki kiradi, bu mulkka ayrim shaxslar emas, balki ma‘lum
guruh, kishilar egalik qiladilar.
Shaxsiy mulk - bu har bir kishining mulki bo’lib, bu mulkdan shaxsiy yoki
oilaviy ehtiyojni qondirish uchun foydalaniladi va qonun bilan himoya qilinadi.
Shaxsiy mulk har bir kishining mehnat daromadlari evaziga hosil bo’ladi va
ko’payib boradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aksiyadan kelgan
dividend, bank foizlari, xususiy tadbirkorlik daromadi, mulkini ijaraga berishdan
kelgan daromad kabi yangi manbalarga asoslanadi.
Shaxsiy mulk ob‘ektlari – bu turar joylar, bog’-hovli va uylar, transport
vositalari, pul jamg’armalari, uy-ro’zg’or va shaxsiy iste‘mol buyumlari, yakka
tartibda faoliyati uchun kerakli bo’lgan ishlab chiqarish vositalari hisoblanadi.
Xususiy mulk – bu ayrim tadbirkolarga, sohibkorlarga, ishbilarmonlarga qarashli
yollanma mehnatga asoslangan va egasiga foyda keltiruvchi mulkdir.
O’zbekiston Respublikasi “Mulkchilik to’g’risida”gi Qonunning 7-moddasida“Xususiy mulk o’z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir” - deb ko’rsatilgan va qonunlar doirasida uning miqdori va qiymati cheklanmasligi ham qayd etilgan. Xulosa o’rnida aytish mumkinki, turli shakldagi mulklarning qo’shilishi natijasida aralash mulk paydo bo’ladi va bu mulkdan hosil bo’lgan daromaddan har bir sub‘ekt - mulk egasi -o’zining ulushini oladi va bu mulkni rivojlanishidan manfaatdor bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |