"iqtisodiyot" kafedrasi "tarmoqlar iqtisodiyoti" fanidan mustaqil ish


Qishloq xo‘jaligida mehnat bozori, uni rivojlantirish va boshqarish



Download 39,75 Kb.
bet2/4
Sana25.06.2022
Hajmi39,75 Kb.
#702971
1   2   3   4
Bog'liq
Tarmoqlar Iqtisodiyoti 2-mustaqil ish

Qishloq xo‘jaligida mehnat bozori, uni rivojlantirish va boshqarish
Qishloq hududlarida mavjud bo‘lgan mehnat resurslaridan to‘liq va samarali foydalanish, ularning mehnatlari unumdorligini yuksaltirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan himoyalash yeng dolzarb muammo hisoblanadi. Bu muammo muvaffaqiyatli hal etilishi uchun quyidagi masalalar aniqlanib, ularning yechimini ta’minlashga qaratilishi lozim:
- qishloq hududlarida mavjud bo‘lgan mehnat resurslarining umumiy miqdorini, istiqbolda ularning o‘zgarish (ko‘payish, kamayishi) darajasini aniqlash;
- qishloq hududlaridagi barcha tadbirkorlik shakllarida qisqa va uzoq muddatga bo‘sh bo‘lgan ish joylari miqdorini mutaxassislik turlari bo‘yicha belgilash;
- qisqa va uzoq muddatga bo‘sh bo‘lgan ish joylarini ishlovchilar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni asoslangan holda ishlab chiqish (kadrlar malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash ...);
- amalga oshirilishi lozim bo‘lgan hamma tadbirlarni, barcha resurslar bilan ta’minlovchi ishlarni amalga oshirish;
- ish bilan ta’minlanmaganlarning umumiy miqdorini aniqlash, ularni iqtisodiy, ijtimoiy himoyalash bo‘yicha me’yoriy tadbirlarni ishlab chiqish, ularni amalga oshirish va boshqalar.
Ta’kidlangan muammolarning samarali hal etilishi mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lganlar bilan mehnat jarayonini tashkil etuvchi sub’yektlar hamda iqtisodiy, ijtimoiy himoyalashni amalga oshiruvchi tashkilotlar o‘rtasida iqtisodiy munosabatlar amalga oshirilishini taqozo yetadi. Bu masalalarni hal etish, mehnat bozori zimmasiga yuklanmoqda. Mehnat bozori, mehnat birjasining huquqiy asoslari yaratilmoqda. Ular o‘z faoliyatlarini «Mehnat kodeksi», «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi hamda «Birjalar to‘g‘risida»gi qonunlar asosida yuritmoqdalar.
Qishloq hududlaridagi (jumladan, qishloq xo‘jaligidagi) fuqarolarning mehnat qilish imkoniyatini, ya’ni taklifini, ularni ishga yollash (sotib olish), ya’ni ish bilan ta’minlovchilar hamda ijtimoiy-iqtisodiy himoya qiluvchilar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni qonun talablari darajasida amalga oshiradigan maskan (hudud) yoki sub’yekt mehnat birjasi ekanligidan dalolat beradi.
Erkin bozor iqtisodi sharoitida o‘z mehnatini taklif etayotgan fuqaro mehnat bozoriga chiqadi. U yerda mavjud bo‘lgan takliflarni o‘rganib, o‘zining intelektual qobiliyatini, mehnatini taklif etadi. Ular bir-biriga mos kelganda shartnomalar tuzilib, ishga yollanadi. O‘zbekiston Respublikasida ham shunday tartib j oriy etilmoqda. Bu vazifani qishloq hududlarida tuman hokimiyati tarkibidagi Mehnat birjasi yoki aholini ish bilan ta’minlash bo‘limi amalga oshirmoqda.
Demak, mehnat bozorida o‘zlarining mehnat qilish qobiliyatini (intelektini) taklif etuvchilar bir tomondan, ularning shu imkoniyatlarini iste’mol etuvchi, ya’ni ishga yollovchi sub’yektlar ikkinchi tomondan uchrashib, mehnat almashuv (mehnat oldi-sotdisi) jarayonini amalga oshiradilar.
Hozirgi vaqtda o‘tish davri iqtisodiyotining oldida turgan dolzarb muammolardan biri mehnat bozorini samarali shakillantirish va rivojlantirishdir. Buning uchun, avvalo ijtimoiy va iqtisodiy tizimlar rivojlanishining ob’yektiv qonunlaridan savodli foydalanish zarur.
Mehnat bozori bozorning boshqa tizimchalari bilan uzviy bog‘langan. Haqiqatdan ham talabga ega bo‘lish uchun ishchi kuchi jismoniy, aqliy va kasbiy qobiliyatlarning belgilangan majmuasiga ega bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish jarayoniga bu qobiliyatlarni tatbiq eta turib, u o‘z iste’mol sifatlarini yo‘qotmasligi uchun doimo qayta ishlab chiqarilishi lozim. Nafaqat o‘zini qayta ishlab chiqarish, balki mehnat resurslari va butun aholining sifat ko‘rsatkichlarini ham yaxshilanishini oshirib yoki pasaytirib, ushbu tengsizlikni yo‘q qilishi mumkin. Ishchi kuchiga jami talab - investisiya va ishlab chiqarish hajmlari bilan tartibga solinadi.
Mehnat bozori - bu, mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo‘lgan va band bo‘lmagan qismlari va ish beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni hamda ularning shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi kontraktlar (mehnat kelishuvlari) asosida “mehnatga qobiliyatlarini” xarid qilish - sotishni amalga oshiruvchi hamda ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, ko‘p aspektli, o‘suvchi va ochiq ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir.
Mehnat bozori tarkibiy qismining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi: ishchi kuchiga talab va uning taklifi, qiymati, bahosi va yollashdagi raqobat. Talab agrosanoat majmuasi, ishlab chiqarish ijtimoiy infratuzilmasi va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarining mehnat bozoriga buyurtma etgan, ish haqi fondi, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklardan daromadlar va boshqa hayotiy vositalar bilan ta’minlangan ehtiyojning hajmi va tarkibini aks ettiradi. Taklif yollanma sharti bilan ishga ega bo‘lishdan manfaatdor bo‘lgan qishloq ishchi kuchining miqdor va sifat (soni, jinsi, yoshi, ma’lumoti, kasbi, malakasi, millati, ishlab chiqishi, daromadi va boshqalar bo‘yicha) tarkibini ifodalaydi.
Shuni ta’kidlash joizki, “mehnat bozori” tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va uni tarkibiy qismlarining tizimtik tadqiqoti mazkur bozorni o‘tish davrida bajariladigan asosiy vazifalarni ham aniqlashga imkon beradi:
* ishchi kuchiga talab va taklifning hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantirish;
* bozor uslubida xo‘jalik yuritishining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy mexanizmlari yordamida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish;
* mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga bevosita ta’sir ko‘rsatish;
* ishsizlar ish topishiga, ularning malakasi va raqobat qobiliyatini oshirishga ko‘maklashish;
* ishlab chiqarish harajatlarini qisqartirish va mehnat taqsimotini o‘zgartirish.
Mehnatning erkinligi va ixtiyoriyligi - mehnat bozori shakllanishining asosiy sharoiti yohud shartidir.
Shu bilan bir qatorda mehnat bozorining shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatayotgan bir qator iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, tabiiy-iqlimiy va huquqiy shart-sharoitlar va omillar mavjudki, ularni biz quyida batafsilroq ko‘rib chiqamiz.
Mehnat bozori (MB) shakllanishining asosiy iqtisodiy shart-sharoiti bo‘lib, yollanma xodimlarni o‘z ishchi kuchlariga nisbatan shaxsiy mulkchiliklari va ish beruvchilarning ish joylariga jamoa yoki xususiy mulkchiligi xizmat qiladi. Bu yerda shuni nazarda tutish kerakki, mazkur sub’yektlarni o‘zaro almashuv munosabatiga kirishiga ularning shaxsiy manfaatlari majbur qiladi, uning orqasida shaxsiy iste’molchilik yotadi. Ular ham o‘z navbatida qayta takror ishlab chiqarishda aholi ijtimoiy-iqtisodiy turmushining faqat kerakli ijtimoiy ehtiyojining ifodalanishi bo‘ladi.
MBining vujudga kelishi ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatga erishish uchun o‘zaro raqobat qilishga tayyor erkin va teng huquqli sheriklar iqtisodiy munosabatlarda bo‘lishlarini taqozo etadi. Bozorda yollanma xodim va ish beruvchi shaxsiy erkinlik va iqtisodiy zaruriyat nuqtai nazaridan o‘zaro bog‘langan hamda bir-birlariga qaram bo‘lsalar ham bir-birlariga qarshi turadilar.
Ishchi kuchi talab va taklifi o‘rtasida bozor muvozanatiga erishish MBining shakllanishida hal qiluvchi iqtisodiy shartlardan biri hisoblanadi. Ammo bunday muvozanat mavjud emas. Buning asosiy sababi - taklif qilingan mehnatga layoqatli aholi sonining unga talab miqdoriga nisbatan tez o‘sishi.
Mehnat bozori kon’yukturasi shakllanishining ijtimoiy shart-sharoitlari ichida yollanma xodimlar va ish beruvchilarning sifat ko‘rsatkichlari oshishi yetakchi o‘rin egallaydi.
Ish beruvchi va yollanma xodim o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) mehnat bozorida ishchi kuchining sotish, sotib olishning hal qiluvchi huquqiy shart-sharoiti hisoblanadi.
Ishchi kuchiga talab va taklif nisbati yaxshilanishiga tabiiy-iqlim sharoitlari muhim rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Yuqori unumdor qishloq xo‘jaligi yerlarida va yetarlicha suv bilan ta’minlangan yashash joylarida ishchi kuchi ko‘proq jamlanadi va ishchi joylari normal faoliyat ko‘rsatadi. Yangi ish joylarini yaratish va ishlab turgan korxonalarni kengaytirish yo‘li bilan ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashga ma’lum darajada imkoniyatlar vujudga keltiriladi. Bu esa mehnat resurslarining ortiqchalik darajasini, demak, ishsizlik miqyosini ham keskin kamaytirishga bevosita ta’sir etadi.

Download 39,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish