7.5.Investitsiya xarajatlari va ularning tiplari
Investitsiyalar YaIMning juda muhim va eng o’zgaruvchan tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Pasayish vaqtida tovar va xizmatlarga xarajatlar qisqarishi yuz beradi, bu qisqarishning katta qismi investitsion xarajatlar hajmining pasayishi tufayli yuzaga kelgan.
Iqtisodchilar tovar va xizmatlar ishlab chiqarish miqdorining o’zgarish tabiatini yaxshiroq tushunish uchun investitsiyalarni o’rganadilar. YaIM modellarida investitsiyalar darajasini real foiz stavkasi bilan bog’lovchi oddiy funktsiya I=I(r) qo’llaniladi. Bunday funktsiya real foiz stavkasining ko’payishi investitsiyalarni qisqarishini yuzaga keltirishini anglatadi. Investitsiya funktsiyasining asosida yotuvchi nazariyani batafsilroq ko’rib chiqish juda muhimdir.
Investitsiya xarajatlarining uchta tipi ajratiladi. Korxonalarning asosiy fondlariga investitsiyalar bu korxonalar tomonidan o’z ishlab chiqarish faoliyatlarida foydalanish uchun sotib olinadigan binolar, inshoatlar va asbob-uskunalardir. Uy-joy qurilishi uchun investitsiyalar o’z ichiga ularda o’zlari yashashlari uchun uylarni sotib olishga xarajatlarni, shuningdek keyinchalik ijaraga berish uchun uy egalari tomonidan sotib olinayotgan uylarga xarajatlarni o’z ichiga oladi. Zahiralarga investitsiyalar saqlash uchun firmalar tomonidan qoldirilgan tovarlarni o’z ichiga oladi. Bu tovarlar tarkibiga hom ashyo va materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor buyumlar ham kiradi.
Korxonaning asosiy fondlariga investitsiyalarning andozaviy modeli investitsiyalarning neoklassik modeli nomini olgan. Neoklassik modelda investitsion tovarlarga ega bo’lgan firmalarning foyda va xarajatlari ko’rib chiqiladi. Modelda investitsiyalar darajasi kapital zahiralari bilan birgalikda kapitalning chekli mahsuli, foiz stavkasi hamda firmalarga nisbatan qo’llaniladigan soliqqa tortish qoidalariga qanday bog’liqligi ko’rsatiladi.
Modelni shakllantirish uchun iqtisodiyotda firmalarning ikki turi mavjud deb faraz qilamiz. Ishlab chiqaruvchi firmalar ijaraga olingan kapitaldan foydalanib tovar va xizmatlar ishlab chiqaradilar. Kapitalni ijaraga beruvchi firmalar iqtisodiyotga barcha investitsiyalarni amalga oshiradilar; ular ishlab chiqarish fondlarini sotib oladilar va ularni ishlab chiqaruvchi firmalarga ijaraga beradilar. Hayotdagi iqtisodiyotda ko’plab firmalar ikkala funktsiyani ham bajaradilar, ya’ni ular tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqaradilar hamda kelgusi ishlab chiqarishga kapitalni investitsiya qiladilar. Bizning tahlilimiz nuqtai nazaridan faoliyatning bu ikki turini ular bilan turli xil firmalar shug’ullanadi deb faraz qilgan holda ajratish foydalidir.
Dastavval ishlab chiqaruvchi firmalarni ko’rib chiqamiz. Odatda firma foydalanadigan kapital miqdori to’g’risidagi qarorini quyidagi tartibda qabul qiladi: kapitalning xar bir qo’shimcha birligidan olinadigan foyda va xarajatlarni solishtiradi. Firma kapitalni Rstavka bo’yicha ijaraga oladi va o’z mahsulotini R narx bo’yicha sotadi, ishlab chiqaruvchi firma uchun kapital birligiga haqiqatdagi xarajatlar R/R ni tashkil etadi. Kapital birligidan foydalanishning haqiqiy natijasi kapitalning chekli mahsulotidir (MPK), ya’ni kapitalning qo’shimcha birligidan foydalanish hisobiga olinadigan qo’shimcha ishlab chiqarilgan mahsulotdir. Firma tomonidan foydalaniladigan kapital hajmi ortishi bilan uning chekli mahsuloti pasayadi: firma qanchalik ko’proq kapitalga ega bo’lsa, kapitalni qo’shib borish bilan ishlab chiqarish hajmining shunchalik kam o’sishiga erishiladi. Bundan xulosa shuki, firma foydasini maksimallashtirish uchun kapitalning chekli mahsuloti kapitalni ijaraga olishning haqiqiy narxi darajasigacha pasaymagunga qadar, ijaraga olinadigan kapitalni oshiradi. Shunday qilib kapitalning chekli mahsuloti grafigi bizga kapitalga bo’lgan talab grafigini beradi. Quyidagi chizmada ijaraga olingan kapital bozoridagi muvozanat ko’rsatilgan. Kapitalning chekli mahsuloti kapitalga bo’lgan talab egri chizig’ini aniqlaydi. Kapitalag bo’lgan talab egri chizig’i o’ngga pastga egilgan, chunki kapital hajmi qanchalik ko’p bo’lsa, uning chekli mahsuloti shunchalik kam. Xar bir vaqtda iqtisodiyotdagi kapital miqdori qayd etilgan, shuning uchun taklif egri chizig’i vertikal chiziq hisoblanadi.kapitalni ijarasi uchun olinadigan narx talab va taklifni muvozanatlashtirish uchun o’zgartirib turiladi.
R /R Kapital taklifi
Kapitalga bo’lgan talab (MPK)
K K
Kapital zahirasi
Kapital ijarasi uchun olinadigan narxning muvozanatli darajasiga qanday o’zgaruvchilar ta’sir etishini aniqlash uchun ko’plab iqtisodchilar qanday qilib mehnat va kapital hayotdagi iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlarga aylanishini etarli darajada asoslangan holda aks ettiruvchi sifatida qaraydigan Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funktsiyasini asos qilib olamiz. quyidagi ko’rinishga ega:
Y = A KαL1- α
Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funktsiyasida kapitalning chekli mahsuloti quyidagicha yoziladi:
MPK=α A (L/K) 1- α
bunda K-kapital, L-mehnat, A-texnologiya darajasini ko’rsatuvchi ko’rsatkich va α – tayyor mahsulotni ishlab chiqarishda kapitalning ulushini o’lchovchi noldan katta va birdan kichik bo’lgan ko’rsatkich. Muvozanat sharoitida kapital ijarasi uchun olinadigan haqiqiy narx kapitalning chekli mahsulotiga teng bo’lganligi sababli, biz quyidagi ifodani yozishimiz mumkin:
R/ R =α A (L/K) 1- α
Bu kapital ijarasi uchun olinadigan haqiqiy narxni aniqlovchi o’zgaruvchilar miqdorining ifodasidir. U quyidagilarni ko’rsatadi:
Kapital zahirasi qanchalik kam bo’lsa,uning ijarasini haqiqiy narxi shunchalik yuqori.
Qo’llaniladigan mehnat miqdori qanchalik ko’p bo’lsa, kapital ijarasi haqiqiy narxi shunchalik yuqori.
Texnologiya qanchalik yaxshi bo’lsa, kapital ijarasi haqiqiy narxi shunchalik yuqori.
Kapital zahiralarini kamaytiruvchi (er qimirlashi), bandlikni oshiruvchi (slpi tplab kengayishi) yoki texnologiyani yaxshilovchi (ilmiy topilmalar) kapital ijarasi uchun olinadigan haqiqiy narxning muvozanatli miqdorini oshiradi.
Kapitalga egalik qilishning foydaliligi uni ishlab chiqaruvchi firmalarga ijaraga berishdan olinadigan daromaddandir. O’z kapitalini ijaraga bergan firma uning xar birligiga R/ R haqiqiy narxni oladi.
Kapitalga egalik qilish xarajatlari murakkabroq tuzilishga ega. Firma kapital birligini ijaraga berayotgan vaqtning xar bir davri mobaynida u uch xil xarajatlarni qiladi:
1.Firma kapital birligini sotib olib, keyin uni ijaraga berayotganda u kapitalni sotib olish uchun sarflangan mablag’larni bank hisobiga qo’yib olishi mumkin bo’lgan miqdordan foizlarni yo’qotadi. Yoki, shunga o’xshash, firma kapitalni sotib olish uchun qarz mablag’laridan foydalandi, unda u olingan qarz bo’yicha foizlar to’lashiga to’g’ri keladi. Agar Rk- kapital birligini sotib olish narxi, i-nominal foiz stavkasi bo’lsa, unda iRk– foizlar bo’yicha xarajatlardir.
2. Firma kapitalni ijaraga berguncha, uning narxi o’zgarishi mumkin. Agar kapital narxi pasaygan bo’lsa, unda firma uning aktivlari qiymati pasayganligi tufayli zarar ko’rishi mumkin. Agar kapital narxi oshayotgan bo’lsa, unda firma aktivlari qiymati ko’tarilishi sababli yutadi. Bu yutuq yoki zararning miqdori ∆Rkga teng.
3. Kapital ijaraga berilganda, u eskiradi va qiymatini yo’qotadi. Bu amortizatsiya deb ataladi. Agar δ-amortizatsiya me’yori, ya’ni eskirish natijasida muayyan davr davomida qiymatning yo’qotilgan qismi bo’lsa, unda amortizatsiya miqdorining puldagi ifodasi δRkbo’ladi.
Shunday qilib, bir davr mobaynida kapital birligini ijaraga berish bo’yicha umumiy xarajatlarquyidagini tashkil etadi:
Kapital birligiga xarajatlar = iRk-∆Rk+δRk= Rk(i-∆Rk/Rk+δ)
Kapital birligiga xarajatlarkapital birligi narxiga, foiz stavkasiga, kapital narxni nisbiy o’zgarishiga va amortizatsiya me’yoriga bog’liq.
Kapital birligi xarajatlari uchun ifodani soddalashtirish va u bilan ishlash qulay bo’lishi uchun investitsion tovarlar narxi boshqa tovarlar narxi bilan birga ko’tariladi deb hisoblaymiz. Bunday vaziyatda ∆Rk/Rkinflyatsiyaning umumiy darajasi π ga teng. i – π ifoda real foiz stavkasi r ga teng bo’lganligi uchun, biz kapital birligiga xarajatlarni quyidagi ko’rinishda yozishimiz mumkin.
Kapital birligiga xarajatlar = Rk(r +δ)
Bu tenglamadan ko’rinib turibdiki, kapital birligiga xarajatlar kapital narxi, real foiz stavkasi va amortizatsiya me’yoriga bog’liq.
Va nihyat biz kapital birligiga xarajatlarni iqtisodiyotdagi boshqa tovarlar narxlari bilan bog’liqligini ko’rmoqchimiz. Kapital birligiga haqiqiy xarajatlar- bu iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklarida o’lchangan kapital birligini sotib olish va ijaraga berish bo’yicha xarajatlardir va u quyidagini tashkil etadi:
Kapital birligiga haqiqiy xarajatlar= (Rk/R)(r +δ)
Bu tenglamadan ko’rish mumkinki, kapital birligiga haqiqiy xarajatlar investitsion tovarlar nisbiy narxlari Rk/R, real foiz stavkasi r va amortizatsiya me’yori δ ga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |