Xn = g – m’Y
Bu erda :g – avtonom sof eksport;
m’ - importga chegaralangan moyillik;Y – daromad.
Importga chegaralanganmoyillikimport xarajatlaridagi o’zgarish miqdorini bunga sabab bo’lgandaromadlardagi o’zgarish miqdoriga bo’lib topiladi.
m’ = ΔM / ΔY
Bu erda: ΔM - importga xarajatlarning o’zgarishi;
ΔY - daromadlarning o’zgarishi.
Yalpi daromadlarning oshishi bilan import ham oshadi. Chunki, bunda iste’molchilar va investorlar ham milliy ham import mahsulotlarga bo’lgan xarajatlari miqdorini oshiradilar. Ayni paytda mamlakatning eksporti hajmi shu mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) miqdoriga bevosita bog’liq bo’lmaydi, balki tovar olib chiqib ketayotgan mamlakatning yalpi daromadlari o’zgarishiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) o’zgarishi bilan sof eksport (Xn) o’rtasidagi bog’liqlik salbiydir va sof eksport funktsiyasida minus ishorasi bilan belgilanadi.
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modelini ko’rib chiqish jarayonini soddalashtirish uchun sof eksport miqdori yalpi daromadlar (Y) o’zgarishiga bog’liq emas deb olinadi. Shuning uchun sof eksport to’lig’icha avtonom xarajatlar miqdoriga qo’shiladi, ya’ni avtonom xarajatlar (a + I + G +Xn) yig’indiga teng deb olinadi. Rejalashtirilgan xarajatlar chizig’i haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar bir-biriga teng bo’lgan (Y=E) chiziqni qaysidir a nuqtada kesib o’tadi. Quyida keltirilgan 14-chizmada tovarlar va xizmatlar bozorida qisqa muddatli muvozanatga erishish mexanizmi tasvirlangan bo’lib, u “Keyns xochi” nomini olgan. Y=E chiziqda haqiqiy investitsiyalar va jamg’armalar tengligi saqlanadi. a nuqtada esa daromadlar rejalashtirilgan xarajatlarga teng bo’ladi.
Agarda, ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi (Y1) uning muvozanat darajasi(Y0)dan ko’p bo’lsa, iste’molchilar mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar taklif qilganga nisbatan kam sotib oladi (ADAS) ko’ramiz. Talabning oshishi esa firmalar zahirasining kamayishi hisobiga qondiriladi. Natijada, YaIM asta sekin Y2 dan Y0 ga qarab o’sadi va yana AD=AS tengligiga erishiladi. Bu esa ayni paytda E=Y va I=S ayniyatlarga erishilganligini anglatadi.
E Y=E
E1 E=C+I+G+Xn
E0 Zahiralarning jamg’arilishi
E2
Zahiralarning kamayishi
Y2 Y0 Y1 Y (daromad, real xarajatlar)
Keyns xochi (Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli)
Milliy ishlab chiqarishning muvozanat holati (Y0), yalpi xarajatlar komponentlarining har birining (iste’mol, investitsiya, davlat xarajatlari yoki sof eksport) o’zgarishi natijasida tebranishi mumkin. Ushbu tarkibdagi birorta omilning miqdorining o’sishi rejalashtirilgan xarajatlar egri chizig’ini yuqoriga suradi va aksincha kamayishi pastga surilishga olib keladi.
Avtonom xarajatlarning har qanday o’sishi, ya’ni ΔA = Δ (a+I+G+Xn) multiplikator samarasi hisobiga yalpi daromadlarning ko’proq miqdorga (ΔY) oshishiga olib keladi.
Avtonom xarajatlar multiplikatori muvozanatli YaIM o’zgarishning avtonom xarajatlarning har qanday komponenti o’zgarishiga nisbatini ko’rsatadi: µ = ΔY /ΔA:
Bu erda: µ - avtonom xarajatlar mul’tiplikatori;
ΔY – muvozanatli YaIMning o’zgarishi;
ΔA – avtonom xarajatlarning Y o’zgarishiga bog’liq bo’lmagan o’zgarishi.
Mul’tiplikator - yalpi daromadlar avtonom xarajatlarning dastlabki o’sishi (kamayishi)dan necha marta ortiq o’sganligini (kamayganligi) ko’rsatadi.
Avtonom iste’mol ΔSA miqdorga o’ssa, bu yalpi xarajatlar va daromadlar (U) ning o’sha miqdorda o’sishiga olib keladi. Bu esa, o’z navbatida iste’molning ikkinchi marta (daromadlar oshishi hisobiga) MRS x ΔSA miqdorda o’sishiga olib keladi. Keyinchalik yalpi xarajatlar va daromadlar MRSxΔSA miqdorda yana o’sadi. Shunday qilib, «daromad-xarajat» ko’rinishidagi doiraviy aylanish bo’yicha jarayon davom etaveradi.
ΔSA↑ AD↑Y↑C↑AD↑Y↑C↑AD↑Y↑ va hokazo.
Ushbu oddiy vaziyatdan ko’rinib turibdiki, yalpi daromadlar (Y), avtonom iste’molning dastlabki o’zgarishi ΔSA↑ ga nisbatan bir necha marta ko’p o’zgaradi. Bu shuni bildiradiki, S, I, G yoki Xn miqdorlardagi oddiy o’zgarishlar ham ishlab chiqarish hajmi va bandlik darajalarida katta o’zgarishlarga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, multiplikator iqtisodiy beqarorlik omili hisoblanadi. Shuning uchun ham davlatning byudjet-soliq siyosatidagi asosiy vazifalardan biri bo’lib, o’rnatilgan barqarorlashtirgichlar tizimini yaratish hisoblanadi. Bu tizim iste’molga chegaralangan moyillikni kamaytirish orqali multiplikatsiya samarasini pasaytiradi.
Multiplikator samarasi mohiyatini quyidagi misolda ko’rib chiqamiz. Aytaylik, dastlab iqtisodiyotga investitsiyalar miqdori 5 mlrd. so’mga ko’paysin. Bu, o’z navbatida ish haqi, renta, foyda ko’rinishda uy xo’jaliklari daromadiga aylanadi. Agar iste’molga chegaralangan moyillikni 0,75 ga yoki 75 %ga teng deb olsak. Uy xo’jaliklari bu daromadning 75 foizini, ya’ni 3,75 mlrd. so’mni iste’mol xarajatlariga sarflaydi, qolgan 1,25 mlrd. so’mni jamg’aradi. Sarflangan 3,75 mlrd. so’m boshqalar uchun daromad hisoblanadi. O’z navbatida ular ham 3,75 mlrd. so’mning 75 foizini iste’mol uchun sarflaydilar va 25 foizini jamg’aradilar. Bu jarayon oxirgi so’m jamg’arilmaguncha davom etadi.
Bunda: µ = ΔY / ΔA = 20 / 5 = 4 vaµ = 1/ (1-0,75) = 4
va bundan : ΔY 1
Do'stlaringiz bilan baham: |