9.3.Davlat qarzlari
Byudjet taqchilligi vujudga kelgan paytda uni moliyalashtirishmanbalarini aniqlab olmoq zarur. Uni moliyalashtirishning asosiymanbalaridan biri davlatning qarz olishidir.
Davlatning qarz olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiydavlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayomva kreditlarni olishdan iborat bo’lib, hukumat oldida qarz oluvchiyoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarishi bo’yichakafolatchi sifatidagi majburiyatlari vujudga keladi.
Davlatning ichki qarz olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiydavlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayomva kreditlarni olishdan iborat bo’lib, ular bo’yicha qarz oluvchiyoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarish bo’yicha hamkafolatchi sifatida hukumatning o’z milliy valyutasida ifodalanganqarziy majburiyatlari paydo bo’ladi.
Davlatning tashqi qarz olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiydavlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayomva kreditlarni olishdan iborat bo’lib, ular bo’yicha qarz oluvchiyoki boshqa qarz olganlarning qarzlami qaytarish bo’yicha kafolatchisifatida hukumatning xorijiy valyutada ifodalangan qarziy majburiyatlarivujudga keladi.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning barcha manbalari jalbqilingan mablag’larning asosiy turlari bo’yicha navbatdagi moliyaviyyilga mo’ljallangan byudjet to’g’risidagi qonunda qonunchilikhokimiyati organlari tomonidan, albatta tasdiqlanishi kerak.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning manbai sifatida mamlakatMarkaziy bankining kreditlari va Markaziy bank tomonidanhukumatning sotib olingan qarziy majburiyatlari maydonga chiqishimaqsadga muvofiq emas.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning barcha manbalarini ikkiguruhga bo’lish qabul qilingan:
1) ichki manbalar;
2) tashqi manbalar.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning ichki manbalari sifatidaquyidagilarni ko’rsatish mumkin:
• mamlakat hukumati tomonidan shu mamlakatning milliyvalyutasida kredit tashkilotlaridan olingan kreditlar;
• mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqarishorqali amalga oshirilayotgan davlat zayomlari;
• davlat mulkiga tegishli bo’lgan mol-mulkni sotishdan olingantushumlar;
• davlat zaxiralari va rezervlar bo’yicha daromadlaming xarajatlardano’sgan qismi summasi;
• byudjet mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlaridagi mablag’larqoldig’ining o’zgarishi;
• va boshqalar.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning tashqi manbalari qatorigaquyidagilar kiradi:
• mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarnichiqarish orqali xorijiy valyutada amalga oshirilgan davlat zayomlari;
• xorijiy valyutada taqdim etilgan va mamlakat hukumatitomonidan jalb qilingan xorijiy davlatlar, banklar va firmalar, xalqaromoliyaviy tashkilotlaming kreditlari.
Yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqarotashkilotlar va xalqaro huquqning boshqa sub’ektlari oldidagi (davlatkafolatlari bo’yicha majburiyatlarni qo’shgan holda) mamlakathukumatining qarziy majburiyatlari hukumatning davlat qarzinivujudga keltiradi. Bu qarz davlat xazinasini tashkil etadigan davlatmulki bilan to’liq va hech qanday shartsiz ta’minlanishi kerak.
Bunda davlat hokimiyati organlari mamlakat hukumatining qarziymajburiyatlari va davlat qarziga xizmat qilish uchun mamlakat byudjetining daromadlarini shakllantirish bo’yicha barchavakolatlardan foydalanadilar.
Mamlakatning qarziy majburiyatlari quyidagi shakllarda bo’lishimumkin:
• qarz oluvchi sifatida mamlakat hukumati nomidan kredittashkilotlari, xorijiy davlatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilantuzilgan kredit bitimlari va shartnomalari;
• mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarnichiqarish orqali amalga oshirilgan davlat zayomlari;
• mamlakat hukumati tomonidan davlat kafolatini berishto’g’risidagi shartnomalar;
• o’tgan yillardagi mamlakatning qarziy majburiyatlarini restrukturizatsiyaqilish va muddatini o’zgartirish to’g’risidagi mamlakathukumati nomidan tuzilgan (shu jumladan, xalqaro) bitimlar vashartnomalar;
• va boshqalar.
Mamlakatning qarziy majburiyatlari o’zining muddatiga qarabqisqa muddatli (bir yilgacha), o’rta muddatli (bir yildan ortiq vabesh yilgacha) va uzoq muddatli (besh yildan yuqori) bo’lishimumkin. Ular zayomning konkret shartlariga muvofiq ravishda(zayom shartlarini, jumladan, to’lov muddatlari, foiz to’lovlariningmiqdori, muomala muddatlarini o’zgartirmasdan) qaytarilishi kerak.
Mamlakat hukumatining davlat ichki qarzlari quyidagilardaniborat bo’lishi mumkin:
• hukumatning davlatni qimmatbaho qog’ozlari bo’yichaqarzining asosiy nominal summasi;
• hukumatga taqdim etilgan kreditlar bo’yicha asosiy qarzninghajmi;
• mamlakat hukumati tomonidan berilgan kafolatlar bo’yichamajburiyatlar hajmi;
• va boshqalar.
O’z navbatida, hukumatning davlat tashqi qarzlari:
• xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar vaxalqaro moliyaviy tashkilotlarga mamlakat hukumati tomonidantaqdim etilgan davlat kafolatlari bo’yicha majburiyatlar hajmi;
• xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar vaxalqaro moliyaviy tashkilotlardan hukumat olgan kreditlar bo’yichaasosiy qarz hajmidan iborat bo’ladi.
Davlat qarzi ichki va tashqi qarzlardan iborat bo’ladi. Davlat ichki qarzi – bu davlatning mamlakat ichida zayomlar va boshqa qimmatli qog’ozlarini chiqarish, turli nobyudjet fondlari (sug’urta fondi, ishsizlik bo’yicha sug’urtalash fondi, pensiya fondi)dan qarz olish ko’rinishidagi qarzlari.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirish (qoplash)ning muhim ko’rinishlaridan biri davlat krediti hisoblanadi. Davlat krediti – davlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida maydonga tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig’indisi.
Moliyaviy resurslarni davlat tomonidan qarzga olishning asosiy shakli – bu davlat qarz majburiyatlari (zayomlari)ni chiqarish hisoblanadi. Ularni joylashtirish jarayonida davlat aholi, banklar, savdo va sanoat kompaniyalarining vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini jalb qiladi.
Davlat o’z majburiyatlarini nafaqat xususiy sektorda joylashtirishi, balki ularni Markaziy bankda hisobga olishi ham mumkin. Bunda bank muomalaga pulning tovar hajmining ko’payishi bilan bog’liq bo’lmagan qo’shimcha miqdorini chiqaradi. Mazkur holda, davlat byudjetini moliyalashtirish pul muomalasiga to’g’ridan-to’g’ri inflyatsion ta’sir ko’rsatadi. Pul massasining o’sishi jamiyat haqiqiy boyligining ko’payishi bilan birga bormaydi.
Davlat qarzlarining to’xtovsiz ko’payib borishi, milliy daromadni foiz to’lovlari shaklida tobora ko’proq qayta taqsimlanishga olib keladi.
Katta byudjet taqchilligi va davlat majburiyatlari bo’yicha foiz to’lovlari o’sish sharoitida davlat qarzlarini to’lash vaqtini imkon darajada cho’zishga harakat qiladi. Buning uchun turli xil usullardan foydalanish mumkin. Jumladan davlat o’zining qisqa muddatli majburiyatlarini o’rta va uzoq muddatli zayomlarga almashtiradi. U o’zining qisqa muddatli majburiyatlarini ancha yuqori foiz bo’yicha yangi, uzoq muddatli zayomlar chiqarish hisobiga ham sotib olishi mumkin. Bunday turdagi tadbirlar qisqa davrli samara berishi va vaqtincha davlatning moliyaviy ahvolini engillashtirishi mumkin, chunki u odatda kelgusida foiz stavkasining oshishi va qarzlar umumiy miqdorining o’sishi bilan bog’liq.
Xo’jalik hayoti baynalminallashuv jarayonlarining tez o’sishi, xalqaro kreditning jadal rivojlanishi natijasida davlat o’ziga zarur bo’lgan moliyaviy resurslarni jalb qilish uchun bo’sh pul mablag’larining milliy chegaradan tashqaridagi manbalaridan faol foydalanadi. Buning natijasida tashqi qarz vujudga keladi. Davlat tashqi qarzi – xorijiy davlatlardan, ulardagi jismoniy va yuridik shaxslardan, shuningdek, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan olingan qarz.
Tashqi qarzning me’yoridan oshib ketishi milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Agar tashqi qarz bo’yicha to’lovlar mamlakat tovar va xizmatlari eksportidan tushumning ahamiyatli qismi, masalan, 20-25% dan oshib ketsa, bu holat mamlakatning kredit bo’yicha reytingini pasaytirib yuboradi. Natijada, chetdan yangi qarz mablag’larini jalb etish mushkullashadi. Shunga ko’ra, davlatlar muntazam ravishda tashqi qarzni tartibga solish chora-tadbirlarini amalga oshirib boradilar. Bular qatoriga mamlakat oltin-valyuta zaxirasi hisobidan qarzlarni to’lab borish; kreditorlarning qarz to’lov muddatlarini o’zgartirishlari, ayrim hollarda ularning ma’lum qismidan voz kechishlariga erishish; qarzlarni mamlakatdagi ko’chmas mulklar, qimmatli qog’ozlar, kapitalda ishtirok etish va boshqa huquqlarni sotish hisobiga to’lash; xalqaro banklar va boshqa moliyaviy tashkilotlardan yordam olish va h.k.
Demak, davlat o’z faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda ssuda kapitallarining ham milliy bozoridan, ham tashqi bozoridan qarz olishi mumkin.
Xalqaro kreditning tez o’sishi, kapitalning mamlakatlararo migratsiyasi mamlakat va mintaqalar iqtisodiy o’zaro bog’liqligi chuqurlashuvining muqarrar natijasi hisoblanadi. Xalqaro kredit moliyaviy resurslarni ham xususiy sektorning ehtiyojlarini qondirish, ham davlat byudjeti taqchilligini qoplash uchun jalb qilish imkoniyatini sezilarli kengaytiradi. Shu bilan birga tashqi qarzlarning o’sishi bir qator boshqa muammolarni keltirib chiqaradi. Bu o’rinda eng asosiy muammo milliy iqtisodiyotning kreditor va debitor mamlakatlar iqtisodiyotiga bog’liqligining kuchayib borishi hisoblanib, bu jarayonni mamlakatdagi ichki moliyaviy dastaklar bilan nazorat qilish imkoniyati bo’lmay qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |