Davlat byujetining daromadlari
Budjet daromadlari to‘lovchilariga ko‘ra, soliqqa tortish ob-
yekt lariga ko‘ra, undirish usuliga ko‘ra, to‘lash muddatlariga
ko‘ra bir-biridan farq qilishiga qaramasdan, ularning hamma-
si davlat budjetining daromad qismini shakllantirishga xizmat
qiladi. Budjetga to‘lovlar pul shaklida amalga oshiriladi, bud-
jetga tushgan pullar o‘z egasini yo‘qotadi, ya’ni budjetga to‘lov
to‘lovchi shaxs aniq bir maqsadni ko‘zlab to‘lov to‘lamaydi, bud-
jet daromadlarining shakl lanishi pul mablag‘larining bir tomon-
lama ha rakati asosida sodir bo‘ladi. Davlatning umumiy xazi-
nasiga tushgan pullar davlat va jamiyat manfaatlari yo‘lida ish-
latiladi. Shu sababli davlat budjeti ning shakllanishi va ishlatil-
ishida davlatning, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning va alohida
shaxslarning manfaatlari kesishadi.
Demak, budjet daromadlarining asosiy moddiy manbayi
milliy daromaddir. Agar davlatning moliyaviy ehtiyojlarini
qondirish uchun milliy daromad yetarli bo‘lmasa, davlat bun-
day ehtiyojni qondirish uchun milliy boylikni jalb etishi mum-
kin. Milliy boylik deganda ma’lum bir davrda jamiyatning ixti-
yorida bo‘lgan, hozirgi va o‘tgan avlodning mehnatlari evaziga
yaratilgan moddiy ne’matlar hamda kengaytirilgan takror ish-
lab chiqarish jarayoniga jalb qilingan tabiiy resurslar majmuyi
nazarda tutiladi.
Budjet daromadlari haqida gapirar ekanmiz, «davlat daro-
madlari» degan tushuncha bilan «davlat budjeti daromadlari»
tushunchalarini yaxshi farqlab olishimiz kerak. Davlat daromad-
lari davlat budjeti daromadlari bilan birgalikda, davlatga qarash-
li maqsadli fondlarning daromadlarini, davlat mulkida bo‘lgan
korxona va tashkilotlarning daromadlarini, shu ningdek, tashqi
iqtisodiy faoliyatdan tushuvchi daromadlarni o‘z ichiga oladi.
Davlat budjeti daromadlari soliqli va soliqsiz daromadlardan
tashkil topadi.
Davlat budjetining soliqli daromadlari. Bizga ma’lumki, 2007-
yilda qabul qilingan (№ O‘RQ-136, 25.12.2007) va 2008-yil
1-yanvardan kuchga kirgan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Res-
publikasi Soliq kodeksi soliqmunosabatlarining qonuniy-huqu- qiy asosini tashkil qiladi. Ushbu ko deksning «Soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlarning turlari» nomli 23-moddasiga binoan,
Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Soliq kodeksi 1997-yilda qabul qi-
lingan edi.
O‘zbekiston Respublikasi soliqlar tizimi tarkibidagi soliqlarga
quyidagilar kiradi:
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
3) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
4) aksiz solig‘i;
5) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus
to‘lovlar;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig‘i;
8) yer solig‘i;
9) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish
solig‘i;
10) transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlat-
ganlik uchun olinadigan soliq.
Shu bilan birga, soliq solishning soddalashtirilgan tartibida
to‘lana digan quyidagi soliqlar qo‘llaniladi:
– yagona soliq to‘lovi;
– yagona yer solig‘i;
– tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy bel-
gilangan soliq.
Soliqli daromadlar bir xil iqtisodiy mazmunga ega bo‘lsa-da,
ya’ni davlat tomonidan o‘rnatiladigan, davlat budjeti daromad-
larini tashkil qila digan majburiy pullik to‘lovni bildirsa-da, bir
qancha belgilariga (iqtisodiy mazmuniga, soliqqa tortish obyek-
tiga, soliq to‘lovchilariga, budjet tizimi bo‘g‘inlari daromadlarini
shakl lantirishiga) ko‘ra guruhlanadi.
Umuman olganda, soliqli daromadlar davlat budjeti daromadla-
rining qariyb 93-96 foizini tashkil qiladi.
Davlat budjetining soliqsiz daromadlari tarkibiga davlatga te-
gishli mulklarni sotishdan va xususiylashtirishdan kelgan daro-
madlar, tashqi iqtisodiy faoliyatdan kelgan daromadlar, xorijiy
davlatlardan olingan moliyaviy yordamlar va davlatning maxsus
maq sadli fondlari kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga muvofiq, davlat
budjetining soliqsiz daromadlariga: davlat aktivlarini joylashti-
rish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar, me-
ros, hadya huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari,
yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, chet davlatlardan tu-
shadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari, rezident-yuridik shaxs-
larga berilgan budjet ssudalarini va chet davlatlarga ajratilgan kre-
ditlarni to‘lash hisobidan to‘lovlar kiritilgan.
Soliqsiz daromadlarning ko‘pchiligi doimiy, qat’iy belgilan-
gan stavkada undiriladigan xazina (budjet) daromadlari ko‘rini-
shiga ega bo‘lmaydi. Budjetning soliqsiz daromadlari qat’iy reja-
lashtirilmasligi kerak, lekin amaliyotda ko‘p hollarda ular, odat-
da, o‘tgan yildagi tushumlar darajasida rejalashtiriladi. Soliqsiz
daromadlar soliq daromadlari kabi O‘zbekiston Respublikasining
vakillik organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun
joriy qilinadi. Soliqsiz daromadlar ham majburiy, ham ixtiyoriy
shakllarda bo‘lishi mumkin.
Soliqsiz daromadlar ro‘yxati hamma darajadagi budjetlar uchun
yago na bo‘lib, budjet tasnifi bilan belgilanadi va o‘z ichiga quyi-
dagilarni oladi:
1. Davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bo‘lgan mulkdan
yoki xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar, shu jumladan:
– davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligidagi mulkni foyda-
lanishga berishdan olingan daromadlar;
– davlatga tegishli aksiyalar bo‘yicha dividendlar;
– davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bo‘lgan mulk-
ni ijara ga berishdan, shu jumladanб qishloq xo‘jaligi va noqish-
loq xo‘jaligi maqsadlaridagi yerlar uchun ijara to‘lovidan olingan
daromadlar;
– vaqtinchalik bo‘sh turgan budjet mablag‘larini bank va kre-
dit tashkilotlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
– xizmat ko‘rsatish va davlat xarajatlarini qoplashdan olin-
gan daromadlar;
– davlat va mahalliy tashkilotlardan to‘lovlar;
– davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bo‘lgan mulkdan
yoki xo‘jalik faoliyatidan olinadigan boshqa tushumlar.
2. Davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bo‘lgan mulkni
sotishdan olingan daromadlar, shu jumladan:
– davlat mulki bo‘lgan korxonalar va tashkilotlarni xususiy-
lashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishdan olingan tushumlar;
– kvartiralarni sotishdan tushumlar;
– davlatning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlarini,
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi, IV-bo‘lim, 9-bob, 50-mod-
da.transport vositalari va boshqa uskuna-jihozlarni sotishdan olin-
gan daromadlar;
– musodara qilinib, davlat va mahalliy hokimiyat egaligiga
o‘tgan egasiz mol-mulkni sotishdan olingan daromadlar.
3. Davlat zaxiralarini sotishdan olingan daromadlar.
4. Yer va nomoddiy aktivlarni sotishdan olingan daromadlar.
5. Davlatga qarashli bo‘lmagan manbalardan kapital transfert-
lar ti zimlari.
6. Jarima-jazolarni qo‘llash, yetkazilgan zararni qoplash, shu
jumladan:
– standartlar va texnik shartlardan chetlashgan holda tayyor-
langan mahsulotni ishlab chiqarganlik va sotganlik uchun tush-
umlar summasi;
– narxlarni qo‘llash tartibini buzganlik uchun jazolar;
– jinoyatlar qilish va moddiy boyliklar kamomadida aybdor
bo‘lgan shaxslardan undiriladigan summalar.
7. Tashqi iqtisodiy faoliyatdan olingan daromadlar, shu jum-
ladan:
– davlat kreditlari bo‘yicha foizlar;
– davlat zaxiralarini sotishdan olingan daromadlar;
– markazlashtirilgan eksportdan tushumlar summasi;
– tashqi iqtisodiy faoliyatdan olingan boshqa tushumlar.
8. Boshqa turli soliqsiz tushumlar.
Budjetning soliqsiz daromadlari hududiy belgiga ko‘ra (muay-
yan darajadagi budjetga kiritish), jalb qilish va shakllanti rish
usu liga ko‘ra (majburiy yoki ixtiyoriy) va soliqsiz tushum lar ni
undirishning konkret asoslariga ko‘ra (davlat mulkini sotish dan
olin gan daromadlar) tas niflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |