Iqtisodiyot” kafedrasi


O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning tamoyillari va xususiyatlari



Download 460,42 Kb.
bet4/17
Sana22.06.2022
Hajmi460,42 Kb.
#690701
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Bozor iqtisodiyoti sharoitida maxsulotlarga narx belgilash mexanizmi va narx siyosatini boshqarish

1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning tamoyillari va xususiyatlari
Ma‘lumki, bir tizimdan ikkinchi tizimga o’tishning revolyutsion va evolyutsion yo’llari mavjud. Polsha, Chexoslovakiya, Rossiya bozor iqtisodiyotiga o’tishning revolyutsion yo’lini tanlab, birdaniga katta o’zgarishlar qilishni ma‘qul topdilar.
O’zbekiston esa o’ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo’ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyutsion to’ntarishlarsiz, itimoiy to’qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani ko’chaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qay‘iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan va boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lini tanladi.
Mamlakatimiz Prezidenti ko’rsatib o’tdiki, “Bizning bozor munosabatlariga o’tish modelimiz Respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, ananalar, urf-odatlar va turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga, o’tishdagi iqtisodiyotni bir yoqlama, besunaqay rivojlantirishning mudhush merosiga barham berishga asoslanadi”.
O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tish yo’li ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo’lni amalga oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan 5 ta tamoyil asos qilib olingan:
1. Iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligining ta‘minlash;
2. O’tish davrida davlatning bosh islohotchi bo’lishi;
3. Butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi, qonunlar ustuvorligini ta‘minlanishi;
4. Bozor munosabatlariga o’tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
5. Bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun tegishli huquqiy negizni, bozor infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko’nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo’ladi. Shu sababli bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish maqsadga muvofiq bo’ladi deb ko’rsatib berilgandir. Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o’zgartirish bilan cheklanmaydi. U ijtimoiy sohalarni, shu jumladan siyosiy, ma‘naviyaxloqiy, maishiy va boshqa sohalarni ham tubdan o’zgartirishni ham taqozo qiladi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotinig boschiqma-bosqich, evolyutsion yo’li bilan o’tish haqidagi goya juda muhim va afzal ekanligini ko’rsatadi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich bo’lishi Prezident I.Karimov asarlarida belgilab berilgandir.
Bozor aloqalarining qonuniylik darajasiga ko‘ra:
► rasmiy (legal) bozor;
► norasmiy (xufyona) bozor.
Bozorlar tizimi - turli-tuman mezonlar asosida alohida unsurlarga ajratilgan barcha bozorlar majmuyidir.
Investitsiyalar bozori –pul bozorining bir turi bo’lib, bunda bozor munosabatlarining obyekti kapital qo'yilmalari hisoblanadi.
Innovatsiyalar bozori - bu yangiliklar, kashfiyotlar, ratsionalizatorlik takliflari bozori.
Moliya bozori. Bu bozor turli-tuman va ko'p jihatli bo’lsa ham, olish-sotish obyekti - bitta pul (pulga tenglashtirilgan qog'o/lar) hisoblanadi va turli xil shakllarda chiqadi. ortiqcha mablag’larga ega bo’igan xo‘jalik subyektlari, bu moliyaviy resurslanii, mablag’lar kamyobligini sezgan subyektlarga taklif qiladi.
Moliya bozorining tuzilishi (moliyaviy bitimlarning xarakteriga ko‘ra) qarz majburiyatlari bozorida olingan pul shaxsiy iste'mol uchun ishlatiladi.
Kapital bozorida qo'vilgan puldan daromad olishi huquqi sotiladi va sotib olinadi.
Qimmatli qog’ozlarning birlamchi bozorida ulaming yangidan chiqanligan nusxalari sotiladi va sotib olinadi;
ikkilamchi bozorda esa oldin chiqarilganlart harakatda bo’ladi.
Moliya bozorining yana bir turi valuta bozoridir. Bu yerda turli mamlakatlar valutasi oldi-sotdi qilinadi. Valuta bozori amaliyotda valuta bilan savdo qiluvchi banklar va valuta auksioni ko‘rinishida bo‘ladi.
Mehnat birjasi -ishchilar va tadbirkorlar o ‘rtasidagi ishchi kuchini olish-sotish bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsizlami ro'yxatga oluvchi muassasa.
Birinchi bosqich quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib quyilganligi ta‘kidlanadi:
- totalitar tizimning og’ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish;
- Respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakillantirish.
1. Bu vazifani bajarish birinchi bosqichda isloh qilishning qo’yidagi muhim yo’nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi:
- o’tish jarayonining haqiqiy asoslarini shakillantirish islohatlarning qonuniy-huquqiy negizini mustahkamlash;
- mahaliiy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini xususiylashtirish, qishloq xo’jaligida va xalq xo’jaligining boshqa sohalarida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;
- ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning
barqarorlashuvini ta‘minlash. Bu vazifalarni baarilishi keyingi bosqichning strategik maqsadlari va ustun yo’nalishlarini belgilab olish imkonini berdi. Ikkinchi bosqichда investitsiya faoliyatini ko’chaytirish, chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o’sishni ta‘minlab, bozor munosabatlarini to’liq joriy qilish maqsad qilib qo’yiladi. Shu maqsaddan kelib chiqib I. A. Karimov asarida bu bosqich uchun quyidagi bir qator vazifalar ajratib ko’rsatildi:
- davlat mulklarini xussiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga yetkazish;
- ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash;
- milliy valyuta - so’mni yana ham mustahkamlash;
- iqtisodiyotning tarkibiy to’zilishini tubdan o’zgartirish, xomashyo yetkazib berishdan tayor mahsulo ishlab chiqarish o’tish
2. O’tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta‘minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni ko’chaytirish, ularga tegishli yordam ko’rsatish borasida birinchi bosqichda tutilgan yo’li davom ettiriladi. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta‘kidlab o’tganlaridek, hozirgi bosqichda “erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ham ijtimoiy, ham siyosiy vazifalarini hal qilishning asosiy shartidir”. Bu esa iqtisodiyot sohasida quyidagi aniq vazifalarni amalga oshirishni ko’zda tutadi:
- iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan o’tkazish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish;
- xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida amalda mulkdorlar sinfini shakllantirish;
- mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini avvalo, bevosita yo’naltirilgan sarmoyalarni jalb etish uchun qo’lay huquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish;
- kichik va o’rta biznes iqtisodiy taraqqiyotda ustuvor o’rin olishiga erishish;
- mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko’lamda integratsiyalashuvini ta‘minlash;
- iqtisodiyotda mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish kabi vazifalar ikkinchi bosqichda sobit qadalik bilan bajarilmoqda.
Bozor iqtisodiyotiga inqilobiy yo’li bilan ya‘ni jadal usulda yoki evolyutsion yo’li (tadrijiy) bilan, ya‘ni bosqichma-bosqich o’tish mumkin.
Revolyutsion yo’li qo’llanganda tub islohotlarni o’tkazish, avvalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy munosabatlarni birdaniga va batamom sindirish talab etilib, “karaxt qilib davolash” usuli (“shokovaya terapiya”) deb ataladi. Eski iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga aylantira borib, samarali bozor iqtisodiyotini shikatsiz vujudga keltirish mumkin. Bu o’tish davrining ma‘qul yo’li ekanligini islohotlar tajribasi ko’rsatadi, ya‘ni kamroq ijtimoiy larzalarga olib keladi.
Ma‘muriy – buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyati kamchilikka ega:
1. Ro’y berayotgan o’zgarishlarga tezda moslashuvchan emasligi, asta-sekinlik bilan moslashib borishi;
2. Samaradorlikning o’ta darajada pasayib ketganligi.
Ma‘muriy-bo’yruqbozlik iqtisodiyotini bozor iqtisodiyotiga aylantirish uchun tizim islohotlari utkazish amal qiladi. O’tish davrda bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Bu xo’jalik hayotining barcha sohalaridagi to’liq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat:
1. xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat manopoliyasini bekor qilish;
2. resurslarning markazlashgan ko’rinishidagi taqsimotini to’gatish;
3. narxlarning asosan talab va taklif nisbati asosia shakillantirishga o’tish;
4. ichki va tashqi bozorlarda transaktsion bitimlar ustidan davlat nazoratini pasaytirish.
2. Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish.
- barcha iqtisoiy agentlarning ish faoliyati uchun teng imkoniyat va sharoitlar yaratilishi;
- bozorga xorijiy raqobatchilar ham kirishi uchun imkon berilishi;
- kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma‘muriy to’siqlarni olib tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo’llab-quvvatlash;
3. Instuttsional o’zgarishlar. Mazkur o’zgarishlar quyidagi sohalarni qamrab oladi;
- mulkchilik munosabatlarini o’zgartirish, jumladan, xususiy sektorni yaratish;
- bozor infratuzilmasini (tijorat banklar, tovar va fond birjalari, invesyotitsiya fondlari va h.k) shakillantirish;
- iqtisodiyotni davlat tomonian tartibga solishning yangi tizimini yaratish;
- bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo’jalik qonunchiligini qabul qilish.
4. Tarkibiy o’zgarishlar. Tarkibiy o’zgarishlar birinchi navbatda iqtisodiyot va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan nomutanosibliklarni yumshatish yoki bartaraf etishga yo’naltirilgan. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta kurishdan asosiy maqsad -ichki va tashqi bozorlarda to’lovga qadar talabga ega bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarilishini rivojlantrishdan iborat.
5. Makroiqtisodiy, аsosan, moliyaviy barqarorlashtirish. Bu yo’nalishi muhim ahamiyati shundan kelib chiqadiki, ma‘muriy-buyruqbozlik tizimining inqirozi eng avvalo va kuchli ravishda moliyaviy sohada, ayniqsa yuqori inflyatsiya shaklida namoyon bo’ladi. Makroiqtisodiy barqarorlashtirish choratadbirlari tizimiga pul emissiyasini cheklash, davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish, ijobiy foiz stavkasini ta‘minlash va boshqalar kiradi.
6. Bozor xo’jaligiga mos bo’lgan aholini ijtimoiy himoyalash tizimini shakllantirish.
Aholining nisbatan muhtoj qatlamini aniq ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni amalga oshirishga yo’naltirilgan. Ushbu ko’satib o’tilgan bozor tizimining asosiy unsurlarini shakllanishi o’tish davri tugaganligini bildiradi.
3 O’tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari. Bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun islohotlar o’tkazilib, butun iqtisodiy munosabatlar tizimi qayta quriladi va o’zgartiriladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri - ma‘muriy buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o’zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakillantirish jarayonlari amalaga oshiruvchi tarixiy davrdir. Jahondagi ko’pgina rivojlangan mamlakatlarning tajribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo’li - ilmiy asosda (ravishda) boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti deb tan olindi. Bir qator davlatlar shu yo’lni tanladilar. Ya‘ni:
1. Rivojlangan mamlakatlar yo’li;
2. Rivojlanayotgan mamlakatlar yo’li;
3. Sobiq sotsiolistik mamlakatlar yo’li;
4. Sotsializm g’oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish mexanizmi bilan qo’shib olib borish yo’li (Xitoy, V‘etnam)Bozor iqtisodiyotiga o’tish har bir mamlakat uchun xos bo’lgan model (nusxa yoki andozaga) ga asoslanadi.
Bozor iqtisodiyotiga o’ti shning umumiyligi va farqi bo’ladi. Umumiyligi – ularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o’tishning qonun-qoidalariga amal qiladi. Shuning bilan birga ko’rsatib o’tilgan har bir yo’lning o’ziga xos xususiyatlari ham bor. Masalan, bozor munosabatlariga o’tishning rivojlangan mamlakatlar yo’lida oddiy tovar xo’jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor iqtisodiyotiga va undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o’tiladi.
Mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarni bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lining xususiyati - bu qoloq, ananaviy iqtisodiyotga erkin bozor iqtisodiyotiga o’tishdir.
Bozor islohotlari - xalq ishtirokida, lekin davlat tomonidan ishlab chiqilgan, bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlami davlat nazorati ostida amalga oshirilishiui bildiradi.
Bozor -bu iqtisodiy kategoriya sifatida xaridorlar va sotuvchilar^ hamda tovarlar va pul harakati bo‘yicha savdo vositachilari o'rtasidagi muayyan iqtisodiy munosabatlar majmuyi bo'lib, u bozor munosabatlari subyektlarining iqtisodiy manfaatlarini aks ettiradi va mehnat ^mahsulotlari ayirboshlanishini ta ’minlaydi.
Bozorning tuzilishi - bu bozor unsurlarining ichki qurilishi. Joylashishi va tartibi. ulaming bozor umumiy hajmidagi ulushi. Bozor turli tuman ko'nmshlarga ega bo’lib, uning eng oddiy turlariTijorat do’konlari, avtomobillarga yog‘ quyish shaxobchalari. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari bozori kabilar bo‘lsa, yuqori darajada tashkil qilingan hamda ancha murakkab shakllari birjalar, auksionlar va chet elvalutalari bozori hisoblanadi
2. Bozor iqtisodiyotining ustunligi va zaif tomonlari.
Afzalliklari:
-Resurslami taqsimlashning samaradorligi
-Erkinlikni ta’minlash
-Iqtisodiy faollikni rag'batlantirish
-Har bir shaxs, korxona, firma va korporatsiyalaming tinimsiz harakat va izianishda bo'lishi
Kamch1liklari:
-Raqobatning kuchsizlanishiga yo‘l qo‘yishi va uni rag'batlantirishi
-Jamiyatning ehtiyoji yuqori bo‘lgan tovarlar bilan ta’minlash kafolatimng mavjud emasligi
-Jamiyat a’zolari daromadlaridagi tengsizliknmg kuchayishi va aholming tabaqalanishi
-Ijtimoiy iste’mol qilmadigan ayrim ne’matlar va xizmatlami ishlab chiqarish va taklif etishga qodir emasligi
O ‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o ‘tish konsepsiyasi
Bunda bozor iqtisodiyotiga о ‘tish yo ‘llari (modellari) xilma-xil bo`lib, ulaming umumiy va xususiy tomonlari farqlanadi.
Jahon ta jn b a sid a bozor iqtisodiyotiga o 'tish nm g barcha yo`llari
umumlashtmlib, quyidagi uchta asosiy modelga b o ‘linadi:
I. Rivojlangan mamlakatlar y o ‘li;
II. Rivojlanayotgan mamlakatlar yo'li;
III. Sobiq sotsialistik mamlakatlar yo'li.
Rivojlangan mamlakatlar yo‘li - bu g'arbcha model, deb ham atalib, bunda oddiy tovar xo'jaligidan erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyotiga va undan hozirgi zamon madaniy jihatdan rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o`tilad
Rivojlanayotgan mamlakatlar yo‘li -bu mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlaming bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'li bo'lib. unda qoloq, an’anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga otiladi. Sobiq sotsialistik mamlakatlar yolli -bu yo`lning xususiyati, birbiriga butunlay qarama-qarshi bo'lgan bir iqtisodiyotdan boshqasiga, ya'ni markazlashtiri1gan, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o'tiladi.
Bir iqtisodiy tizimdan (mamuriy -buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan) boshqa iqtisodiy tizimga (bozor iqtisodiyotiga) o‘tish yo‘llari:
Revolvutsion yo‘l - katta to‘ntarishlar qilishni taqozo qiladi va bunda I ≪karaxt qilib davolash≫ usuli keng qoilaniladi. Polsha, Chexoslovakiya, Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlar bu y o in i tanlagan.
Evolyutsion vo‘I - asta-sekinlik bilan revolvutsion tontarishlarsiz,; bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotiga о ‘tishni ko'zda tutadi. O'zbekiston va boshqa ayrim sobiq sotsialistik mamlakatlar mazkur y o ‘lni tanlagan.
Bizning bozor munosabatlariga o ‘tish modelimiz respublikaningi o '/ig a xos sharoitlari va xususiyatlarini an an alar, urf-odatlar va turmush J tarzini har tomonlama hisobga olishga, o ‘tmishdagi iqtisodiyotni bir yoq- I lama beso'naqay rivojlantirishning mudhish merosiga barham berishga asoslanadi≫4.
O‘zbekistoning bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li Respublikamiz Prezidenti LA. Karimov tomonidan olg‘a surilgan besh tamoyilda ifodalab berildi.
Birinchi tamoyil - iqtisodiyot siyosatdan ustuvor bo‘lishi va buning uchun iqtisodiyot maflcuradan xoli bo‘lishi kerak. Iqtisodiyot o‘ziga xos bo‘lgan ichki qonunlar asosida rivojlanmog‘i zarur Iqtisodiyot, siyosatga nisbatan ustuvor mavqega ega bo‘lishi lozim. Iqtisodiyotga na siyosat, na mafkura o'z tazyiqini o‘tkazmasligi kerak.
Ikkinchi tamoyil - davlat bosh islohotchi bo‘lishi kerak. Bu tamoyil bozor iqtisodiyotiga o‘tish tartibsiz ravishda, o‘zi boiarchilik asosida emas, balki davlat rahbarligida amalga oshiriladigan islohotlar orqali yuz berishini bildiradi.
Uchinchi tamoyil - qonunlar va ularga amal qilinishining ustuvorligini ta’minlash. Bu tamoyil bozor iqtisodiyotiga o‘tish tartibli ravishda, hammaning keng jamoatchi'ik ishtirokida ishlab chiqqan davlat qonunlariga so‘zsiz rioya etilishi orqali borishini bildiradi.
To‘rtinch itamoyil - faol ijtimoiy siyosat yuritish. Bu iqtisodiyotga kuchli ta 'sir eta oladigan. xalqning ijtimoiy himoyasini, uning faolligini ta’minlaydigan, ijtimoiy adolatni vuzaga chiqaradigan siyosatm olib borishni anglatadi. Shu boisdan. iqtisodiy islohotlar jarayonida avval, odamlami, birinchi navbatda, himoyaga mulitoj oldindan kuchli darajada ijtimoiy himoyalash choralarini k o ‘rish zararligi inobatga olinadi.
Beshinchi tamoyil - bozor iqtisodiyotiga sekin-asta, bosqichmabosqich o‘tish. Bu tamoyil chuqur iqtisodiy islohotlami shoshilmasdan, sobitqadamlik bilan amalga oshirishni talab etadi. Bu yetakchi tamoyil bo‘lib. islohotlaming butun ichki mantiqini, rivojlanib borishi va xaraktermi belgilab beradi.
Bozor m unosabatlanga bosqichma-bosqich o ‘tish tamoyilini amalga oshirish iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy bosqichlarmi aniq farqlash. bu bosqichlaming har biri uchun aniq maqsadlami, ularga erishish vositalarini belgilab olishni talab qiladi. Shu maqsaddan kelib chiqib I.A. Karimov asarida bu bosqich uchun bir qator vazifalar ajratib k o 'rsatiladi.
5 Birinchi vazifa - davlat mulklanm xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga yetkazish. Bunda davlat mulkini xususiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini keng qo‘llab-quvvatlash, kichik xususiy korxonalar tashkil qilishm rag‘batlantmsh hisobiga ishlab chiqanshda davlatga qarashli bolmagan qismnmg ulushmi oshirish ko’zda tutiladi.
Ikkinchi vazifa -ishlab chiqarishnmg pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash. Bu ham korxonalar va tarmoqlammg, umuman davlatning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligiga erishish lmkonim beradi.
Uchinchi vazifa - milliy valuta - so‘mra yana ham mustahkamlashdan iborat. Bu esa so‘mning konvertatsiyasi, qat’iy valutalarga erkin sur’atda almashtnish layoqati demakdir, unga pulning qadrsizlanishiga qarshi ta’sirchan choralami qollash, iste’mol mollari ishlab chiqanshni ko'paytirish hamda ichki bozomi shunday mollar bilan toldirish, korxonalammg hetga mol chiqarishini kengaytirish hisobiga valuta zaxiralarini mustahkamlash vo‘li bilan erishiladi.
To‘rtinchi vazifa - iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish, xomashyo yetkazib berislidan tayyor mahsulot ishlab chiqanshga o‘tish. Birinchi Prezidentimiz I.Kariniov ta'kidlab o'tganlaridek, hozirgi bosqichda ≪erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki h am ijtimoiy, h am siyosiy vazifalami hal qilishning asosiy shartidir≫6.
Bu esa iqtisodiyot sohasida quyidagi aniq vazifalami amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
► Iqtisodiyotning barcha sohalan va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan o'tkazish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish,
► Xususiylashtirish jarayomni yanada chuqurlashtirish va shu asosida amalda mulkdorlar sinfini shakllantirish;
► Mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, awalo, bevosita yo‘naltirilgan sarmoyalami keng jalb etish uchun qulay huquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy omillarm yanada kuchaytirish;
► Kichik va o‘rta biznes iqtisodiy taraqqiyotda ustuvor o ‘nn olishiga erishish;
► Mamlakatning eksport salohiyatini nvojlantirish va mustahkamlash, iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko‘lamda integratsiyalashuvmi ta ’minlash;
► Iqtisodiyotda mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan tarkibiy o ‘zgarishlami lzchil davom ettirish.
Islohotlarni amalga oshinshdan oldin bozor iqtisodiyotiga o ‘tishning nazariy modeli yaratildi. Bu modelda yangi iqtisodiyotga o‘tishning umumiy tomonlari va milliy xususiyatlari nazarda tutiladi. Islohotlaming asosiy yo‘nalishlari belgilanadi.
Respuhlikada iqtisodiy islohotlami amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- mulkiv munosabatlarni isloh qilish;
- agrar islohotlar;
- moliya-kredit va narx-navo islohoti;
- boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish;
- tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti;
- ijtimoiy islohotlar.
Iqtisodiy islohotlami amalga oshirishning bu asosiy yo'nal ish lari I.A. Karimovning ≪O‘zbekiston iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish yo'lida≫ kitobida bayon qilib berilgan.
Respublikada iqtisodiy islohotiarning huquqiy negizini yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning asosiy yo‘nalishlari:
• Davlat va iqtisodiy mustaqilliknmg huquqiy negizlarini yaratish, davlatning boshqarish qoidalanni tartibga soluvchi qonunlami qabul qilishi.
• Tizimdagi o ‘zgarishlarga, yangi iqtisodiy munosabatlarga va shu jumladan, mulkchilik munosabatlanga asos bo'ladigan qonunlar tizimmi yaratish.
• Kishilaming konstitutsion va yundik huquqlarini, ijtimoiy kafolatlarim va aholini ijtimoiy himoyalashni ta ’minlaydigan qonunlar.
• Xo'jalik yuritishning va institutsional o'zgarishlaming bozor sharoitlariga mos keladigan у angi mexanizmini yaratishga qaratadigan qonunlar.
• O'zbekistonni xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti sifatida ta'riflovchi huquqiy me’yorlarni yaratish.
Narx-navo islohotining asosiy vo‘nalishlari:
♦ Narxlami erkinlashtirish
♦ Davlat xarid narxlarming amal qilish doirasmi qisqartirish
♦ Ichki narxlami jahon narxlariga muvofiqlashtirib borish
♦ Xomashyo va mahsulot ayrim turlari narxi bilan aholi va korxonalar daromadlan o‘rtasidagi mutanosiblikka erishish.
♦ Xomashyo va qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxlari bilan ishlab beruvchi va qayta ishlovchi tarmoqlar tovarlari narxlari o'rtasidagi nomutanosibhkka barham berish.

Download 460,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish