Iqtisodiyot” kafedrasi “mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” fanidan o`quv-uslubiy majmua


Xeksher – Olinning neoklassik kontseptsiyasi



Download 5,06 Mb.
bet133/250
Sana23.09.2021
Hajmi5,06 Mb.
#182604
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   250
Bog'liq
Макро 2020 ЎУМ А.Умиров

12.4. Xeksher – Olinning neoklassik kontseptsiyasi

Xalqaro savdodagi zamonaviy qarash tarafdorlari sifatida shved iqtisodchi-olimlari Eli Xeksher va Bertil Olinlarni (30-yillar) ko’rsatish mumkin.

E. Xeksher va B. Olinlar «Ishlab chiqarish omillariga bog’liq holda narxlarni tenglashishi» qoidasini oldinga surgan. Buning ma’nosi shundan iboratki, milliy ishlab chiqarishdagi farqlar ishlab chiqarishning mehnat, er, kapital va shuningdek, u yoki bu mahsulotga ichki iste’moldagi o’zgarishlar kabi omillarga bog’liq.

Ularning qoidalaridagi asosiy vaziyatlar quyidagicha keltirilgan:

1. Mamlakatlar o’zlarida ortiqcha bo’lgan ishlab chiqarish omilini ko’p talab qiladigan mahsulotlarni eksport qilishadi va aksincha, o’zlarida taqchil bo’lgan ishlab chiqarish omillarini ko’p talab qiladigan mahsulotlarni import qiladilar.

2. Xalqaro savdo yo’lidagi cheklashlar bekor qilinsa tovarlarning turli mamlakatlardagi «omil narxi» (tannarxi) ning tenglashishi kabi o’zgarishlar kuzatiladi.

3. Mahsulotlar eksporti o’rnini asta sekin ishlab chiqarish omillari eksporti egallaydi.

Agar mamlakatdagi bir ishlab chiqarish omili miqdori bilan boshqa omillar miqdori o’rtasidagi nisbat boshqa mamlakatdagiga nisbatan yuqori bo’lsa shu omil bu mamlakatda nisbatan ortiqcha deb hisoblanadi.

Xeksher-Olin kontseptsiyasiga asosan tashqi savdo quyidagi ko’rinishlarga ega: Faraz qilaylik, bir vaqtda ikki mamlakat, ya’ni, «sanoatlashgan» va «agrar» mamlakat faoliyat ko’rsatmoqda.

Sanoatlashgan mamlakatda ortiqcha kapital va ma’lum miqdorda ortiqcha ishchi kuchi mavjud bo’ladi. Agrar mamlakatda esa ortiqcha er mavjud, ammo kapital etishmaydi.

Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda kapital asosiy omil hisoblanadi. Masalan, neftni qayta ishlash, elektron mashinasozlik va mashina ishlab chiqarish sohalari kam ishchi kuchidan foydalangan holda kapital talabchan ishlab chiqarish hisoblanadi. Kapital ortiqchaligiga ega bo’lgan mamlakatlar aynan ushbu yo’nalishlarga ixtisoslashadilar. Shu bilan birga, don etishtirish va chorvachilik bilan shug’ullanadigan mamlakatlarda ko’proq er resurslari kerak bo’ladi va ular shu yo’nalishga ixtisoslashgan bo’ladilar.

Xeksher–Olin kontseptsiyasini tadqiq qilish borasidagi izlanishlar 50 yillarda «Leontev taajjubi» yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. V.Leontev AQSh kapital ortiqcha bo’lgan mamlakat bo’lishiga qaramasdan 1947 yilda kapital talabchan emas, balki mehnat talabchan mahsulot eksport qilganligini ko’rsatib berdi. Ya’ni Xeksher-Olin kontseptsiyasiga zid keladigan vaziyat yuzaga keldi. Keyingi tadqiqotlar esa AQSh da kapitaldan ko’ra er va ilmiy texnik mutaxassislar nisbiy ortiqcha ekanligi tasdiqlandi. AQSh ishlab chiqarilishida aynan shu omillar ko’proq foydalaniladigan tovarlarning sof eksportyori bo’lib chiqdi.





Download 5,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish