Iqtisodiyot kafedrasi statistika fanidan


Eng muhim makroiqtisodiy yakuniy ko‘rsatkichlar



Download 3,65 Mb.
bet65/238
Sana16.01.2022
Hajmi3,65 Mb.
#373048
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   238
Bog'liq
UMK Statistika 2020

1. Eng muhim makroiqtisodiy yakuniy ko‘rsatkichlar

Bu ko‘rsatkichlar milliy iqtisodiyot va institutsional birliklar (ya’ni ho‘jalik yurituvchi subyektlar) faoliyatining pirovard natijalarini turli jihatdan ta’riflaydi. Ular odatda ayrim hisoblamalarni balanslashtirish natijasida hosil bo‘ladi va resurs qismi jamlamasidan foydalanish qismida qayd qilingan unsurlar haqidagi ma’lumotlar yig‘indisini ayrish orqali aniqlanadi. Bu toifadagi eng muhim makroiqtisodiy yakuniy ko‘rsatkichlar quyidagilardan iborat:

1. Yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hisoblamasining balanslashtiruvchi ko‘rsatkichi bo‘lib, bozor baholarida hisoblangan (mahsulot uchun sof soliqlarni ham inobatga olib) yalpi ishlab chiqarish hajmidan (7947 mlrd. $) oraliq iste’molni (3775 mlrd. so‘m ) ayirish natijasidir, ya’ni, 7947-3775q4778 mlrd. so‘m. Ayrim sektor va tarmoqlar uchun bu ko‘rsatkich yalpi qo‘shilgan qiymat deb yuritiladi. Uni sof holda ham hisoblash mumkin, bu holda yalpi ichki mahsulotdan asosiy kapital iste’moli (yemirilish qiymati) ayriladi.

2. Yalpi foyda va unga tenglashtirilgan daromadlar. Bu ko‘rsatkich daromadlarni hosil qilish hisoblamasini balanslashtirish natijasidir. U yalpi ichki mahsulotdan (4778 mlrd. $) mehnat haqi (2583 mlrd. $) va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha (mahsulot uchun soliqlar 606 va boshqa soliqlar: -5 mlrd. $), soliqlarni sof holda (subsidiyadan tashqari) hisoblab, ayrish orqali aniqlanadi, ya’ni, 4778-606-(-5)q1594 mlrd. $. Agarda yalpi foyda va unga tenglashtirilgan daromadlardan asosiy kapital iste’moli chiqarib tashlansa, sof foyda va unga tenglashtirilgan daromadlar hosil bo‘ladi.

3. Yalpi milliy daromad. Birlamchi daromadlarni taqsimlash hisoblamasini balanslashtirish natijasida hisoblanadi. Hisoblamaning jami resurslaridan (yalpi foyda va unga tenglashtirilgan daromadlar 1594 mlrd. $ mamlakat rezidentlari uchun mehnat haqi 2573 mlrd. $, olingan ishlab chiqarish va import uchun sof soliqlar – 596, olingan mulkdan daromadlar 1400 mlrd. $ to‘langan mulk daromadlari (1416 mlrd. $) ayriladi. Ya’ni 1594+2573+596+1400-1416=4747 mlrd. $. Bu ko‘rsatkich ichki iqtisodiyot uchun rezidentlar nuqtai nazaridan hisoblanadi, yalpi ichki mahsulot esa mamlakat iqtisodiy hududida mehnat qilgan rezidentlar va norezidentlar nuqtai nazaridan aniqlanadi. Demak, bu ko‘rsatkichlar orasidagi oraliq tashqi iqtisodiy aloqalarda rezidentlar qatnashuvi bilan ichki iqtisodiyotda norezidentlar faoliyati natijasida yuzaga chiqadi. Iqtisodiyot sektorlari va tarmoqlarida yaratilgan yalpi milliy daromad yalpi birlamchi daromad deb ataladi.

4. Yalpi ixtiyordagi milliy daromad. Daromadlarni ikkilamchi taqsimlash natijasida hisoblamasining balanslashtirish natijasida hosil bo‘ladi. U bu hisoblamaning jami resurslaridan (yalpi milliy daromad – 4747 mlrd. $, olingan transfertlar – 2915 mlrd. $, ya’ni, daromad, mulk va boshqa to‘g‘ri soliqlar, ijtimoiy ta’minot va jamg‘armalarga ajratmalar va h.k. jami) foydalanish elementlari (to‘langan transfertlar – 2914 mlrd. $, ya’ni, to‘langan nafaqalar, stipendiyalar, yordam to‘lovlari ayirish orqali hisoblanadi. 4747+2915-2914=4748 mlrd. $.

5. Haqiqiy pirovard iste’mol. Ixtiyordagi daromadlardan iste’mol uchun foydalanish hisoblamasining foydalanish qismidagi muhim ko‘rsatkichdir. U iste’molchilarning iste’mol tovarlari va xizmatlarni xarid qilish xarajatlar (2702 mlrd. $) va davlat tomnidan iste’mol tovarlari va xizmatlarini xarid xarajatlaridan (1156 mlrd. $) tarkib topadi, ya’ni 2702+1156=3858 mlrd. $. Ular shaxsiy pirovard iste’mol (3413 mlrd. $) va umumjamoa pirovard iste’molni (445 mlrd. $) shakllantiradi va natijada haqiqiy pirovard iste’molni aniqlash imkoniyatini beradi (3413+445=3858 mlrd. $).

6. Yalpi jamg‘arma. Ixtiyordagi daromadlardan iste’mol uchun foydalanish hisoblamasini balanslashtirish natijasidir. Yalpi ixtiyordagi daromaddan (4748 mlrd. $) pirovard iste’molni (3858 mlrd. $) ayrish orqali aniqlanadi, ya’ni 4748-3858=890 mlrd. $. Yalpi jamg‘armadan (890 mlrd. $) asosiy kapital iste’soli (589 mlrd. $) chiqarib tashlansa, sof jamg‘arma hosil bo‘ladi, ya’ni 890-589=301 mlrd. $.

7. Investitsiyalar. Kapital bilan operatsiyalar hisoblamasining foydalanish qismidagi muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. ular asosiy kapital o‘sishi uchun kapital qiymatlardan (905 mlrd. $), moddiy zaxiralarni to‘ldirish (yoki kamayishidan) (-16 mlrd. $), yer va boshqa noishlab chiqarish aktivlarini sof xarididan tarkib topadi. 905-16=889 mlrd. $.

8. Sof kreditlash yoki qarz olish. Kapital bilan operatsiyalar hisoblamasini balanslashtirish natijasida hisoblanadi. Ya’ni, investitsiyalar (889 mlrd. $) asosiy kapital yemirilishi qiymati (amortizatsiya 589 mlrd. $) bilan sof jamg‘arma (301 mlrd. $) hamda sof kapital transfertlar (-3) hisobiga moliyalashtiriladi. Ammo amalda resurslar investitsiyalar uchun foydalanishdan kam yoki ortiq bo‘lishi mumkin. Natijada sof qarz olish (yoki sof kreditlash) hosil bo‘ladi, ya’ni 589+301-3-889=-2 mlrd. $. Bu ko‘rsatkich moliyaviy hisoblamani balanslashtiruvchi ko‘rsatkichga teng bo‘lishi kerak.

9. Iqtisodiy aktivlar. Mamlakat boyligini belgilaydi. Ular real (nomoliyaviy) va moliyaviy aktivlardan tarkib topib, aktivlar va passivlar balanslari asosida aniqlanadi.


Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish