Iqtisodiyot” kafedrasi “mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” fanidan o`quv-uslubiy majmua



Download 5,06 Mb.
bet23/243
Sana01.02.2022
Hajmi5,06 Mb.
#422993
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   243
Bog'liq
Макро 2020 ЎУМ А.Умиров

2.Ishsizlik sabablari
Hozirgi sharoitdagi ishsizlik– bozor munosabatlarini shakllantirish jarayonida rivojlanish bosqichlari oqibatida yuzaga kelgan voqelikdir. Jamiyat holatining ijtimoiy-iqtisodiy mezoni sifatida ishsizlikka munosabat vaqt o’tishi bilan o’zgardi, biroq ishsizlik keltirgan zarar mamlakatni iqtisodiy rivojlanishidagi sezilarli ortda qolishiga olib keladi.
Iqtisodiy faollikni oshishi yoki pasayishi mamlakatdagi bandlik va ishsizlik darajasini o’sish hamda pasayishining asosiy sabablari hisoblanadi. Iqtisodiyotning davriy rivojlanishi va iqtisodiy faollikning bir necha yillar yoki o’n yilliklar moaynida bir biridan keyin ko’tarilishi va tushishi bandalr va ishsizlar sonining ma’lum tebranishlariga olib keladi.
Iqtisodchilar ichida ishsizlik sabablariga bir xil nuqtai nazardan qarashlar yo’q.
Ishsizlikning quyidagi asosiy sabablarini ajratish mumkin:

  • Aholi ortiqchaligi (umuman jahon iqtisodiyoti mehnat ortiqchaligiga ega va aholi sonining keskin o’sishi bunga yordam beradi);

  • Kasaba uyushmalari harakatlari va aholi ijtimoiy-iqtisodiy faolligi bosimi ostida ish haqi stavkalarini muvozanatli darajadan yuqori o’rnatilishi;

  • Fan-texnika inqilobi davrida mehnatni kapital tomonidan siqib chiqarilishi;

  • Mehnat bozorida monopsoniyaning mavjudligi (monopsonist korxonalar mehnatga haq to’lash shartlarini qo’yadilar va bandlik hajmini pasaytiradilar);

  • Past darajadagi to’lov qobiliyatli talab (tovarlar va xizmatlarga talabning yo’qligi mehnatga bo’lgan talabni pasaytiradi, chunki mehnatga talab hosilaviy xususiyatga ega, buning oqibatida esa ishsizlik yuzaga keladi).

Shuningdek friktsion ishsizlikning yuzaga kelishini qator sabablarini ajratish mumkin:

  • Aholini geografik ko’chishi: inson bir erdan boshqa yangi joyga ko’chadi va ko’chish vaqtida va ko’chishdan oldin hamda ko’chgandan keyinishsiz bo’lishi mumkin;

  • Kasbiy manfaatlarni o’zgartirish, qayta o’qish, qayta malakaga ega bo’lish;

  • Inson shaxsiy hayotida yangi bosqichlarni kelishi: o’qish, farzand tug’ilishi va shu kabilar.

Tuzilmaviy ishsizlikning yuzaga kelish sabablari bir kasbdagi xodimlarga talabni qisqartiruvchi va boshqa kasbdagi xodimlarga talabni orttiruvchi texnik taraqqiyot natijasida yuzaga keladi. Boshqacha aytganda, tuzilmaviy ishsizlik turli kasbdagi mehnat bozorlarida ishchi kuchiga talab hamda taklif tarkibining farq qilishi tufayli ishga joylashish imkoniyati yo’qolishi tufayli tug’iladi.
Korxonalardagi yashirin ishsizlik sabablarini ikki guruhga ajratish mumkin: firma rahbarlari xodimlarni ommaviy ishdan bo’shata olmaslik sabablari va xodimlarniish haqi yashash minimumiga uchma-uch etganda hamda oylab kechikkan vaziyatlarda ham o’zicha ishdan bo’shamaslik sabablari.
Yashirin ishsizlikni saqlashning birinchi guruh sabablari quyidagilarni qamrab oladi. Birinchidan, hatto ishlab chiqarishda pasayish bo’lgan sharoitda ham firma rahbarlari kelajak uchun xodimlarni qisman bandlikni, haq to’lanadigan( va to’lanmaydigan) ta’tillarni kiritib saqlashga harakatqiladilar. Ikkinchidan xodimlarni saqlab qolishdavlat tomonidan moliyaviy qo’llab-quvvatlashga umid bog’lashga imkoniyat yaratadi. Uchinchidan ko’pincha firmalarda mehnat qonunchiligiga muvofiq ishga joylashish davrida ozod bo’lgan xodimlarga nafaqa va ish haqi to’lash uchun mablag’lar bo’lmaydi. Shuning uchun ishdan bo’shatish odatda mehnat sharoitlarining yomonlashuvi va past ish haqi tufayli «o’z hohishiga ko’ra» grifi bilan amalga oshiriladi.
Yashirin ishsizlikni saqlashning ikkinchi guruh sabablari hatto ish haqining juda past darajasida ham xodimlarni o’zlarining eski ish joylarini tark etmasliklari bilan tushuntiriladi. Birinchidan aholisi ko’p bo’lmagan aholi yashash joylarida ishni boshqa topish imkoniyati bo’lmaydi. Ikkinchidan mehnatga layoqatli katta yoshdagi aholiga nafaqa olishi uchun uzluksiz ish staji juda muhim. Uchinchidan ishsizlik bo’yicha nafaqa, hatto uni olishga erishilsa ham ish haqidan yo’qotishlarni qoplamaydi. To’rtinchidan, xodilarning hayolida ko’pincha bandlikning barqarorligi kabi omil o’rnashib oladi. Ko’plab insonlar hufyona iqtisodiyot sohasida, shuningdek shaxsiy tomorqa xo’jaligida ishlab pul topsalar ham to’liqsiz bandlikni afzal ko’rgan holda asosiy ish joyi bilan aloqani uzmaydilar.
Shunday qilib iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardan farqli ravishda mamlakatda yashirin ishsizlikning saqlanishi davlat hamda kasaba uyushmalarining faol tartibga solish holatidan emas, balki ishlab chiqarishning inqiroz oqibatida pasayishida bunday tartibga solishning yo’qligi bilan bog’liq.
Bu barcha sabablar u yoki bu darajada ishsizlikni paydo qiladi yoki uni yanada rivojlanishiga ko’maklashadi. Bu voqelikni nazorat qilinmaydigan rivojlanishi keskin makroiqtisodiy oqibatlarga ega bo’lishi mumkin.



Download 5,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish