U
F (K,L)
Ishlab chiqarish
MPL
Mehnat L
Foydasini maksimallashtirayotgan raqobatlashuvchi firma qo’shimcha mehnat birligini yollash yoki yollamaslik haqidagi masalani hal etayotganda, u avvalo bu holat uning foydasiga qanday ta’sir ko’rsatishi haqida o’ylaydi. Firma qo’shimcha mehnat birligidan foydalanishdan olingan qo’shimcha mahsulotni chiqarishdan qo’shimcha tushumni ish haqiga sarflarni oshirish miqdori bilan solishtiradi. Qo’shimcha tushumlar hajmi tovar narxiga bo’lgani kabi, mehnatning chekli mahsulotiga ham bog’liq. Mehnatning qo’shimcha birligi MPL birlik mahsulotni ishlab chiqarganligi va xar bir mahsulot birligi P ga sotilganligi tufayli, qo’shimcha tushumlar P x MPL ni tashkil etadi.
Mehnatning qo’shimcha birligini sotib olishga qo’shimcha sarflar ish haqi W miqdoriga teng. Demak, qo’shimcha mehnat birligini jalb etishdan foydaning o’zgarishi tashkil etadi:
W
belgisi (delta deb o’qiladi) o’zgaruvchilar o’zgarishini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |